Uni takomillashtirish masalalari




Download 253.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana07.04.2022
Hajmi253.39 Kb.
#19414
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish Mavzu “Graflarni eniga va bo’yiga aylanishi (teksh, ARIZA Qabul-2024 Dehqonobod tuman 1-son KHM
3
rd 
 Global Congress on Contemporary Science and Advancements
Hosted From New York USA 
www.econferenceglobe.com 
86 
Fizika fanini modulli texnologiya asosida o’zlashtirishning samaradorligi faqat undagi o’quv 
materialini tasvirlash usuliga emas, fizika fani o’qituvchisi tomonidan topshiriqlar to’plamining 
qanchalik malaka bilan ishlab chiqilishi va tuzilishiga bog’liq. Topshiriq fizika o’quv predmeti 
mazmunining asosiy struktura birligi hisoblanadi. 
Fizikani modulli texnologiya asosida o’qitishning didaktik tizimi boshqa didaktik tizimlar 
singari o’qitish maqsadlariga muvofiq, umumdidaktik tamoyillar va mezonlar asosida fizika ta’limi 
mazmunini loyhalashni taqazo etadi. Fizika ta’limida modulli dasturlarni loyihalashning bir 
qancha usullari mavjud. O’quv modullarining mazmuni fizika ta’limi mazmunini strukturalash 
tamoyillari asosida shakllantiriladi va didaktik materiallar, muammoli hamda amaliy topshiriqlar 
bilan ta’minlanib, lo’nda, ko’rgazmali qilib ifoda etilishi kerak. 
Ta`lim muassasalarida fizika ta’limida modulli o’qitishni qo’llash va takomillashtirish 
shaxsga yo’naltirilgan ta’lim usuli sifatida o’quvchilarda mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarini hosil 
qilish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun, modulli o’qitish o`rta maxsus o`quv 
yurtlari o’quvchilarining o’qitishdan keyingi kasbiy faoliyat davrida bilim va malakalarni mustaqil 
egallashlari, istiqbolda oliy ta’lim tizimida distant o’qitishga tayyorlash uchun an’anaviy va 
masofaviy ta’lim o’rtasida ko’prik vazifasini o’taydi. 
Fizikani modulli o’qitish tizimi asosida ta’lim samaradorligini oshirish, loyihalangan o’quv 
natijalariga berilgan vaqt ichida va berilgan sharoitlarda erishishni kafolatlash uchun ta’limni 
to’liq boshqarish g’oyasi yotadi. Ta’limga modulli yondashishning mohiyati ta’lim jarayonini 
ma’lum pedagogik tamoyillar bo’yicha o’ziga xos detal va elementlarga ajratish hamda uni 
muayyan izchillik va ketma-ketlik asosida ana shu tarkibiy qisimlar asosida shakillantirishdan 
iborat. 
Modulli texnologiya asosida o’qitish tizimi zamonaviy didaktik ta’limotlar rivojlanish 
dinamikasi ta’sirida ularning ko’pgina xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, ta’lim 
mazmunini tanlash, uni aks ettirish, o’quv jarayonini tashkil etishda turlicha yondashuvlardan 
unumli foydalanish imkonini beradi. Mana shu narsa modulli o’qitishning turli ta’lim 
texnologiyalari va konsepsiyalari bilan birgalikda qo’llash mumkinligini ko’rsatadi[2]. 
Ko`pgina ta`lim muassasalarida fizikani o’qitish jarayoni ko`zda tutilganda quyidagi 
xulosaga kelindi: 
-mustaqil ta’lim uslubiyoti hali talab darajada ishlab chiqilmagan; 
-o’quvchilarda darslik va turli manbalar bilan ishlash ko’nikmalari yetarli 
shakllantirilmagan; 
-o’z fikrlarini og’zaki va yozma ifoda etishda qiynalishadi. 
Fizika ta’limi jarayonini modulli texnologiya asosida takomillashtirish o’quvchining bilim 
olish faoliyatini tezlashtiradi, harakatlarni mujassamlab bilim olishga yo’naltiradi, nazorat qilish, 
xatolarni tuzatish kabi amallarni bajarishga asos bo’ladi. Fizika ta’limi jarayoniga modulli 
tenologiya asosida yondoshish uni aniq rejalashtirish, ta’lim natijasini oldindan qayd qilish 
imkoniyatini beradi, kelajakda mustaqil va masofali ta’limda istiqbolli o’qitish usuli sifatida 
qo’llanilishi mumkinligini ko’rsatadi. 
Modulli o’qitish ham fizika ta’limini takomillashtirishning muhim omili ekanligini inobatga 
olingan holda mazkur o’qitish metodi sifat jihatdan tadqiq etilgan. Fizika ta’limida modulli o’qitish 
texnologiyasi o’quv fanining har bir bo’limi uchun alohida loyihalanadi. Bunda modulli 
o’qitishning asosiy tamoyillariga tayaniladi. Mazkur o’qitish texnologiyasi ko’zlagan o’quv 
natijalariga erishishni kafolatlaydi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, o`quv jarayonida internet tizimi va AKTni 
yangi bilimlarni egallash, saqlash, uzatish hamda amaliy qarorlar qabul qilish vositasiga 
aylantirish hisobiga kadrlarning sifat darajasini tubdan yaxshilashning imkoniyatlari tobora 
kengayib borada. Internet tizimi va AKT imkoniyatlaridan masofaviy ta`limda foydalanish avvalo 
ta`lim sifati, ijtimoiyligi, ommabopligi hamda iqtisodiy jihatdan hammaga maqbul bo`lishligini 
ta`minlaydi. Bulardan xulosaga kelish mumkinki, masofaviy ta`limni an`anaviy o`qitish shakli 
bilan taqqoslaganda bir qator afzallik jihatlari mavjud. Bundan ko`rinadiki, o`qitishning 
zamonaviy masofaviy ta`lim shaklini mamlakatimiz oliy ta`lim tizimida samarali joriy etish uchun 
yetarli imkoniyatlar mavjud[3]. 



Download 253.39 Kb.
1   2   3   4




Download 253.39 Kb.
Pdf ko'rish