Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti




Download 57.17 Kb.
bet1/8
Sana24.04.2024
Hajmi57.17 Kb.
#206445
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O8
Zamanagoy basqariwdiń funkcional shólkemlestiriwshilik duzlisi, Komilova “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar., 8-sinf ingliz tili, 5-SINF ona tili, AKTlardan 2021 yil uchun testlar, 1. amaliy is, 1-ai, Kompyuterli taqdimotlarni yaratishga mo‘ljallangan amaliy dastur-fayllar.org, Abdualiyev Farruxbek axborot xavfsizligi ...,,,,,,,, Expert tizimlari, Davlat tili fanini o\'qitishda yangicha talab va imkoniyatlar, 2- Axborot jamiyat haqida tushuncha, MIKROPROTSESSOR VA ASSEMBLER TILI 3-MUSTAQIL ISH ABDUSALOMOVA YULDUZ, ROHILA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI
“BOSHLANG‘ICH TALIM METODIKASI” KAFEDRASI BOSHLANG‘ICH TA’LIM SIRTQI YO‘NALISHI 4-KURS 205-GURUH TALABASI RO’ZMETOVA MUNISA NING “MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: Boshlang`ich 3- sinflarda matеmatikadan matnli masalalar yechishga o`rgatish o`quvchilar kreativ fikrlashlarini shakllantiruvchi omil sifatida.
Topshirdi: RO’ZMETOVA MUNISA
Qabulqildi:QURAMMUROTOVA OZODA

REJA:
KIRISH.


I BOB Boshlang’ich sinf o’quvchilariga masala yechishga o’rgatishning nazariy asoslari

1.1.Boshlang’ich sinf matematika darslarida matnli


masalalar

1.2.Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari …..


II BOB Boshlang`ich 3- sinflarda matеmatikadan matnli masalalar yechishga o`rgatish o`quvchilar kreativ fikrlashlarini shakllantiruvchi omil sifatida


2.1. masalalar va ularning turlari

2.2. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganish kreativ fikrlash omili sifatida


XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish
Mavzuning dolzarbligi – Ta’limni tubdan isloh qilishning ajralmas va muhim qismi hisoblangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, amaliyotga joriy qilinishi mumkin bo’lgan yo’l-yo’riqlar yangicha usullar orqali mutaxassislar tomonidan ma’lum tizim asosida o’rgatilishi lozim. Jahon ta’limi tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy qilishi bilan chambarchas bog’liqdir.


Birinchi Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda “Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir” mavzusida qilgan ma’ruzasida jumladan shunday fikrlarni o’qish mumkin:
“Bu yo’lda bizning eng katta tayanch va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yosh avlodimizdir.
Bu – O’zbekistonda tashkil etilgan dunyo miqyosida katta qiziqish va havas uyg’otayotgan mutlaqo yangi o’quv tizimida yuksak ta’lim-tarbiya olayotgan, eski asoratlardan, qarashlardan uzoq bo’lgan, zamonaviy kasb- hunarlarni o’zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan, ertangi kunga intilayotgan bizning farzandlarimizdir.
… Ishonchim komil, bunday yoshlarimizning safi qancha ko’paysa, qancha rivoj topsa, hech shubnasiz, marra bizniki, O’zbekistonnikidir”1
Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi o’zgarishlar ta’lim jarayoni tarkibiy qisimlarini yangicha tartibda namoyon bo’lishini taqozo etadi. An’anviy ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda.
Mazkur o’zgarishlarning bir qismi mavjud didaktik ta’limotlarning tarkibidan o’sib chiqqan bo’lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo bo’ladi. Shu o’rinda ta’limning zamonaviy interfaol metodlarining mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo’nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur.
Ta`lim jarayoni interfaol metodlar asosida tashkil etish bo’lajak mutaxassislarning O’zbekistoning ilg’or tajribalari, an’analari, madanyatini hisobga olgan holda har tomonlama shakllantirish imkonyatini beradi. Bu borada ta’lim tizmida, oquv jarayonida interfaol metodning umumiy asoslari tadqiq etilgan. Pedagogik olimlar O. Tolipov, SH. Abdullaeva, O. Haydarova kabilarning tadqiqot ishlari shular jumlasidandur. Ta’lim jarayoni ko’p bosqichli yaxlit tizimga ega bolib, uning har bir bosqichi ta’lim oluvchilarning yoshi va oziga xos xususiyati ta’lim–tarbya jarayonida intelektual qobiliyatiga bog’liqdir. O’quvchi o’quvchilikka qabul qilingandan boshlab har bir fanning ilmiy–nazariy asoslarni chuqur o’rganish bilan birga kasb tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Jamyatning intelektual salohiyotiga mos kelajak avlodni tarbyalash bugungi ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifa bo’lib, bu o’z navbatida ta’lim jarayonida mumtazam ravishda innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishni talab etadi. Innovatsion yondashuvlar - ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash demakdir. Mazkur BMI mavzusining dolzarbligi ham mana shunda.
Matematikani o’qitish umumiy sistemasida masalalar yechish samarali
mashq turlaridan biridir. Masalalar yechish bolalarda avvalo mukammal matematik tushunchalarni shaklllantirish ularning programmada berilgan nazariy bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulotda muhim ahamiyatga ega.
Masalan, agar biz qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni istasak,
buning uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini, bajarib yechishlari zarur.
Shunday qilib, masalalar konkret material bo’lib, ular yordamida bolalarda yangi bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinishi jarayonida mustahkamlab boradi. Masalalar bilimlarni shakllantirishda konkret material bo’lgani holda nazariyani amaliyot bilan, o’qitishni turmush bilan bog’lab olib borish imkonini beradi. Masalalar yechish bolalarda kundalik hayotda har bir kishi uchun zarur bo’lgan amaliy uquvlarni vujudga keltiradi.
Kurs ishi maqsadi: Boshlangich sinflarda matematikani o’qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni qo’llash usullarini ishlab chiqish, dastur materiallariga mos matnli masalalarni o’rganishning samarali usullarini aniqlash yangi pedagogok texnologiyalardan foydalanib masala yechishni amalga oshirish yo’llarini izlashdan iborat.
Kurs ishi vazifalari:
1.Boshlang’ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar asosida matematika
darslarini tashkil etishning mavjud holatini o’rganish .
2.Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tashkil
etishning ob’yektiv va sub’yektiv omillarni aniqlash .
3.Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini zamonaviy texnologiyalar
asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarni belgilash.
4.Boshlang’ich sinf matematika darslarini ta’limning zamonaziy interfaol metodlari asosida tashkil etishda maxsus metodlarni tajriba -sinovdan o’tkazish va uning samaradorligini aniqlash.
Kurs ishi qo’yilgan asosiy masalalar:
1. 3-sinfda matnli masalalarni yechish usullarini tahlil qilish.
2. Matnli masalalar mazmunini tahlil qilish.
3. Ilg’or boshlang’ich sinf o’qituvchilarining tajribalarini o’rganish.
4. 3-sinfda matnli masala ustida ishlash bo’yicha pedagogic tajriba o’tkazish, natijalarini metodik tavsiya sifatida bayon qilish.
Kurs ishi asosiy ilmiy – uslubiy yangiligi:
3-sinfda matnli masalalarni o’rganish, nazariy, uslubiy izlanishlar olib borildi.
-muammoni yechimlarini o’rganishni takomillashtirish bo’yicha alohida metodik ishlanma ishlab chiqildi.
Kurs ishining metodlari:
Kurs ishi muammosiga oid pedagogik- psixologik va metodik adabiyotlar
mazmunini o’rganish, nazariy jihatdan tahlil qilish, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash holatini o’rganish, pedagogik kuzatuv, suhbat, pedagogik tajriba va h.k.
Kurs ishining tuzilishi:
Kurs ishi Kirish, 2 ta bob, har bir bobda 3 paragraf, Xulosa
va Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



Download 57.17 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 57.17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti

Download 57.17 Kb.