|
Umurtqasizlar hayvonlar a'zolari tizimi evolyutsiyasi mundarija kirish
|
bet | 1/6 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 431,5 Kb. | | #271760 |
Bog'liq Umurtqasizlar hayvonlar a\'zolari tizimi evolyutsiyasi mundarija
UMURTQASIZLAR HAYVONLAR A'ZOLARI TIZIMI EVOLYUTSIYASI
MUNDARIJA
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Umurtqasiz hayvonlarning kelib chiqishi
2. Umurtqasiz hayvonlar sestematikasi
3. Umurtqasiz hayvonlarning ekotizimdagi o‘rni
4. Umurtqasiz hayvonlarning xususiyatlari qanday?
XULOSA.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Bugungi kunda «Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishlari shart!» degan hayotiy da’vat har birimizning, ota – onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o`rin egallagan.
Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og`ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko`taramiz.
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
Mavzuning dolzarbligi. Zoologiya hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va yashash muhiti bilan munosabatlarini, shuningdek ularning xususiy hamda tarixiy taraqqiyotini o‘rganadi. Zoologiya kompleks fan bo‘lib, bir qancha fanlarni o‘z ichiga oladi. Sistematika – turlarning xilma-xilligi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki bir-biridan farqi asosida turli sistematik guruhlar o‘rtasidagi ierarxiya (tobelik)
munosabatlarini o‘rganadi.
Mavzuning ahamiyati: Morfologiya – hayvonlarning tashqi, anatomiya – ichki tuzilishini o‘rganadi. Solishtirma va evolyutsion morfologiya – turli sistematik rypyhlarga mansub bo‘lgan hayvonlarning tuzilishi va ularning tarixiy rivojlanishini tekshiradi.
|
| |