|
Mavzu: Bola shaxsini rivojlanishida faoliyatlarning o‘rni
|
bet | 13/28 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 81,03 Kb. | | #259531 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta (1)10.Mavzu: Bola shaxsini rivojlanishida faoliyatlarning o‘rni.
1. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiya berish ahamiyati.
2.Bolaning aqliy rivojlanishdagi faoliyat darajasi
Biz “bolaga tarbiya qachondan boshlab berilishi kerak?” degan savolga anniq javob oldik. Bola tug’ilgandan boshlab unga tarbiya berish lozim. Bu haqida buyuk shaxslar ham o’z fikrlarini bildirganlar. Xususan, Yusuf Xos Xojibning uqtirishlaricha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog’i lozim. Farzandlar tarbiyasi nixoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti-harakatlariga berilishining oldi olinadi. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beriladi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur deb uqtiradi. Allomalarimizning fikrlari yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga to’laqonli mos ekanligi biz va sizga yaqqol ko’rinib turibdi. Endi bu yosh davrida bolaga qanday qilib ta’lim va tarbiya berish mumkun degan savol tug’iladi albatta. Bu savolning javobini quyida berilgan ma’lumotlar orqali topamiz. Bola tug’ilgandan so’ng, u gapirishni, o’qishni, yozishni bilmasa ham unda sezgi a’zolari juda kuchli rivojlangan bo’ladi. Hozirgi zamon onalaridan farzandlariga bo’lgan juda kata e’tibor talab qilinadi. To’g’ri, endi tug’ilgan go’dakka bu narsa bunday, u narsa unday deb yoki qilayotgan ishing to’g’ri, aksincha noto’g’ri deb tarbiya berib bo’lmaydi. Lekin onalar va otalr ular uchun tarbiya manbai hisoblanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, avvalo ota-ona birinchi navbatda oliy darajada tarbiyalangan bo’lishi kerak. Shundagina ular farzandalari uchun o’zlari hohlagandek tarbiyani bera oladilar. Go’dak hali yosh bo’lishiga qaramay ota va ona munosabatlarini kuzatuvchisi va ularning bir-biriga bo’lgan muomalasidan asosiy tarbiyani oluvchi hisoblanadi. Chaqaloq ularning bir-birlariga qanday munosabat bidirayotganini ularning yuz tuzilishidan bemalol bilib turadi. Shuning uchun bolalarga tarbiya berayotganlarida nihoyatda ehtiyotkoronalik bilan munosabt bildirishlari lozim. Bolalarda birinchi uch yilliklarida olgan bilimlari ularning kelajakda o’z faoloyatlarini bemalol yurita olishlari uchun asosiy poydevor hisoblanadi. Bu davirda xalqimizning ongiga singib qolgan bir tushuncha “Hali yoshda” deb nomlangan tushuncha bularning o’z farzandlariga bo’lgan mehribonchiliklarini emas, balki jabr qilayotganliklaridan dalolatdir. Bu davrda bolaga nimani o’rgatsa shuni to’laqonli qabul qiladigan yosh hisoblanadi. Bolalar bilan ko’proq muloqotda bo’lish ham ularning tarbiyalanishi uchun asos bo’lib hizmat qiladi. Bolalar hali yosh bo’lishlariga qaramay, ular yuqoridagi fikirlarimizda ta’kidlaganimizdek hamma narsani tushunadi. Suhbatlashishdan mahrum qilingan go’dak aqliy qobilyati zaif va xulq-atvori og’ir bo’lib ulg’ayadi. “Inson jamiyat mahsuli va undan ayro yashay olmaydi” deyishadi. Bolalar bilan suhbatlashish, ularning dunyo qarashlarini har taraflama rivojlantrib boradi. Bolalarda bu davrda ularga o’z hayot yo’llarini qurishida asosiy bo’lgan sohalarga boy davr hisoblanadi. Bu yoshdan ota-onalar bolalarga kerakli ko’nikmalarni berib borsalar, kelajakda ota-onalar ham bolalar ham qiynalmaydilar. Ota-onalar bolalarga ular uch yoshgacha bo’lgan davrda ma’sul bo’lsalar, o’z vazifalarini to’laqonli amalga oshirsalar keying bosqich bu tarbiyachilar bilan birga hamkorlikdagi bosqich hisoblanadi. Bu davr ham bolalar hayotida o’ta muhim davrlardan biri hisoblanadi. Bola bu yoshida Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borish orqali boshqa bolalar bilan munosabat, o’zaro aloqa o’rnatishni o’rganadi. Tarbiyachi tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg’ulotlar olib boradilar. Mashg’ulotlar bolalarni har tomonlama rivojlantrishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Tarbiyachining yurish-turishi, kiyinishi, so’zlashi va barcha amalga oshiriladigan ishlari bolalar uchun istasa istamasa o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Shuning uchun avvalo, tarbiyachining o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari Anton Semenovich Makarenkoning “Tarbiyaviy ta’sirning g’oyat qudratli ta’sir ko’rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo’lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo’lsa, buning uchun u tarbiyadan, o’z bolaligidan qarzdordir” – degan so’zlari orqali hozirgi zamon tarbiyachisiga qo’yiladigan vazifalarning nihoyatda murakkabligiga e’tibor berishimiz lozim. Xulosa: Ota-onalar va tarbiyachilar oldida bolani nafaqat maktabga, balki katta hayotga tayyorlashdek muhim vazifa turar ekan, ular bu vazifalarnga ma’suliyatli holda yondoshishlari lozim. Zero “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida”. Tarbiyachi tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg’ulotlar olib borilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bolaning aqliy rivojlanishining asosiy sharti – bu uning faol faoliyati. A.N. Leontiev rivojlanish psixologiyasiga etakchi faoliyat tushunchasini kiritdi. U ta’kidlaganidek, “... bolaning aqliy rivojlanishini tavsiflovchi asosiy jarayon – bu odamlarning oldingi avlodlari yutuqlarini o’zlashtirish yoki o’zlashtirishning o’ziga xos jarayoni. ...Bu jarayon bola faoliyatida insoniyatning ana shu yutuqlari mujassamlangan tevarak-atrofdagi olam narsa va hodisalariga nisbatan amalga oshiriladi. Bolaning faol motivatsion faoliyatida uning shaxsiyati shakllanadi. Bundan tashqari, bu shakllanish, birinchi navbatda, ontogenezning ushbu bosqichida etakchi bo’lgan, bolaning shaxsiyatining psixologik xususiyatlarida (muloqot, o’yin, o’rganish, mehnat) aqliy jarayonlarda asosiy o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan faoliyat ta’sirida sodir bo’ladi.
|
| |