Bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarda kasbiy kompetentliligini rivojlantirish




Download 22,98 Kb.
bet4/5
Sana14.05.2024
Hajmi22,98 Kb.
#231492
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.

3. Bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarda kasbiy kompetentliligini rivojlantirish.
O‘quv jarayoni va malaka oshirish tizimi orasida bir qator ahamiyatli farqlarning bo‘lishiga qaramasdan, o‘qituvchilarni uzluksiz tayyorlash tizimini tenglashtirish talab qilinmoqda. Zamonaviy talablarni tadbiq qilish ehtiyojiga ko‘ra, ta’limning ilmiyligi o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning muayyan dasturini ishlab chiqish zaruriyatini ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda, o‘qituvchilarning individual ta’lim yo‘nalishlarini ham belgilash ehtiyoji ham vujudga keladi. Bunda modernizasiyalashgan ta’lim mazmunini o‘quv jarayoniga tadbiq etish maqsadidan kelib chiqqan holda yondashish lozim. O‘quv jarayonini boshqarish yuqorida aytilgan tamoyillar va qonuniyatlar asosida amalga oshirilgandagina, rivojlantiruvchi ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda ta’lim tizimini yangilash, yangi texnologiyalar bilan boyitish, mazkur jarayonda o‘qituvchining o‘rni, uning pedagogik faoliyatini chuqur o‘rganish muhim vazifalardandir. Zamonaviy ta’lim nazariyasi ko‘plab rivojlangan mamlakatlarning ta’lim sohasida erishgan yutuqlarini mujassamlashtirgan bo‘lib, ular o‘zining maqsad, vazifalari, mazmuni, milliy xususiyatlari hamda sifat ko‘rsatkichlari bilan bir-biridan farqlanadi. Zero, biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan jarayonlar o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda o‘ziga xoslikni ko‘rsatadi . O‘qituvchining mahorati haqida fikr yuritar ekanmiz, uning ongliligiga, milliy g‘oya va mafkuraga sodiqligiga, bilim va fikr doirasining kengligiga, o‘z vazifasiga munosabatiga e’tibor bermoq kerak. Ayniqsa, o‘qituvchining fikr doirasi keng bo‘lishi zarurligini alohida hisobga olish lozim. Chunki, kishida bilim, fikr mukammal bo‘lmasa, u kamolotga erisha olmaydi. Darhaqiqat, kishi u yoki bu masalani, albatta fikr orqali hal etadi. Shuning uchun o‘qituvchilik sohibi bo‘lishga intilgan kishi, shubhasiz, o‘z bilimini doimo kengaytirishi, o‘quvchiga ma’naviy-axloqiy ta’sir etuvchi g‘oya va fikrlarni yangilab borishi zarur. Boshqaruv tizimining hozirgi tamoyili, bu boshkaruv uslublari va tuzilishining, rivojlanishning asosida mehnat potensialidan muqobil foydalanishning majmuidir. Hozirgi sharoitda har qanday korxonaning ishchilar motivasiyasida bilimning, tajribaning, mexnat tajribasining, tashabbuskorlikning, tadbirkorlikning va boshqa ishchilar potensialining moliya hamda ishlab chiqarish kapitali bilan birgalikda eng muxim o‘rinda turishidir. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim professor-o‘qituvchilarining Nizomida ularning mehnat faoliyatlari naqadar kengligi va qamrovining yuqoriligi ko‘rinib turadi. Ushbu Nizomga asosan o‘qituvchi pedagogik vazifaga doimo tayyor bo‘lib pedagogik ta’lim asoslarini chuqur bilishlari lozim. Pedagog talabaning rivojlanishi, o‘qishi va tarbiyasini o‘rganib uni boshqarib turadigan holda bo‘lishi lozim. Boshqarib turish uchun esa talabalar hayotida kechayotgan har bir holatdan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turishi kerak, ya’ni ishlab chiqarishni boshqarishdagi kabi texnik tomonlari yuqori darajada bilishi, shu davrda ma’lum bo‘lgan ilmiy ta’limdan xabardor bo‘lishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, pedagog psixologik-pedagogik fanlarni yaxshi bilishi lozim. Bundan tashqari pedagog oliy ta’limning ertangi kuni talablarini ham hisobga olgan holda hozirgi kun talabiga nisbatan ozroq oldinda bo‘lishi lozim. Zamon talablari shuki professor va o‘qituvchilar o‘zlarida mavjud bo‘lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini qunt va sabot bilan o‘rganib, mag‘zini chaqib, undan keyin o‘z talabalariga saboq berishlari zarurligini alohida ta’kidlaydi. Faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo‘lmog‘i va tarbiyalab yetishtirilmog‘i lozim: Jumladan: 1. Bilish qobiliyati. 2. Tushuntira olish qobiliyati. 3.Kuzatuvchanlik qobiliyati. 4.Nutq qobiliyati. 5.Obro‘ orttira olish qobiliyati. 6.Tashkilotchilik qobiliyati. 7.Muomala qila bilish qobiliyati. 8.Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati. 9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati kabilar. Qobiliyat va mahorat o‘qituvchida osonlik bilan shakllanmaidi. Bu kasbni tanlagan kishi o‘z maqsadiga erishish uchun uzluksiz o‘qishi, o‘rganishi va izlanishi, ijodiy mehnat qilishi, mustaqil yurtimizda bo‘layotgan voqelikni tez anglashi va o‘z mehnatining mamlakat uchun qanchali zarurligini chuqur his qilishi zarur98. O‘qituvchining mahorati haqida fikr yuritar ekanmiz, uning ongliligiga, milliy g‘oya va mafkuraga sodikligiga, bilim va fikr doirasining kengligiga, o‘z vazifasiga munosabatiga e’tibor bermoq kerak. Ayniqsa, o‘qituvchining fikr doirasi keng bo‘lishi zarurligini alohida hisobga olish lozim. Chunki, kishida bilim, fikr mukammal bo‘lmasa, u kamolotga erisha olmaydi. Darhaqiqat, kishi u yoki bu masalani, albatta fikr orqali hal etadi. Shuning uchun o‘qituvchilik sohibi bo‘lishga intilgan kishi, shubhasiz, o‘z bilimini doimo kengaytirishi, o‘quvchi, talabaga ma’naviy-axloqiy ta’sir etuvchi g‘oya va fikrlarni yangilab borishi zarur. Buning uchun ko‘p o‘qishi, o‘rganishi lozim. O‘qituvchini mahoratiga baho berishda uni ta’limni qaydarajada tashkil qila bilishi muhim ahamiyatga egadir. Uzluksiz ta’limda dars va ma’ruzalarni mukammal tashkil qilishi o‘qituvchining birinchi navbatdagi vazifasidir. Yuqori saviyada o‘tilgan mavzular yoshlar ongida uzoq saqlanadi, ularning iymoni, e’tiqodi va mafkuralarining shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, o‘qituvchining ilmiy saviyasi o‘z burchiga munosabati, yoshlarga murabbiylik ishtiyoqi, dastlab dars va ma’ruzalarda ko‘rinadi. Fan o‘qituvchisining faoliyatiga beriladigan baho darajasini ham darsninng sifati belgilaydi.

Xulosa.
Ta’limning mazmundor, qiziqarli va tushunarli bo‘lishi ustoz bilan shogirdlar qalbini, ruhini bir-biriga mustahkam bog‘laydi, ular o‘rtasidagi samimiy hurmat va o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi. Buning uchun o‘qituvchi avvalo, o‘z fanini va uni o‘qitish yo‘l-usullarini mukammal o‘zlashtirib olishi, o‘qituvchi-murabbiyga xos madaniyatning yuqoriligi, o‘z shogirdlariga hurmat va muhabbat, ular hayotiga qiziqish va ruhiy holatlarni bilish va tushunish, bosiqlik, his-tuyg‘ularini boshqara olishlari, tashqi ko‘rinishi, kiyinish madaniyatiga e’tibor berishlari, nutq madaniyatining yuqoriligi, jamoat ishlarida faolliklari, ayniqsa, omma o‘rtasida ilmiyma’rifiy va ma’naviy-madaniy ishlar targ‘ibotchilari bo‘lishlari lozim. Shundagina, mamlakatimizning kelajagi bo‘lgan o‘quvchi yoshlarimiz o‘z murabbiylarini nomini zo‘r ehtirom, chuqur minnatdorchilik bilan tilga oladilar.Mustaqil O‘zbekiston davlatining umumiy ta’lim muassasalarida ishlaydigan o‘qituvchi, pedagog faoliyatiga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon, milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy, diniy bilimlarni mukammal egallagan, ma’naviy barkamol, O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan vatanparvarlik burchini to‘g‘ri anglagan, e’tiqodli fuqaro, sosiologik, psixologik, pedagogik bilimli va mahoratli mutaxassis kadrlarning bo‘lishi muhimdir.

Download 22,98 Kb.
1   2   3   4   5




Download 22,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarda kasbiy kompetentliligini rivojlantirish

Download 22,98 Kb.