• 1-§. Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liqligi.
  • Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"




    Download 1.04 Mb.
    bet8/113
    Sana02.11.2022
    Hajmi1.04 Mb.
    #28803
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113
    Bog'liq
    Тилшунослик NAZARIYASI majmua 222
    Dars jadval, Mavzu Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tend, 1665378806 2, mta4, Reyimberdiyev Sanjar 311 21 guruh Diskret tuzilmalar 1 amaliy ish, Документ Microsoft Office Word, Гр раҳбари иш режа, file, Kitob 7321 uzsmart.uz, 1. Ikki o lchovli integral, uning xossalari, geometrik va mexani, Назарий машғулот №86, Назарий машғулот №85, randomized, Simonova IF
    2-MA’RUZA
    Mavzu: Til va jamiyat.


    Reja:
    1.Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liqligi.
    2. Kishilik tarixida urug’ tili, qabila tili, elat, xalq va millat tilining o’rni. 3.Tilning ijtimoiy vazifalari: emotiv, akkumulyativ, estetik. metalisoniy va b. vazifalar.

    1-§. Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liqligi.
    Til ijtimoiy hodisami, tabiiy hodisami degan savollar tilshunoslik tarixida ko‘p martalab bahs munozaralarga sabab bo‘lgan. Nemis olimi Avgust Shleyxer naturalizm oqimiga asos soldi va tilga ham tabiiy hodisa deb qaradi. Naturalizm oqimi tushunchasi bo‘yicha tillar ham xuddi odamlar kabi tug‘iladi, yashaydi, boyiydi, qariydi va o‘ladi deyildi. Albatta, tilga bunday baho berish noto‘g‘ri tushuncha edi. Materialistlar uzil-kesil til tabiiy hodisa degan g‘oyani rad etadi. Til jamiyatni taqoza etuvchi ijtimoiy hodisa deb qarashadi. Chunki til otadan qon bilan, onadan sut bilan o‘tmaydi. Aytaylik, o‘zbek xanodonida tug‘ilgan bolani nemislar tarbiyalab olsa tili nemischa chiqadi, nasldan naslga o‘tganda o‘zbekcha chiqishi kerak edi. Bu narsani Hindistonda bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar ham tasdiqlaydi. Bo‘rilar to‘dasida yashagan bolalarning tili chiqmaganligi ham til bo‘lishi uchun jamiyat bo‘lishi kerak ekanligining isbotidir. Til genetikaga bo g‘liq emas, insonning xarakteri, antropologik tuzilishi avloddan avlodga o‘tadi. Genetika fanida til va jamiyat emas irsiyat o‘rganiladi. Til va jamiyatni esa sotsiolingvistika fani o‘rganadi.
    Til va jamiyat o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Tilning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti jamiyat bilan chambarchas bog‘liq.
    Til jamiyatda rivojlanadi, uning grammatik qurilishi hamtakomillasha boradi. Til jamiyatda odamlar o‘rtasidagi aloqani shakllantiruvchi ijtimoiy hodisadir. Odamlar bo‘lsagina tilga ehtiyoj sezamiz. Demak til jamiyatdagina yashaydi, rivojlanadi, taraqqiy qiladi. Shu sababli ham til ijtimoiy hodisadir. Jamiyatning umri tilning umri bilan barobar bo‘ladi. Til jamiyat bilan birga yashaydi, jamiyat o‘lsagina til ham o‘ladi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir.
    Tilning paydo bo`lishi va uning taraqqiyot yo`lini o`rganish tilning qanday hodisa ekanligini - tabiatini tasavvur qilish imkonini beradi.
    Tilshunoslik tarixida qadimdan qarama-qarshi ikki fikr o`rtasida kurash boradi. Birinchisi, XIX asrda Germaniyada Avgust Shleyxer tomonidan asos solingan tilning tabiiy hodisa ekanligi haqidagi fikrdir. Shleyxer u yoki bu hodisaning tabiiy yoki ijtimoiyligini xalqning irodasi shu hodisaga ta’sir ko`rsata olish-olmasligi nuqtai nazardan aniqlaydi. Uning fikricha, tilning rivojlanishi xalq istagiga bog`liq bo`lmaydi, u o`z qonunlari asosida rivojalanadi, demak, til tabiiy hodisalar qatoridan o`rin olishi kerak. Bundan til dunyodagi boshqa tabiiy hodisalar singari o`z-o`zicha paydo bo`ladi, rivojlanadi, ma’lum muddatda, yo`q bo`ladi, o`ladi degan ma’no kelib chiqadi. Til kishining tabiiy xususiyatlari (masalan, yurish, nafas olish, ovqatlanish va boshqalar) ga xos narsadir. Olma daraxti ma’lum vaqt o`tishi bilan olma hosili berganidek, odam bolasi ma’lum yoshga yetganda gapira boshlashi kerak. Bunday fikrni ilgari surgan olimlar lotin, sanskrit (qadimgi hind tili) kabi o`lik tillarni misol qilib ko`rsatishadi.
    Materialistik tilshunoslik til tabiiy hodisadir, degan g`oyani rad etadi. Tilning paydo bo`lishi va taraqqiyoti insoniyat jamiyati bilan uzviy bog`langan. F.Engels o`zining mashhur «Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli» asarida tilning kelib chiqishini asoslashda asosiy e’tiborni kishining ijtimoiy mehnatiga qaratadi. Materialistik ta’limotga ko`ra jamiyat a’zolari mahsulot ishlab chiqarar va uni ayirboshlar ekanlar, o`zaro ishlab chiqarish munosabatiga kirishadilar. Bu munosabat tufayli kishilar orasida aloqa zaruriyati tug`iladi. Bunday muammoni faqat odamlar orasida vositachi, fikr almashish quroli bo`lmish til hal qiladi.
    Jamiyatdan tashqarida yashagan inson bolasi qancha umr ko`rmasin, u gapirmaydi. Chunki, til nasldan-naslga, avloddan-avlodga o`tmaydi, ya’ni uning irsiyatga hech qanday aloqasi yo`q. Irsiyat qonuniga binoan, bolaning biologik, antropologik xususiyatlari (tanasining va sochining rangi, yuz tuzilishi va boshqalar) avloddan-avlodga o`tadi, lekin o`zbek oilasida tug`ilgan bola faqat o`zbek tilida gapiradi deyish noto`g`ridir. U qaysi tilda gapira boshlashi, qaysi oila, qaysi ijtimoiy muhitda tarbiyalanishiga bog`liq; agar chaqaloq ruslar ichida tarbiyalansa, ruscha, tojiklar ichida tarbiyalansa, tojikcha gapiradi.
    XX asr boshlarida Hindistonda ro`y bergan voqea bu mavzuga yaxshi dalil bo`la oladi. U yerda bo`rilar to`dasi orasida yashagan ikki qizchani topishadi. Qizchalardan biri 2, boshqasi 7-8 yashar bo`lgan. Ular bo`rilarga xos xatti-harakatlar qilishgan, lekin gapirishni bilishmagan. Hindistonlik psixolog olim bu ikki go`dakni dastlab uyda, keyinchalik kattasini (kichigi ko`p vaqt o`tmay, kasallanib vafot etgan) bolalar uyida tarbiyalagan. Bu qiz yana 10 yil atrofida umr ko`rdi, ammo til va yurish-turishda aytarlik muvaffaqqiyatga erisha olmadi. Bu yillar mobaynida u 45 ga yaqin so`zni o`rgandi, lekin ulardan gap tuza olmadi. Bu voqeani chuqur tahlil qilgan mutaxassislar quyidagi xulosaga kelishadi:

    1. Til tabiiy hodisa emas.

    2. Tilning paydo bo`lishi uchun kishilik jamiyati bo`lishi shart.

    3. Til-nutq muhiti bolaning chaqaloqligida yaratilishi va chaqaloqqa bir tomonlama til ta’siri o`tkazish muhim hal qiluvchi ahamiyatga ega.

    4. Til va tafakkur bir vaqtda paydo bo`ladi, birga rivojlanadi, biri ikkinchisisiz yashay olmaydi.

    «Til ham ong kabi qadimiydir, til amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo`lgan va xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo`lgan ongdir, binobarin, til ong kabi boshqa kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji zarurligi tufayli paydo bo`lgan» deydi materialist K.Marks.
    Shunday qilib, til tabiatiga ko`ra ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiyatda, odamlar orasida mavjud bo`ladigan ijtimoiy quroldir. Tilning taqdiri uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bog`liq. Til jamiyat bilan paydo bo`lganidek, jamiyat bilan birga o`ladi. Hozirda lotin, sanskrit tillari o`lik tillar deb aytiladi, chunki bu tillarda gaplashadigan, uni o`z ona tili deb hisoblaydigan xalq yo`q. Hozirgi kunda bu tillarning lug`at tarkibi, tovushlar majmui, grammatikasi bor, ular to`g`risida fikr yuritish, boshqa tillar bilan qiyoslash mumkin. Ammo bu tillarda rivojlanish yo`q, qadimdan qanday bo`lsa, hozir ham shunday qolaveradi.
    Til kishilik aloqasining eng muhim vositasi sifatida xizmat qiladi. Til va tafakkur chambarchas bog'liq bo‘lib, tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo‘lmaganidek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira olmaydi. Fikr va so‘z munosabati juda murakkab bo‘lib, fikr so‘zlarda o‘z ifodasini topmaguncha, ya'ni so‘zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikrning mohiyatini tashkil etadigan har qanday idrok ham faqat so‘zlar vositasi bilangina namoyon bo‘ladi. Til va tafakkur faqat kishilargagina xos bo‘lib, bosh miyaning moddiyligi bilan bog'liqdir. Til va tafakkur bir narsa emas. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni fikrning ma'lum bir shakliga solib, so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar orqali ifodalaydi.
    Til grammatikaning o‘rganish manbayi, tafakkur mantiqning o‘rganish manbayidir. Til barcha uchun birday xizmat qiladi. Bir tilda gaplashuvchi jamiyat a'zolarining fikrlashlari bir xil bo‘lmaydi.
    «Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir» (Fde Soseyur).
    «Til – odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo`lgan mexanik harakatidir» (L. Blumfild).
    «Til fikrni ifoda qilishga mo`ljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan tovushlar majmuidir» (B.Grosse). Bu til ta’riflaridan til va tafakkur birligini ham bilish mumkin.
    Insoniyat bilan paydo bo‘lgan til uning hayotida eng muhim rol o‘ynab kelgan va bundan keyin ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Til, avvalo, inson va uning tafakkuri shakllanishidagi zaruriy shartlardan biridir. Aniq nutqning paydo bo‘lishi idrok qilish jarayonlarini tamoman o‘zgartirib yuboradi. Til tufayli inson tafakkuri boyidi, moddiy dunyodagi narsa va predmetlarni ong orqali idrok qilishi, ular ustudan mulohaza yuritishi, ularga oid fikrlarni so‘z bilan ifodalash imkoniga ega bo‘ladi.
    Mantiq ilmida ham til va tafakkur munosabatlariga alohida e’tibor berilgan. Unda tafakkurning muhim xususiyati sifatida uning til bilan bo‘glanganligini e’tirof etadi. Yana aytiladiki, inson tafakkuri uning til bilan birga rivojlanib takomillashgan. Tilda tafakkurning ish natijasi mustahkamlanadi. Til o‘zining shu xislati bilan insonga bilim to‘plashga, uni saqlashga, avlodan-avlodga uzatishga, to‘plagan bilish boyliklaridan hayotiy faoliyatida unumli foydalanishiga yordam beradi. Shuning uchun ham bizning tafakkurimiz voqelikni bevosita aks ettirish vositasi bo‘lgan sezgilardan til yordamida ifodalanishi bilan farq qiladi.
    Til va tafakkur reallikni bilish, boshqa insonlar bilan munosabatda bo‘lish, ob’ektiv reallikka ta’sir ko‘rsatish, har bir ishni oldindan o‘ylab ongli ravishda amalgam oshirish kabilarda ko‘rinuvchi, umuman, inson faoliyatining ongli, maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi insongagina xos bo‘lgan tarixiy muhim xislatdir.Demak, tafakkurning moddiy qobig’i tildir. Tafakkurni so‘z boyligi vositasida ifodalashda asosiy vazifani tul bajaradi. Albatta, har bir inson tafakkuridagi fikrlarni ifodalashda shu inson nutqining naqadar takomil topganligi muhim sanaladi.
    Tilning naqd bo‘lishi tafakkur bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan. Insoniyatga xos
    bo‘lgan bu ikkn hodisa bir-biri bilan uzviy bog’langan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Tilning asosida tafakkur yotadi, tafakkur esa o‘z navbatida til orqali namoyon bo‘ladi, rivojlanadi. Tilning takomillashishining garovi esa- tafakkurdir.
    Obrazli tafakkur yordamida narsaning turli aniq xususiyatlari, xilma-xilligi to‘liqroq aks ettiriladi. Obrazda narsani bir vaqtning o‘zida turlicha ko‘rish imkoni bor. Obrazli tafakkurning muhim xususiyati narsalar bilan ularning xossalari o‘rtasidagi odatdan tashqari, ishonish qiyin bo‘lgan uyg’unlikning o‘rnatilishidir. Ko‘rgazmali-ta’sirchan tafakkurdan farqli ravishda ko‘rgazmali-obrazli tafakkurda vaziyat faqat obraz ma’nosida o‘zgaradi.
    Ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni ko‘rgazmali-ta’sirchan tafakkurdan ajratish uchun asos qilib, psixolog tadqiqotchilar vaziyatning o‘zgarish xususiyatini olishadi. Shundan kelib chiqib, biz bir oz boshqacharoq yo‘nalishdan, ya’ni gnoseologik tafakkurning o‘zini xarakterlash tomonga borishimiz mumkin. Ko‘rgazmali- tahsirchan tafakkurda ko‘rishimiz mumkinki, bola ham tasavvur - obraz yordamida ish ko‘radi: birinchi tajribada vazifani bajarish turli variantlarni almashtirish tufayli yechimni tasodifan topishdan (ongsizlik aktidan) iborat yoki oldindan aniq obrazlar bilan fikrlash va tegishli harakatlanish sifatidagi xulosa vujudga keladi. Ko‘rgazmali-ta’sirchan tafakkurning ichki aspekti ko‘rgazmali-obrazli inikos bilan o‘xshash ekanligi ma’lum bo‘ladi. Falsafiy nuqtai nazardan qayd etilgan tafakkur shakllaridagi umumiylik nihoyatda muhim bo‘lib, ular inson faoliyatining ob’ektga faol ta’siri, usiz hech qanday insoniy tafakkurning bo‘la olmasligi to‘g’risidagi tasavvur bilan mustahkam bog’langan.
    Ko‘rish, eshitish, til yordamida gaplashishdan mahrum bolalar rivojining ekstremal sharoitlarida bilishda sezgilardan, narsalar bilan ishlash to‘g’risidagi idrok qilishning bevosita shakllaridan ajralmagan faoliyatning ahamiyati birinchi o‘ringa chiqadi. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘nikmalaridan farqli ravishda imo-ishoralar - aynan shu sharoitda yo‘l qo‘ygan (mavjud bo‘lmagan) narsalarga bo‘lgan ehtiyojiga ko‘ra harakatlarni sodir qilishdir.

    Download 1.04 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113




    Download 1.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"

    Download 1.04 Mb.