|
Universiteti harbiy ta’lim fakulteti
|
bet | 1/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 22,98 Kb. | | #231492 | Turi | Referat |
Bog'liq Ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMVAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI HARBIY TA’LIM FAKULTETI
70112001-Ta’lim va tarbiya nazriyasi va metodikasi “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” Magistiratura mutaxasisligi 1-bosqich magistiri
Aliqulov Lazizning
“Harbiy va maxsus tayyorgarlikning pedagogik va psixologik asoslari” fanidan mustaqil ta’lim bo‘yicha
REFERAT ISHI
Mavzu: Ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
Bajardi: 101q- guruh magistranti
Aliqulov Laziz
Rahbar: Uslubiy tayyorgarlik sikli katta o’qutuvchisi dotsent Sotvoldiyev A.Y
Toshkent 2024
Mavzu: Ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja:
1. Kirish
2. Zamonaviy harbiy ta’lim o‘qituvchilariga qo‘yilgan talablar.
3. Zamonaviy ta’limning o‘za hos hususiyatlari.
4. Bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarda kasbiy kompetentliligini rivojlantirish.
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida quyidagilarni ta’kidlagan edi: «agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir». U o‘z fikrini davom ettirib: «o‘qituvchi, nainki, sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan moʻtabar zotdir», deydi.93 Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida: «O‘qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda», deb alohida ta’kidlangan edi94. Ta’limni boshqarishning past darajasi o‘qituvchining tayyor emasligi, innovasion jarayonlarning nomuntazamliligi bilan belgilanadi. Jamiyatning istiqboldagi taraqqiyoti integrallashgan ta’lim mazmunida o‘z ifodasini topishi kerak. «O‘qituvchini hurmat qilmagan rahbarni men ham hurmat qilmayman», — deb aytgan edi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev. Ko‘plab rivojlangan davlatlarda o‘qituvchilik eng obro‘li kasblardan biri hisoblanadi. Shuning uchun endi o‘qituvchining nufuzini oshirish, eng obro‘li kasblardan biriga aylantirish bugunning eng muhim vazifasi bo‘lishi kerak.
|
| |