• Маvzu: O’spirinlar muloqotining yosh xususiyatlari
  • Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti amaliy psixologiya yo




    Download 38.25 Kb.
    bet1/3
    Sana12.04.2024
    Hajmi38.25 Kb.
    #193648
      1   2   3
    Bog'liq
    kurs ishi
    масалалар (2), dars ishlanma fonetik hodisalar, 8-sinf ona tili fanidan ochq dars, genetikaning asosiy va komakchi tushunchalarini shakllantirish metodikasi, 12, 1 «Faylasuf» atamasini birinchi bo‘lib ishlatgan mutafakkirni to, Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish, Йўлдошова Ноила, Farhod va Shirin, Geometrik yasashlar. , BAHOLASH VAROG\'I, amaliy ishlar 1-3, Mavzu Qo`l ishlari haqida umumiy ma’lumot. Qo`l ishlariga va qo-fayllar.org, Sinf rahbar daftari yangi (2023-2024) tayyori



    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
    PEDAGOGIKA FAKULTETI
    AMALIY PSIXOLOGIYA YOʻNALISHI
    212-GURUH TALABASI
    SHERMETOVA INTIZOR HAMID QIZINING


    КURS ISHI


    Маvzu: O’spirinlar muloqotining yosh xususiyatlari

    Fan:
    Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat


    Ilmiy rahbar: Latipova Umida



    XORAZM-2024


    MUNDARIJA:
    KIRISH......................................................................................................................3I BOB.
    Xulosa......................................................................................................................23
    Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati..........................................................................25

    KIRISH

    O’smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvoxi bo’lamiz. O’smirlik yoshiga xos yorqin Psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L.S.Vigotskiy (1930) tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo’lib, unda mazkur yosh simptomatikasi, o’smir psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o’zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretatsiyasi berilgan. L.S.Vigotskiy ta’lim va taraqqiyotning o’zaro masalasini ko’rib chiqdi. Bunda u quyidagi vaziyatni keltirib chiqardi. Bolaga psixik hayotidagi qiyin shakllar muloqot jarayonida shakllanadi, demak muloqot nisbatan tizimlashtirilgan shaklda – o’qitishda rivojlanishni shakllantiradi, yangi psixik ma’lumotlarni vujudga keltiradi, oliy psixik funksiya takomillashtiriladi. Ta’lim psixikaning shakllanishida muhim rol egallab, uning shakllari esa rivojlanish jarayonida o’zgaradi.


    O’smirlik yoshini pubertat davr deb atagan Sh.Byuler o’z ishlarida ushbu davrning biologik mohiyati ochib berilgan. Pubertat davr,-bu biologik o’sish davri bo’lib, jinsiy yetilish o’z nihoyasiga yetadi ammo jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat davrdan oldingi bosqichni insonning bolalik, ushbu davrning tugashini o’smirlik deb ataydi. Sh.Byuler pubertat davrni ikkiga: psixik va jismoniy davrlarga ajratadi. O’smirning yetilishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki qo’zg‘atuvchilar undagi o’zidan o’zi qoniqishi va xotirjamligini izdan chiqarib, uni o’zga jinsni qidirishga undaydi. Biologik yetilish uni izlanuvchan qilib qo’yadi va uning «Men»ida «U» bilan uchrashish istagi tug‘iladi.Ya’ni Sh.Byuler psixik pubertatlikni tanadan farqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, jismoniy yetilish o’g‘il bolalarda o’rtacha 14-16 yosh, qiz bolalarda 13-15 o’smirlik davridaga to’g‘ri keladi. Albatta, bunday farqlashlarda shaxar va qishloq, aloxida mamlakatlar va xatto iqlimning ta’siri hisobga olinadi. Pubertatlikning quyi chegarasi 10-11 yosh, yuqori chegarasi 18 yosh bo’lishi kerak. Ushbu davrning negativ xususiyatlari sifatida o’smirning urishqoqligi, injiqligini ifodalovchi jismoniy va ruxiy toliqish, notinch, oson qo’zg‘aluvchi holat, yuqori sezuvchanlik hamda qo’zg‘aluvchanlikni ko’rsatadi. O’smirlarning o’zlaridan qoniqmasliklari asta atrofdagilaridan ham qoniqmasliklariga sabab bo’lib, boshqacha tus intilishlari bilan uyg‘unlashadi va turli salbiy fikrlar shakllanishiga olib keladi. Ya’ni, o’smirlarda «sust melanxoliya» va «tajovuzkor himoya» shakllanadi. Mazkur davrning ijobiy xususiyatlaridan biri tarzida qandaydir go’zallikning anglangan kechinmalarini, muxabbat tuyg‘usini misol qilib keltiradi.
    Demak, Sh.Byulerning ilmiy urinishlari pubertat yoshni organik yetilish bilan psixik rivojlanishning uyg‘unlikda kechishini ko’rsatishga qaratilgandir.Sh.Byulerning izlanishlariga tayangan G.Getser pubertat davr salbiy bosqichining 13-16 o’smirlik davridai oralig‘ida o’y-xayollarga berilish, yaqin do’stga ehtiyoj sezish va «do’stni ishlash»ga urinishda ijobiy bosqichga o’sib o’tishini ta’kidlaydi.Fiziologik o'zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog’liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o'sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon boladi. Organizmdagi o'zgarishlar bevosita o'smir endokrin sistemasining o'zgarishlari bilan bog'liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to'qimalarining o'sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi.Natijada bo'y o'sishi tezlashadi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bolishi) amalga oshadi. Ko'krak qafasi ham gavdaning bo'y o'sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o'smirlarning yelkasi, ko'kragi tor bolib qoladi, bu esa o'z navbatida kislorod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod yetishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo’g‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o’smirda ba’zi qon bosimining ortishi ro’y beradi.
    Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi.O’smirda ro’y beradigan biologik-jismoniy o’zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi.O’smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo’lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bolmaydi. Jinsiy yetilish o’smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko’rsatib bu ta’sir bevosita emas, balki ko’proq bilvositadir.O’smirlar o’zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. O’smirlik yoshiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rgana turib, o’smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo’llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarni bevosita ta’sirini hamda ahamiyatini tushunishimiz mumkin. Bu davrda o’smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan lekin, kattalar hayotida xali o’z o’rnini topa olmagan murakkab holatda bo’ladi. Shuning uchun ham, o’smirlik davri “O’tish davri”, “Inqiroz davri” (krizis), “Qaltis davr”, “Qiyin davr”, “Balog`at davri” kabi nomlarni olgan psixologik ko’rinishlar bilan xarakterlanadi. O’smirlik darida kattalarga nisbatan agressiv munosabatning paydo bo’lishi, negativizm singari noxush xulq-atvor alomatlari o’z–o’zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetishlish tufayli paydo bo’ladigan belgilar bo’libgina qolmay, balki ularga bilvosita ta’sir ko’rsatadigan o’smir yashaydigan ijtimoiy shart–sharoitlar vositasi orqali: uning tengdoshlari, jamoadagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o’rni sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. O’smirlik davrida yetakchi faoliyat – bu o’qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O’smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu do’stlik, o’rtoqlikdagi elementar normalarni aniqlash va egallashdir. O’smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki u to’la o’rtoqlik kodeksiga bo’ysunadi.
    Yurtimizda har bir ijtimoiy sohalarga psixologik xizmat ko‘rsatish samaradorligi ortib bormoqda. Xususan ta’lim tizimida, tibbiyot sohasida, korxona, muassasalar tasarrufida ham psixolgik bazalarning yaratilishi psixologik xizmat insonlar hayotida qanchalik ahamiyatli ekanligini anglatadi.
    Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning dunyo bilan integratsiyalashuvi va oʻz taraqqiyotida turli xalqaro reytinglarni va inson resurslarini rivojlantirish indikatorlarini joriy qilayotganligi eʼtirofga loyiq masala. Lekin, bunda raqamlarga emas, ushbu faoliyatni bevosita aks ettiradigan natijaga eʼtiborni qaratish muhim. Personallarning nafaqat saviyasi, balki ishonib topshirilgan tarmoq yoki sohada yangilik qila olish salohiyati, tarmoqni rivojlantira olish qobiliyati, muammolarni hal qila olish borasidagi qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli strategik rejalar belgilashi va uni amalga oshira olishi asosiy mezon boʻlmogʻi kerak. Zero O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik Palatasi deputatlariga murojaatnomasida “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim. Ushbu maqsad yoʻlida yoshlarimiz oʻz oldiga katta marralarni qoʻyib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama koʻmak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa boʻlishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini roʻyobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi. Shu maqsadda “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoya asosida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshiramiz. Birinchidan, yosh avlodga bogʻcha, maktab va oliygohda sifatli taʼlim-tarbiya berishni yoʻlga qoʻyamiz, ular jismoniy va maʼnaviy sogʻlom, vatanparvar insonlar boʻlib ulgʻayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.
    Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi boʻlgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.
    Uchinchidan, oʻgʻil-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, ish va uy-joy bilan taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz”, deb ta’kidlab o‘tdi.

    Download 38.25 Kb.
      1   2   3




    Download 38.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti amaliy psixologiya yo

    Download 38.25 Kb.