Mavzu:Aqliy tarbiya.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida aqliy tarbiya berishning ahamiyati




Download 81,03 Kb.
bet17/28
Sana03.06.2024
Hajmi81,03 Kb.
#259531
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta (1)

14.Mavzu:Aqliy tarbiya.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida aqliy tarbiya berishning ahamiyati.
Reja:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi.
2.Aqliy tarbiya berishning bola ruhida ahamiyati.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo’lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o’quv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida [rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o’zlashtirib olish, ularni jamg’arish, ijodiy tafakkurni rivojiantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo’lgan bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari hisoblanadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi.Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha ta’lim yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatadi. Bularning hammasi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.Maktabgacha ta’im yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to’g’risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo’lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bolmagan tomonlarini ajrata oladigan ba’zi bir sabab natijali bog’lanishlarni bilib oladigan bo’lib qoladilar. Ularda o’quv faoliyatining dastlabki ko’rsatkichlari shakllanadi. Shuning uchun bog’cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega.
.Maktabgacha ta’lim yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta’limi bo’ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun ko’rgazmali-harakatli, ko’rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so’z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, voqealarni, chuqur anglab olish, ularni muhim bo’lgan va muhim bo’lmagan tomonlarini ajratishga o’rgatish lozim.Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashga, hamma narsani ushlab his qilib, diqqat bilan tomosha qilishni ktizatishda namoyon bo’ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bolgan savollarga o’z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil javob qidirishga yo’llab, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo’l qo’ymaydi. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.Bolalar bog’chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida namoyon bo’ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik – fahm-farosatlilik, tanqidiy ko’z bilan qarash, sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo’lmagan belgilarni ajratib ko’rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko’nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo’lib, bolaning bilimlarini muvaffaqiyatli egallab olishga yordam beradi.
2.Aqliy tarbiya vazifalari bolani maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy malaka va ko’nikmalarini egallab olishlari ularni maktabda muvaffaqqiyatli o’qishlari uchun bo’lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo’lib xizmat qiladi.Odamning aqliy faoliyati – bu umumiy ham maxsus aqliy harakatlar xilma-xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko’pgina vazifalarni hal etishda qo’llaniladigan keng kolamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa, muhimdir. Bunday harakatlarga tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi.Ham umumiy, ham maxsus aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning rivojlanishini ta’minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va jo’shqinligini, hodisalarni xilma-xil aloqalar va munosabatlarda ko’ra bilishni shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati» tushunchasiga aqliy faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi, vazifani qabul qilish va o’rtaga qo’yish, uni hal etish usullarini tanlash, ishlab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish natijalarini baholash mahorati kiradi.Aqliy mehnat madaniyati aqliy faoliyatning maxsus malakalari va ko’nikmalarini, kitob bilan ishlash ko’nikmalarini egallash darajasi, ilmiy bilish usullari va metodlarini, turli yordamchi vositalardan foydalanish bilan ham bog’liqdir. Aqliy tarbiya vazifalaridan har biri maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo’lgan bir qancha vazifalarni o’z ichiga oladi. Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qay darajada rivojlanganligini bolaning aqliy ko’rsatkichining yuqoriligida ko’rish mumkin.Demak, bilish jarayonida esa bolaning ongi, his-tuyg’ulari shakllanadi. Eng muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning, yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo’lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bo’ladi.Maktabgacha yoshdagi bolalarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O’rta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg’otish, aqliy malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql his-tuyg’ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo’lgan jarayonlar yig’indisidir.


Download 81,03 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Download 81,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu:Aqliy tarbiya.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida aqliy tarbiya berishning ahamiyati

Download 81,03 Kb.