Iqtisodiy tarbiya. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni,mohiyati va ahamiyati




Download 81,03 Kb.
bet9/28
Sana03.06.2024
Hajmi81,03 Kb.
#259531
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta (1)

6.Iqtisodiy tarbiya. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni,mohiyati va ahamiyati.
Iqtisodiy tarbiyaning oʻziga xos xususiyatlari va oʻrni.
Reja:

  1. Iqtisodiy tarbiya haqida maʼlumot.

  2. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni va ahamiyati.

Iqtisodiy tarbiya ham shaxsning barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. Bozor iqtisodiga o‘tayotgan bir sharoitda va keyingi rivojlanishda ham yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhimdir. Bu sohada hukumatimiz g‘amho‘rlik ko‘rsatmoqda va pedagoglarimiz tadqiqotlar olib bormoqda.
Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitilib, ilmiy asoslab kelingan. Bu borada Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga puxta bo‘lishi kerak. Shunda u o‘z mehnatining (o‘zgalarning ham) natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.

A.N.Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: “Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”. A.Avloniy “Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur” yana “Hozirgi zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo‘lmoq uchun ilm va mol lozimdur” kabi qimmatli g‘oyalarni olg‘a surgan. Masalan, uning quyidagi fikrlarini ko‘raylik: “Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekib, yigirma qadoq bug‘doy olurlar, yevropaliklar o‘zimizdan olgan 5 tiyinlik paxtamizni o‘zimizga 25 tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotib, chandir chaynaymiz: qaymoq berub, non o‘rniga kesak tishlaymiz, so‘zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof tugamas sa’i, bitmas g‘ayrat lozimdir”.Ahmad Yugnakiy “Hibbatul haqoyiq”da: “Mol-mulksiz kishi uchun bilim – bitmas-tuganmas mulkdir, kambag‘al uchun bilim hisob – xatosiz hisobdir”. Bu fikrdan shuni anglash zarurki, inson o‘zining ilmi bilan ijtimoiy hayotga tejamkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi va o‘z hayotini oqilona tashkil qiladi.


Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog’liqdir. Bas, shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta’lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni o’quvchi bevosita maktab ta’limi davrida oladi. Shuning uchun o’quvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va ko’nikmalarni tarkib toptirishga alohida e’tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir.Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo’lg’aysizlar va ozga qanoat qiling, toki mollaringiz ko’p bo’lg’ay, yumshoq tabiatli va shirin so’zli bo’ling, do’stiniz ko’p bo’lg’ay». Demak, ko’p ranj bila topilg’on ganjni (boylik) g’aflat va qohillik bila qo’ldan bermoq aqlli kishining ishi emasdur. Qashshoq bo’lg’andin so’ng har qancha pushaymon bo’lsa, sud (foyda) qilmaydur. Demak, moling barqaror bo’lguncha mashaqqat ustiga mashaqqat chekg’il, sen bundan bahramand bo’lg’aysan.Biroq mol har qancha aziz bo’lsa ham, uni do’stlardin darig’ tutmag’il. Har holda molingni go’ringga olib bormagungdur. Ammo daromad na chog’liq bo’lsa, xarjing ham ul miqdor bo’lsun. Shunda senga qashshoqlik mashaqqati yuzlanmag’ay. Har kishiki xarjini daxlidin oz qilsa, hech vaq qashshoq bo’lmag’ay.Donishmandlar debdurlarkim, hech bir ishda isrof qilmag’il, isrof qiluvchi barcha vaqt ziyonkordur. Ammo tirikchilikni talx qilgudek qattiqliq qilmag’il. Ro’zgoringning zaruriy ishlarida tahsir nuqson ko’rguzmag’il. Joningga jabr qilmag’il: mol har nechakim azizdur, ammo jonigdan aziz emasdur. Alqissa, jahd etib yig’ilgan molingni bahllarning qo’liga topshirmag’il va sharobxo’r, qimorbozlarga e’timod qilmag’il. Mol jam etmakda xato qilmag’il, har odam o’z ishida xato qilsa, saodatdin mahrum bo’lg’ay va muddaolarda bebahra qolg’ay, nedinkim, roham mehnatdadur. Shundoqki, bugunning rohati kechagi mehnatning natijasidur.Molingdin mustahiqlarga (munosib, loyiq) edurg’il. O’zgalarning molidin ta’ma qilmag’il, tokim barcha xaloyiqning yaxshiroq va azizrog’i bo’lg’aysan. Molingni o’zgalarning moli deb bilg’il, o’zgalarning molin o’z molingdin ziyodrog’ bilg’il, toki omonatga xiyonat qilmaslik, to’g’rilik bila xalqqa mashhur bo’lg’aysan (Qobusnoma. 70-72 bet).
«... Har ishning bir sababi bordir. Ammo qashshoqlikning sababi isrofdir. Isrof faqat molni sarf qilishgagina emas, ovqatda, kishining qiziqishlari, nutqida ham isrof bo’ladi, isrof tanni aldaydi, nafsni ranjitadi, aqlni qochiradi va tirikni o’ldiradi».Isrof so’zining lug’aviy ma’nosi bu – molni gunoh ishlarga sarflash yoki o’zi va bola-chaqasi uchun hech narsa qoldirmay, bor-yo’g’ini mayda-chuyda, ikir-chikirlarga sarflab yuborish ma’nolarini anglatadi. Isrof – u qaysi ko’rinishda bo’lmasin kishining bor-yo’g’ini sovuradi, yakson qiladi, degan fikr ilgari surilgan (Al-adab al-mufrat. Imom Ismoil al-Buxoriy. 131-bet).


Download 81,03 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Download 81,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy tarbiya. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni,mohiyati va ahamiyati

Download 81,03 Kb.