|
Mavzu:Ekologik tarbiya. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berish. Ekologik tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘rni
|
bet | 10/28 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 81,03 Kb. | | #259531 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta (1)7.Mavzu:Ekologik tarbiya. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berish. Ekologik tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘rni.
Reja
1.Ekologik tarbiya haqida tushuncha.
2.Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarga ekologik taʼlim tarbiya berish.
Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi. Ekologik tarbiyada o‘quvchilarni o‘z maktabini; yashaydigan muhitishahar va qishloq ko‘chalarini o‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. Ekologik ta’lim-tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog‘cha bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5 sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o‘qituvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya beriladi . Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‘qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni o‘qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul’tetiv mashg‘ulotlarda, darsdan tashqari to‘garak yig‘ilishlarida, ekskursiya davrida hamda o‘zlariniig kundalik faoliyatlari davomida muammolarni o‘rgana boradilar.
2.Ekologik tarbiyaning bosh maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda atrofmuhit va uning muammolari haqida ongli munosabatn ihamda ular bo’yicha optimal yechimlar toppish to’g’risidagi bilim, ko’nikmava malakalarni shakllantirishdan iborat. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun bir qator vazifalarni hal qilishga to’g’ri keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarimizga ekologik tarbiya berishda ularning yashab turgan joyi (tabiati) va boyliklarini tejab-tergashga, ularni ongli ravishda muhofaza qilishga o’rgatish.
Ekologik madaniyatni shakllantirish.Bu, eng avvalo, oiladan boshlanmog’i lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning quyidagi yo’llari mavjud:
• Mashg’ulotlar o’tkazish;
• Ekskursiya;
• Mehnat;
• O’yinlar;
• Kundalik hayot ishlari.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ta’lim berishning asosiy usullaridan biri ekskursiya hisoblanadi. Ekskursiya jarayonida bolalar tabiat to’g’risidagi aniq tasavvurga ko’rish, sezish, eshitish bilan idrok etish orqali ega bo’ladilar. Ekskursiya jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat, undagi qonuniyatlar to’g’risida realistik tasavvurlar hosil bo’ladi. Bu jarayon o'rganilgan tushunchalar keyinchalik bolalar egallaydigan ilmiy bilimlarning asosini tashkil etib, maktabda o'rganiladigan tabiiy fanlarni o'zlashtirib olishni osonlashtiradi. Tabiat haqidagi bilimlar bolalarga o'z vaqtida o'rgatilmasa, ularning tabiatdan noto'g'ri foydalanishiga olib keladi.
Bundan tashqari "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi asosida tashkil qilinadigan 5 ta rivojlantiruvchi markazlarning biri hisoblangan "Ilm-fan va tabiat "markazi ham bolalarning tabiat haqidagi bilimlarini oshirish uchun mo'ljallangan.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o'tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg'otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to'g'ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o'zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg'otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma'lumotlar bolalarning o'z qo'llari bilan urug'larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo'yishi va urug' unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.Mashg'ulotlar turli shakllarda olib boriladi va bularning ayrimlarida boshlang'ich bilimlar shakllantiriladi. Buning uchun tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rish, hikoyalar, ertaklarnni o'qishdan, multimedia vositalaridan foydalanadi. Boshqa mashg'ulotlarda esa bolalarning bilimlar aniqlanadi, kengaytiriladi va chuqtirlashtirilgan holda o'rgatiladi. Mashg'ulotlarda asosan didaktik o'yinlar, umumlashtiruvchi so'zlardan, bolalarning tabiatdagi amalga oshiradigan mehnatidan foydalaniladi. Barcha guruhlarda mashg'ulotlarni yanada yaxshi natija berishi va qiziqarli muhitni tashkil qilish uchun sayrlardan foydalaniladi.Didaktik o'yin ta'limning asosiy shakli hisoblanib, ta'limni yengil, tez va bolalar tomonidan oldindan mo'ljallanmagan bilimlarni o'zlashtirish shakliga aylanadi. Masalan, "Bu hayvonning nomi "Qizil kitob"ga kiritilganmi? Shu hayvonni top" o'yini. Tarbiyachi bolalarni doira shaklida turg'izib, hay von nomini aytadi va koptokni biror bolaga otadi. Bola koptokni ilib olib, "Qizil kitob"ga kirgan yoki kirmaganligini aytadi. Tabiat muhofazasiga doir o'yin mazmunini ishlab chiqishda odamlaming o'zaro munosabatlari, ularning tabiiy muhitga insonparvarlik, g'amxo'rlik bilan munosabatlari markaziy o'rinda turmog'i lozim. Shuning Bunday o'yinlardan foydalanishda bolalarning yoshini hisobga olish, ularning yoshiga mos holda o'yinlar ishlab chiqish lozim.Tarbiyachining bolalarga ekologik ta'lim va tarbiya berishda xalqimizning o'ziga xos milliy tarbiyasidan, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil qilishdan o'rinli foydalanishi yaxshi natija beradi. Milliy tarbiyamizda suvni isrof qilmaslik bilan birga, yer, havo, tuproq ham muqaddas hisoblanadi. Bolalarga ekologik ta'lim berishda har bir bolaga 1 ta gul tuvakni parvarishlash topshirig'ini berish ham eng samarali usullardandir. Bunda parvarishlash usullarini o'rgatib, ularni shu gulni qanday parvarish qilyotganini nazorat qilib boriladi. Natijada bolalarda avvalambor mehr-shafqat tuyg'usi, tabiatga muhabbat shakllanadi. Bolalar gullarining qurib qolmasligi uchun qayg'uradi v auni parvarish qilishadi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik tarbiyani rivojlantirish orqali ularning tabiatga bo'lgan mehrini, shakllantirish va kelajakda tabiiy fanlarni o'zlashtirishi uchun poydevor yaratiladi. Bolalarga ekologik tarbiya berishda va zamonaviy usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bundan tashqari tayyorlov guruh bolalariga ta'lim berishda zamonaviy texnologiyalardan biri VR lardan foydalanishni taklif qilgan bo'lardim. Bu texnologiya yurtimizda asta-sekinlik bilan rivojlanib bormoqda. Bu orqali bolalrning o'zlashtirishini yanada oshirish va qiziqarli, yangicha ta'lim jarayonini tashkil etish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu:Ekologik tarbiya. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berish. Ekologik tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘rni
|