|
Zamonaviy ta’limning o‘za hos hususiyatlari
|
bet | 3/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 22,98 Kb. | | #231492 | Turi | Referat |
Bog'liq Ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.2. Zamonaviy ta’limning o‘za hos hususiyatlari.
Mening fikrimcha, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu yerda. O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak». Demak, o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligi va muvaffaqiyati uning kasbiy tayyorgarligi, mahorat va malakaga egalik darajasi, zimmasidagi vazifalarni bajarishga nisbatan mas’uliyat bilan ijodiy yondashishi hamda o‘z ustida qunt va izchillik bilan ishlashi asosida ta’minlanadi. Maktab o‘qituvchilarining oldiga qo‘yilgan o‘quvchilarni madaniy, ma’naviy, mafkuraviy, shakllangan milliy o‘zligi, tili, diniy e’tiqodi, qadriyatlari, an’ana va urfodatlariga sodiq komil inson sifatida tarbiyalash kabi keng ko‘lamli vazifalar oliy ta’limda bo‘lajak mutaxassislar tayyorlash mazmunini takomillashtirishni talab etadi. Shuning uchun ham bo‘lajak mutaxassis shaxsini kasbiy rivojlantirish va boyitish, estetik jihatdan o‘stirish va yo‘naltirish asosida uni o‘z sohasining serqirra ustasi qilib shakllantirish hamda Davlat ta’lim standartlari talablari darajasida nazariy bilim va malakalarini tarkib toptirish muammolari yotadi. Insonparvarlik tizimini modernizasiyalash resurslar integrasiyasigagina yo‘naltirilmagan, balki axborotlarning globallashuvi sharoitida barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgandir. Insonda ob’yektiv borliq, moddiy olam va o‘z-o‘ziga nisbatan qadriyatli munosabatlarning tarkib topishi buning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. Bugungi kun mohir pedagogidan talab qilinadigan asosiy jarayon bu uning pedagogik mahorati, ya’ni talabaga dars berish va uni tarbiyalash mahoratidir. Jamiyat taraqqiyoti tendensiyasiga tayangan holda qadriyatlar, maqsadlar hamda ta’limning rivojlanish qonuniyatlari, o‘qituvchilarning uzluksiz malakasini oshirish tizimiga qo‘yilgan talablar, innovasion yangilanishlar sharoitida uyg‘unlashish va globallashish, ta’limni boshqarishda ko‘proq umummadaniy tamoyillarga murojaat qilinishi lozim, bunda: - pedagog kadrlar malakasini oshirishda uzviylik yoki tadrijiylik tamoyili; - ma’naviyatlilik tamoyili, madaniyatli anglash tamoyili, inson va ta’limning qadriyat ekanligi, ta’lim berish faoliyati; - o‘quv jarayonini boshqarishga tizimli qadriyatli yondashish tamoyili, o‘qituvchilarni modernizasiyalashgan ta’lim sharoitida ishlashga tayyorlashga oid ilmiy yondashuvlarni muayyan tamoyillarga tayangan holda ilgari surish; - o‘zaro aloqalarni hisobga olish tamoyili, rivojlanishda muntazamlik va nomuntazamlikning o‘zaro birgalikdagi harakatini hisobga olish tamoyili, agar muntazam rivojlanish yo‘nalishi ko‘p darajali innovasion jarayonlarning qo‘zg‘alishini tuzatishni nazarda tutsa; - inson faoliyatining barcha turlarida konseptual bilimlarning tizimli-ilmiy mohiyati ortishi tamoyili; - o‘qituvchilarni ishlariga tayyorlashda oldinni ko‘ra bilish va bashorat qilishning yetakchiligi tamoyili, bu qadriyatli kelishganlik va qadriyatli intiluvchanlik sifatida e’tirof etiladi. Xuddi mana shu tamoyillarga tayanish natijasida ayrim muhim talablar kelib chiqadi. O‘quv jarayonini boshqarishning ilmiyligini ta’minlash hamda madaniyatlararo hamkorlik va birgalikda faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish. Bunda: 1)falsafiy darajada – bu ijtimoiy madaniy kontekstlarning kengayishi, ta’lim jarayoni natijaviy komponentining qadriyatli natijalangan qismigacha rivojlantirish; 2)umumilmiy darajada – umumilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan metodlarni qo‘llash, jumladan, modellashtirish, imitasion, o‘yinga asoslangan o‘quv jarayoni modelini ishlab chiqish; o‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni kengaytirish, bunda modellashtirish va bashorat qilish metodlaridan foydalanish, iqtisodiy pedagogik modellashtirish va resursli ta’limiy bashorat qilish; 3)muayyan ilmiy darajada – ta’lim mazmunini loyihalash qadriyatlarga yo‘naltirilgan tizim sifatida hamda ta’lim texnologiyalarining ijtimoiy madaniy vazifalarini dolzarblashtiruvchi hodisa sifatida muhim ahamiyatga ega; ssenariyli rejalashtirish metodidan foydalanish hamda o‘quv jarayonini boshqarishda tizimli dinamik modellashtirish o‘qituvchi faoliyatining asosini tashkil etishi lozim; 4)o‘qituvchining metodika va texnikasi darajasida – individual tabaqalashtirilgan yondashuvni kuchaytirish, ta’limning uzluksizligi tamoyiliga amal qilish hamda bu jarayonda o‘quvchining shaxsiy rivojlanishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu tamoyillar va qoidalarni amaliyotga tatbiq etish shart-sharoitlari o‘qituvchilarni modernizasiyalashgan ta’lim sharoitida ishlashga tayyorlashning uzluksiz jarayonida jamiyat innovasion rivojlanishining muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. O‘quv jarayonini innovasion tarzda yangilash jamiyatning umumiy qonuniyatlariga yaxlit tarzda hamda o‘qitish qonuniyatlariga qisman tayangan holda amalga oshiriladi. O‘qituvchilarni kasbiy kompetentliligini rivojlantirish jarayonining mazmunini aniqlash va uni loyihalash ham alohida dolzarblik kasb etadi. Bunda uzluksiz tayyorlash jarayonining rejasi, dasturlari, o‘quv materiallarini ishlab chiqish nihoyatda zarur.
|
| |