|
Mavzu: Bolalarni maktabga tayyorlashda mashg‘ulotning ahamiyati. Mashg‘ulotning turlari. Mashg‘ulotning tuzilishi
|
bet | 22/28 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 81,03 Kb. | | #259531 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta (1)19.Mavzu: Bolalarni maktabga tayyorlashda mashg‘ulotning ahamiyati. Mashg‘ulotning turlari. Mashg‘ulotning tuzilishi.
Reja:
1.Bolalarni maktabga tayyorlashda mashg‘ulotning ahamiyati. 2.Mashg‘ulotning turlari. Mashg‘ulotning tuzilishi.
Oʻzbekiston respublikasida taʼlim sohasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Respublikada joriy etilgan taʼlim tizimi, uning turlari va shakllari orqali har bir fuqaroning taʼlim olishdagi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirib kelinmoqda. Davlatimiz tomonidan ilmiy sohadagi rivojlanishlar keng qoʻllab-quvvatlanmoqda. Ayniqsa bu oʻrinda yosh avlodni kichik yoshdan boshlab sogʻlom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim-tarbiya shakllarini hamda usullarini joriy etish va shu orqali bolalarni rivojlantirish borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston respublikasi qonunining 8 –moddasida:
Maktabgacha taʼlim va tarbiya bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, maʼnaviy-axloqiy, etik va estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan taʼlim turidir.
Maktabgacha taʼlim-tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlashni nazarda tutadi – deb koʻrsatilgan.
Maktabgacha taʼlimda bolani har tomonlama rivojlantirish, uning umumiy taʼlimda erishiladigan sezilarli yutuqlariga asos boʻladi. Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Boshlangʻich taʼlimga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida davlat oʻz zimmasiga 6-7 yoshli bolalarning maktabga toʻlovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi boʻyicha majburiyatini oldi. 6-7 yoshli bolalar uchun moʻljallangan majburiy boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari, bolalarini toʻliq kunli maktabgacha taʼlim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega boʻlmagan yoki muayyan sabablarga koʻra, bolasini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bermagan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishiga va istisnosiz barcha bolalarning taʼlim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan.Davlat tomonidan taʼlimga berilgan eʼtibor va bu sohadagi yuksalishlar ota-onalar tomonidan eʼtirof etilib, farzand taʼlim-tarbiyasiga nisbatan ularni bu boradagi masʼuliyatini kuchaytirmoqda. Ota-onalarimiz tomonidan bolaning ushbu yosh davrida farzandlari tezroq mustaqil oʻqishni va yozishni bilishni istashlari haqida xohish-istaklarni bildiradilar. Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash – dolzarb masala. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bola yosh rivojlanish bosqichlarida uning jismoniy, maʼnaviy, imkoniyatlarini hisobga olmasdan turib, uni intensiv mashgʻulotlar bilan maktab taʼlimiga tayyorlovga oʻrgatish mumkin emas. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun maktab taʼlimining shakl va metodlarini qoʻllamaslik kerak. Bolalarning yoshga bogʻliq psixofiziologiyasi, ushbu yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishi uchun maqbul sharoitlar yaratish, maktabgacha taʼlimga oid ish shakllari, didaktik oʻyinlardan, koʻrgazmali-predmetli mashgʻulotlardan, bolalarning amaliy va tasviriy faoliyatining turli shakllaridan keng foydalangan holda tarbiyaviy ishlar usullari qoʻllagan holda amalga oshirilish zarur. Bunday shakllar va usullar yosh bolaning fikrlash va faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga mos keladi, uning bilim faoliyatini ragʻbatlantiradi va intellektual rivojlanishga hissa qoʻshadi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan xalqaro tajribalar hisobga olinib, 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga taʼlim-tarbiya berish va maktab taʼlimiga tayyorlash maqsadida “Ilm yoʻli” variativ dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur 6-7 yoshli bolalar uchun moʻljallangan majburiy boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan Davlat talablariga muvofiq, bolaning rivojlanishidagi 5 muhim soha : bolalarning jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish sohalarini har tomonlama uygʻun rivojlanishini taʼminlashga moʻljallangan boʻlib, bunda bola taʼlimiy faoliyatning yetakchi ishtirokchisi sifatida namoyon boʻladi. Dastur talablari bolani har tomonlama rivojlantirib, maktab taʼlimiga tayyorlaydi, unda turli xil koʻnikmalarni shakllantirishda xizmat qiladi. Bu yoshda bolani savodxonligi boʻyicha olib boriladigan taʼlimiy jarayonlar bolalarda nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalarini rivojlantirish sohasi va bola rivojlanishining barcha sohalari bilan chambarchas bogʻliq holda amalga oshiriladi. Bolaning soʻz boyligi oshadi, nutqqa nisbatan qiziqish uygʻonadi, unda mazmunli gapirish, boshlangʻich til boʻyicha maʼlumotga ega boʻlish, badiiy adabiyotga muhabbat shakllanadi. Jamoada oʻzini tutish, savollarga javob berish, kattalar bilan muloqotga kirishish va ular oldida soʻzlash, shaxsiy qarorlarini qabul qilish, boshqalarga namuna boʻlish, qiyin vaziyatlarda amaliy yechim topish uchun intilish koʻnikmalari rivojlanadi. Bolada qoʻl barmoqlari mayda motorikasi rivojlantirilib, yozuv malakalari shakllanadi. Ular qogʻozda toʻgʻri chiziqlar, soʻzlar va qisqa gaplarni yozadi, yozuv qatorini aniqlay oladi, qoʻlni uzmasdan nuqta chiziqlarni birlashtirib rasm chizish malakalari shakllanadi.
|
| |