• DAK ga tavsiya etaman” O‘quv bo‘limi boshlig‘i _______________ E.Abdurazzaqov “___”___________2024-yil
  • MAMARASULOV AHMADJON SPORT MAKTABLARIDA INGLIZ TILI O’QITISHNING INTERFAOL USULLARIDAN FOYDALANISH
  • Ilmiy rahbar: Pedagogika f.f.d., (PhD), dotsent N.A.Mamadjanova NAMANGAN- 2024 ASOSNOMA Magistrlik dissertasiyasining asoslanishi va uning dolzarbligi.
  • Universitety of business and science




    Download 25.02 Kb.
    bet1/5
    Sana27.02.2024
    Hajmi25.02 Kb.
    #163542
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mamarasulov Ahmadjon asosonoma
    ozgarmas tok elektr mashinalari, Muhammadjonov Komronbek-fayllar.org, Ilmiy ish. Asosnoma. Reja. G.Tajibayev tahriri, MOhir 1-2 vir

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    UNIVERSITETY OF BUSINESS AND SCIENCE
    TIL VA ADABIYOT TA’LIMI KAFEDRASI



    DAK ga tavsiya etaman”
    O‘quv bo‘limi boshlig‘i
    _______________ E.Abdurazzaqov
    ___”___________2024-yil

    DAK ga tavsiya etaman”
    Til va adabiyot ta’limi kafedrasi mudiri__________B.Sattarov
    ___”___________2024-yil



    MAMARASULOV AHMADJON

    SPORT MAKTABLARIDA INGLIZ TILI O’QITISHNING INTERFAOL USULLARIDAN FOYDALANISH



    70111801 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
    Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan


    DISSERTATSIYA
    Ilmiy rahbar: Pedagogika f.f.d., (PhD), dotsent N.A.Mamadjanova
    NAMANGAN- 2024
    ASOSNOMA
    Magistrlik dissertasiyasining asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni tubdan isloh qilish, rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib, sport maktablaridagi o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish, o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat muhitini yaratish ustuvor vazifa qilib belgilanib, Finlyandiya, Koreya, Fransiya, Rossiya kabi rivojlangan davlatlarda sport maktablardagi ta’lim jarayonida ingliz tili ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, sport maktabi o‘quvchilarida ingliz tilida ravon gaplasha olish, fikrini bemalol yetkazib bera olish, o‘z faoliyatini ingliz tilida tahlil qila olish kabi til o’rganishni rivojlantiruvchi ko‘nikmalarni shakllantirishni taqazo etmoqda. Sport ta’limi tizimida o‘quvchilarning olgan bilimlarini o‘z shaxsiy va hayotiy faoliyatida qo‘llay olishi imkoniyatlarini kengaytirish, ularning aql-zakovati, tafakkuri, ongi, irodasini mustahkamlash, ijtimoiy faolligini tarkib toptirish, ichki ruhiy kechinmalari, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning yosh, individual va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda pedagogik maqsadga yo‘naltirilgan refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun alohida yondashuvni talab etmoqda. Bunday yondashuv sport maktablarida o‘quvchilarining ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali shakl, usul va vositalarini qo‘llash, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro muloqotiga asoslangan o‘yin ta’lim texnologiyalari asosida ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishda dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.
    Mamlakatimizda ta’lim tizimining poydevori hisoblangan boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi 3907- sonli “Yoshlarni ma’naviy axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risidagi”, 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108 son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.

    Download 25.02 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 25.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Universitety of business and science

    Download 25.02 Kb.