|
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi
|
bet | 1/28 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 81,03 Kb. | | #259531 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta (1)
Urganch davlat universiteti
Pedagogika fakulteti
Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi
206-guruh talabasi
Shomurodova Umidaningning
,,Maktabgacha pedagogika” fanidan
tayyorlagan mustaqil ishi
1.Mavzu:Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sensor tarbiyaning ahamiyati.
Reja:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarda sensor tarbiyaning ahamiyati haqida.
2.Sensor harakatlarning rivojlanishi darajasi bolaning qobiliyatlari.
3.Sensor tarbiya haqidagi turli xil yondashuvlar
Sensor tarbiyani shakllantirishda avvalo ilk bolalikdan alohida e’tibor qaratish lozim. Negaki, ilk bolalik davridan idrok qilish , sezish natijasida aqliy harakatlar, narsa va hodisalarning xususiyatlarini analiz hamda sintez qilish, umumlashtirish va yaxlitlash protsessi yuzaga keladi. Bu esa o’z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalar sensor tarbiyasini kechiktirmasdan olib borishni taqazo qiladi.Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda “tuyg’u, sezgi, idrok , sezish ” kabi qobilyatlarni shakllantirishda sensor tarbiya muhim o’rin tutadi. Sensor tarbiya bu – sezgi va idrokni biror maqsad asosida rivojlantirishdir.Sensor so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib, “sensus” – “tuyg’u”, “sezgi”, “idrok” ma’nolarini bildiradi. Demak borliqni his qilish sezish va idrokdan boshlanadi. Shuni ta’kidlash joizki maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlanish davri sanaladi. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o’rin tutadi. Sensor tarbiya bolalarda hissiy bilish qobilyatlarini shakllantirishga va sezgi –idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.Sensor tarbiya bilan ish olib borishda ko’proq pedagoglar hamda ruxshunoslar tinimsiz murojaat qiladilar. Sensor tarbiyani o’rganish hamda rivojlantirishga ko’pgina pedagoglar Frebil, M.Montesseri, O.Dekroli va boshqalar tomonidan yaratilgan ishlari bolalarning qo’ldagi mayda muskullarini rivojlantirishga, rang va uning turlari, turli shakl hamda hajmni yuqori darajada farq qilishga erishishlarini o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.Ayniqsa Montessorining “sensor” tarbiya borasida olib borgan izlanishlari salmoqli darajadadir. Montessori o’z tajribasida didaktik materiallarni ko’paytirib, o’z-o’zini nazorat qilish prensipiga qaratilgan izlanishlar bo’lib, bolalarga pedagogning ishtirokisiz , mustaqil shug’ullanish imkonini berar edi. Garchi Montessori bolalar topshiriqni bajarayotganda ularga erkinlik va mustaqillik berishni talab qilsada, u baribir bolalarga narsalarning xossalarini tekshirishning ayrim usullarini o’gatdi. Masalan: tarbiyachi bolaning barmog’i bilan biron bir detalni sirtini aylantirib chiqadi yoki biron nima yasayotganda, chizayotganda qo’lidan ushlab yordamlashvoradi bu esa avtomat tarzda tekshirib turishni ta’minlaydi. Yana shuni ta’kidlaydiki, sezgi a’zolarining rivojlanishi, nutqning o’sishi bu bolaning qay darajada rivojlanishiga ham bog’liqdir.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda “tuyg’u, sezgi, idrok, sezish” qobilyatlarini shakllantirishda sensor tarbiya muhim o’rin tutadi. Sensor tarbiyani qo’llashdan maqsad – maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning har jabhada qobilyatlarini shakllantirish, o’stirish, yuksaltirishga qaratilgandir. Ma’lumki, bolalarda idrok qilish sezish natijasida aqliy harakatlar , narsa va hodisalarning analiz hamda sentez qilish , umumlashtirish , yaxlitlash hodisasi yuzaga keladi. Bu esa bilish qobilyatining zarur sharti hisoblanadi.
|
| |