MTT da huquqiy tarbiya.Bolalar huquqlarini himoya qilish Konvensiyasining mazmuni va vazifalari




Download 81,03 Kb.
bet8/28
Sana03.06.2024
Hajmi81,03 Kb.
#259531
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta (1)

5. MTT da huquqiy tarbiya.Bolalar huquqlarini himoya qilish Konvensiyasining mazmuni va vazifalari.
Reja:
1.MTT da huquqiy tarbiya.
2. Bolalar huquqlarini himoya qilish Konvensiyasining mazmuni va vazifalari.
Maktabgacha ta'lim muassasalarining asosiy vazifasi tarbiyalanuv-chilarda huquqqa doir sodda tushunchalarni tarkib toptirishdir. Ana shu maqsadda mashg'ulotlar jarayonida "Konstitutsiya saboqlari"ni amalga oshirish yo'lga qo'yilgan. Ma'lumki, Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo'lib, har bir mamlakatning qiyofasjva nufuzini belgilaydi. Shu xususiyatdan kelib chiqib aytish mumkinki, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham mamlakatimizni dunyoga tanitgan, xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida faol harakat qilishiga huquqiy zamin yaratgan muhim huquqiy hujjatdir. Konstitutsiya to' g' risida so' z aytilganda uni nafaqat xalqaro munosabatlarda davlatning pasporti sifatidagi roli, balki ichki islohotlar jarayonidagi asosiy huquqiy manba ekanligini alohida e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. Konstitutsiyamizning har bir moddasini o'qib kuzatar ekanmiz, unda, eng awalo, inson huquqlari va erkinliklari masalasiga, ulaming amalga oshishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilganligining guvohi bo'lamiz. Uning milliy qonunchiligimizning o'ziga xos yutug' sifatida ko'pgina xorijiy mutaxassislar tomonidan bot-bot e'tirof etilganligi fikrimizning tasdig'idir. Bosh Qonunimizning qabul qilinishi O'zbekiston xalqining tarixida tub burilish yasadi, yangi demokratik huquqiy davlat qurish asosini yaratdi. Bunda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalardan biri mamlakatda yashovchi har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini to'la kafolatlashdir.
"Konstitutsiya saboqlari"ni o'rgatishning asosiy maqsadi esa ana shu kafolatlar asosida bolalarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari mazmunini yosh xususiyatlari bilan bog'liqlikda anglab olishlariga erishishdir.
2.Bolalarga g’amxo’rlik qilish va ularni himoya qilishda oila va ota-onaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam ko’rsatish borasidagi majburiyati ham Konventsiyada munosib e’tirof etilgan.Bolalarni kamsitmaslik – Konventsiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sog’lig’ining ahvoli ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qat`i nazar, biron-bir kamsitishlarsiz o’z huquqlaridan foydalanishlari lozim.Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Tadbirlar dasturiga asosan 20 noyabr` kuni mamlakatimiz ta’lim muassasalarida Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiya qabul qilinganining 30 yilligiga bag’ishlangan umummilliy dars o’tkazildi. Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya normalari yurtdoshlarimiz o'rtasida keng targ'ib qilinayotgani bejiz emas. Ayniqsa, bola huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar haqida joylardagi bolalar manfaatlari yo'lida ishlayotgan tegishli davlat va jamoat tuzilmalarini maqsadli, yalpi va tizimli xabardor qilishni kuchaytirishga alohida e'tibor qaratilayotgani juda muhim.Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, «Biz uchun jamiyatda begona bola yo'q va bo'lmasligi kerak. Hammasi o'zimizning, O'zbekistonimizning bolalari. Vaqtida mehr ko'rsatsak, ishga, ilmga, kasbu hunarga, ezgu fazilatlarga o'rgatsak, ularning yo'lini ochib bersak, ertaga foydasi o'zimizga, jamiyatimizga tegadi».Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquklari yigʻindisidan iborat. U bolalar oʻzining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sogʻligʻi va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega boʻlish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga kura, bola oʻzining kamol topishida oʻzi faol ishtirok etish, oʻz fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sogʻlom rivojlanish huquqiga, farzandlikqa olish bilan boglis huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda oila va otaonaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodi, millim, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sogʻligʻining ahvoli otaonasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qati nazar, bironbir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak.
Xulosa qiladigan boʻlsak, bola huquqlarini xalqaro-huquqiy va milliy-huquqiy normalar doirasida taʼminlashiga eʼtiborni yanada kuchaytirish lozim. Shuningdek, bola huquqlari haqidagi xalqaro-huquqiy va milliy-huquqiy normalar, prinsiplar va standartlarni jamiyat ijtimoiy ongiga, davlat organlari va jamoat tashkilotlarining vakillari ongiga singdirish, ularga rioya etish koʻnikmalarini shakllantirish zarurdir.Bola huquqlari inson huquqlarining xalqaro hamjamiyat diqqat markazida turgan muhim yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Xususan, BMT 1954 yilda 14 dekabrda butun dunyoda bolalar farovonligini ta’minlash hamda mazkur tashkilotning bolalar bo‘yicha faoliyatini kengaytirish va kuchaytirish maqsadida barcha mamlakatlarga 20 noyabrni – Butunjahon bolalar kuni sifatida keng nishonlashni tavsiya qildi.Bu xalqaro sana bola huquqlarini rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi. 1959 yilning aynan shu kunida BMT Bosh Assambleyasi Bola huquqlari deklaratsiyasini, 1989 yilda esa Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilgani bejiz emas.Bola huquqlari va manfaatlarini ta’minlash masalasi O‘zbekiston uchun doim ustuvor maqsadlardan biri bo‘lgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, 1992 yil 9 dekabrda inson huquqlari sohasidagi xalqaro konvensiyalarning ichida birinchi bo‘lib, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilgani buning yaqqol namunasidir.Konvensiya qoidalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga Konvensiyaning bajarilishi to‘g‘risida doimiy ravishda hisobotlar taqdim etib boradi. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston tomonidan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalari bajarilishi yuzasidan BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga 5 ta davriy ma’ruza taqdim etildi.2022 yil 29 avgust – 23 sentyabr kunlari BMT Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining 91-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sessiya davomida, ya’ni 31 avgust – 1 sentyabr kunlari Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalari bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Beshinchi davriy ma’ruzasi ko‘rib chiqildi.


Download 81,03 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Download 81,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MTT da huquqiy tarbiya.Bolalar huquqlarini himoya qilish Konvensiyasining mazmuni va vazifalari

Download 81,03 Kb.