V.Gumboldtning lingvistik antinomiyalari




Download 1.04 Mb.
bet6/113
Sana02.11.2022
Hajmi1.04 Mb.
#28803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Тилшунослик NAZARIYASI majmua 222
Dars jadval, Mavzu Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tend, 1665378806 2, mta4, Reyimberdiyev Sanjar 311 21 guruh Diskret tuzilmalar 1 amaliy ish, Документ Microsoft Office Word, Гр раҳбари иш режа, file, Kitob 7321 uzsmart.uz, 1. Ikki o lchovli integral, uning xossalari, geometrik va mexani, Назарий машғулот №86, Назарий машғулот №85, randomized, Simonova IF
V.Gumboldtning lingvistik antinomiyalari
Til bir butun holda o‘zaro qarama-qarshi birliklar munosabatidan tashkil topadi. Bu esa o‘z navbatida tildagi antinomiyalarni taqoza etadi.
1.Til va tafakkur antinomiyasi.
Tilsiz tafakkur, tafakkursiz til bo‘lmaydi. Har ikkalasi bir-birining taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Inson faoliyatida til va tafakkur bir biridan ajralgan holda yashamaydi.
2.Tilning faoliyat va oldingi avlod faoliyatining mahsuli ekani antinomiyasi.
Til bir tomondan, bir kishi tomonidan nutq jarayonida yaratilgan narsa, ya’ni nutq jarayonida yaratilayotgan mahsulot sanaladi. Ikkinchi tomondan, til bu oldingi avlod faoliyati natijasi, jamiyatning mahsuli va merosidir.
3.Til va nutq antinomiyasi.
V.Gumboldt til va nutqning boshqa boshqa narsa ekanligi haqidagi g‘oyani olg‘a tashlaydi. Til – nutq antinomiyasi tilning faoliyati mahsuli antinomiyasi bilan uzviy aloqadordir.
4.Nutq va tushunish antinomiyasi.
Nutq va tushunish bu til faoliyatining turli shakllari, nutqiy qobiliyatning ikki tomoni sanaladi. So‘z faqat bir kishi nutqidagina aniq ma’nosiga ega bo‘ladi. Jonli nutqda hech kim bir so‘zni aniq bir ma’noda tushunmaydi.
5.Tilda ob’ektivlik va sub’ektivlik antinomiyasi.
Bir tomondan, yakka shaxs tilni oldingi avloddan tayyor holda qabul qiladi, ikkinchi tomondan, nutq jarayonida uni qayta yaratadi.
6.Tilda ijtimoiylik va individuallik antinomiyasi.
Tilni butun bir xalq yaratadi. Ammo yakka har bir kishining tafakkurida yashaydi. Alohida shaxslar nutqida voqelanadi. Shu sabab ham, tilda ijtimoiylik va individuallik antinomiyasi mavjuddir.
7.Tilda zaruriylik va erkinlik antinomiyasi.
Til avloddan avlodga beriladi. Ayni paytda har bir shaxs va avlod uzluksiz individualdir. Ijtimoiy holda tildan foydalanish paytida har bir shaxs tilga ta’sir qiladi va unga yangi elementlar olib kiradi. Bu esa tilda zaruriylik va erkinlik antinomiyasini taqoza qiladi.
8.Belgining erkinligi va til elementlarining motivlangani antinomiyasi.
V.Gumboldt so‘z sezgi a’zolarimizga ta’sir qiluvchi narsaning ekvivalenti emas deydi. Shu sabab ham bir narsani hamma tilda har xil so‘z bilan nomlaymiz. Bu esa so‘zning erkinlik belgisini ta’minlaydi. Til elementlari tilning ichki qonuniyatlariga, strukturasiga moslashadi. Bu esa tilda belgining erkinligi va til elementining motivlanganlik antinomiyasining mavjudligini ko‘rsatadi.
9.Tilda umumiylik va alohidalik antinomiyasi.
Til bir vaqtning o‘zida alohida shaxsga hamda butun bir jamiyatga mansub bo‘ladi. Til har bir shaxsning ongida yashaydi, taraqqiy etadi. Shu bilan birga til alohida bir shaxsga emas, butun bir jamiyatga taaluqlidir.

Download 1.04 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Download 1.04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V.Gumboldtning lingvistik antinomiyalari

Download 1.04 Mb.