• Tolalar klassifikasiyasi.
  • Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»




    Download 3.42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/93
    Sana29.01.2023
    Hajmi3.42 Mb.
    #40040
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
    Bog'liq
    Tolalar haqida
    KXA56SHIXE, The Algorithm Design Manual, Mavzu Iqtisodiy axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash usu-fayllar.org (1), Behzod Boltaboyev, САО005 оқими учун мустақил иш мавзулари, Do\'stmurodov Xusan, Коди cal 1316 Номи (1), Plitalar, 84078527a4, ciziqli1932, ehtimol yakuniy, Taklifnoma, Final Interview, Mustaqil ish qanday yoziladi. Is\'hoqova Z
    Tolalar haqida umumiy ma‟lumot. 



    Uzunligi ko‗ndalang o‗lchamlaridan ancha katta bo‗lgan egiluvchan
    ingichka va pishiq jismlar t o l a l a r deb ataladi. 
    Kalava ip, ip gazlama, noto‗qima materiallar va hokazolar tayyorlash uchun 
    ishlatiladigan tolalar to‗qimachilik tolalari deyiladi. Uzunasiga tolalarga 
    ajralmaydigan yakka tolalar (paxta, jun tolalari) elementlar tolalar deb ataladi. 
    Uzunasiga o‗zaro birikkan elementar tolalardan iborat tolalar (zig‗ir, kanop losi, 
    jun va hokazo tolalar) texnik tolalar deyiladi.
    Uzunasiga o‗nlarcha va yuzlarcha metrga etedigan tolalar iplar deb ataladi 
    (masalan, tabiiy ipaq sun‘iy va sintetik iplar). Iplar elementar va kompleks 
    xillarga bo‗linadi. Elementar ip yoki monoip – uzunasiga ajralmaydigan yakka 
    ip. Kompleks iplar o‗zaro birikkan bir necha bo‗ylama elementar iplardan 
    tashkil topadi. 
    Tolalar klassifikasiyasi. 
    Paydo bo‗lishi, olinishi va kimyoviy tarkibiga qarab, tolalar har xil 
    gruppalarga bo‗linadi, ya‘ni klassifikasiyalanadi (1-sxema)
    Barcha tolalar ikki katta gruppaga: tabiiy (natural) va kimyoviy tolalar 
    gruppasiga bo‗linadi. 
    Tabiatda mavjud bo‗lgan tolalar tabiiy deb, zavod sharoitida olinadigan 
    tolalar kimyoviy tolalar deb ataladi. 
    Tabiiy tolalarga o‗simliklardan olinadigan tolalar (sellyuzali tolalar – paxta, 
    zig‗ir, kanop losi va hokazo), hayvonot tolalari (oqsilli tolalar – jun, tabiiy ipak) 
    hamda minerallardan olinadigan tolalar (asbest) kiradi. 
    Kimyoviy tolalar sun‘iy va sintetik xillarga bo‗linadi. Sun‘iy tolalar 
    o‗simliklardan, hay – vonlar junidan va mineral jismlardan olingan xom 
    ashyodan tayorlanishi mumkin.SHuning uchun ular tabiiy tolalarga o‗xshab, 
    sellyulozali (viskoza,asetat triasetat, mis – ammiak vahokazo), oqsilli (kazein), 
    mineral (shisha va metal) tolalarga bo‗linadi. Nisbatan oddiy moddalarning 
    molekulalarini biriktirish yo‗li bilan olinadigan tolalar sintetik tolalar deyiladi. 
    Kapron, lavsan, nitron, xlorin, vinol, polietilen, polipropilen va boshqalar 
    sintetik tolalardir. 

    Download 3.42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




    Download 3.42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»

    Download 3.42 Mb.
    Pdf ko'rish