|
Mavzu: Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiyaning mazmuni ,mohiyati va ahamiyati
|
bet | 3/28 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 81,03 Kb. | | #259531 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta (1)2.Mavzu: Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiyaning mazmuni ,mohiyati va ahamiyati.
Reja:
1.Huquqiy tarbiya haqida tushuncha.
2.Huquqiy tarbiyaning maqsadi va mazmuni.
Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan faoliyat yig’indisi. Huquqiy tarbiya – bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holdagi tasvir ko’rsatilishidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda ham huquqiy tarbiyaga u haqiqatda sazovor bo’lishi kerak bo’lganidek darajada e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so’z borar ediyu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi tarzida huquqiy tarbiya yo’nalishining ajratib qo’yilmasligi o’sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongi ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.O’zbekiston huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo’yilib, bu yo’lda huquqiy tarbiya, huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu masuliyatli vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bian olib borish borasida ko’p qirrali ishlar qilinmoqda.Huquqiy tarbiyali bo’lish uchun har bir shaxs umumhuquq bilimga, uni ongli ravishda qabul qilishga va huquqiy madaniyatni alohida bajarishga yetarli darajada huquqiy saboq olish kerak. Lekin hozirgi paytgacha huquqiy tarbiya tushunchasi, uning tushuntirish metodlari olimlarimiz tomonidan to’laligicha yoritilmagan.Huquqiy tarbiyaning keng va tor maonoda ko’rish mumkin. Keng maonoda butun jamoaning, ko’pchilikning ongiga taosir ko’rsatishga qaratilgan tarbiya, tor maonoda esa alohida shaxsga, uning ongiga taosir etish yo’llari tushuniladi.Huquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki shaxs o’z hatti – harakatlarining qonuniy ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka harakat qilsa o’zini ongli ravishda, huquq normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo’lib hisoblanadi.
Demak, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko’zlagan va shaxsga «guruh shaxslariga» taosir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir.Malumki, qonunga rioya qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. Huquqiy tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga nima qilmoq mumkin, nima qilmoq mumkin emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi, qonunlarga rioya etish yo’llari nimadan iborat ekanligini yetkazmoq lozim.Tartib buzuvchilar orasida o’z hatti-harakatining noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy ekan deb ham uylamaslik va bunday harakatni jazoga loyik emas deb tushunish ko’p uchraydi. Shunday tushuncha hosil bo’lmasligi uchun huquqiy tarbiya jarayonida har bir jamoada o’rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, mamuriy, moddiy yoki jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur.
Huquqiy tarbiyani kuchaytirishga oltmishinchi yillardan boshlab alohida ahamiyat berilla boshlandi. Shu davrga aytish kerakki, hozirda ham huquqiy tarbiya bilan chambarchas bog’liq holda olib olib borilayapti.
Shaxs va jamiyat o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarning rivojlanish prinsiplariga mos bo’lishi shaxs faoliyatini yo’naltirib turuvchi hayotiy pozitsiyaga bog’liq. Hayotiy pozitsiya esatarbiya jarayonida shakllanadi. Shu sababdan ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq shaxs tarbiyasini jamiyat o’z naozoratiga olgan va bu vazifani bajarishga eng dono kishilarga topshirgan. Shaxsni yashashga o’rgatish jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan biri bo’lib kelgan. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni biror –bir foydali ishga, faoliyatga o’rgatish demakdir. Masalan, yoshlarni biror hunarga, muomalaga, sanatga, yurish turishga va boshqalarga o’rgatish.Huquqiy tarbiya boshqa turdagi tarbiya bilan o’zaro yaqin. Masalan, shaxsda mehnatga bo’lgan munosabatni shakllantirishda ko’r-ko’rona itoatkorlikka emas, balki jamiyat va davlat manfaatlariga, davlatning tartib va qonunlarini hurmat qilishga o’rgatish lozim.Axloq normalari bilan huquqiy normalar bir biriga juda yaqin turadi. Shaxs axloqsiz bo’lsa, u qonunlar talabiga rioya qilmaydi. Binobarin, bunday shaxsni huquqiy tarbiyalash samarasiz bo’ladi, hatto jazo choralarini ham to’g’ri yo’lga solish qiyin.Huquqiy tarbiya tizimi uch tarkibiy qismdan tashkil topadi: davlat belgilangan qonun qoidalarini o’qitish; ularni jamiyat aozolari o’rtasida tashviqot qilish; o’quvchi yoshlarni qonun qoidalar ijrosida bevosita ishtirok etishga o’rgatish. Huquq normalarini o’qitish deyilganda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan dastur asosida shaxsga bilim berish tushuniladi. YUridik bilim berish umumiy va maxsus yo’nalishlarda bo’lish mumkin.
|
| |