Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlari»




Download 5,12 Mb.
bet22/63
Sana15.01.2024
Hajmi5,12 Mb.
#138204
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Bog'liq
Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimla

Elektr tokining issiqlik ta’siri.

Elektr zanjirlaridagi qarshilik tabiati jihatidan mexanikadagi ishqalanishga o’xshab ketadi, chunki o’tkazgichda elektr tokini hosil qiluvchi erkin elektronlarning ilgarilanma harakati elektronlarning o’tkazgich ichida atomlar yoki molekulalar bilan qo’shimcha to’qnashishiga sabab bo’ladi. To’qnashishlar (ishqalanishlar) natijasida mexanik energiya issiqlik energiyasiga aylanib (bunda ishqalanish kuchini engish uchun ma’lum bir ish bajariladi), o’tkazgich (sim) qiziydi. Om qonuniga binoan ekanligini hisobga olsak, tok I ning R qarshilikli zanjir qismida bajarilgan ishi quyidagini tashkil etadi:
(1.14).

    1. formula Joul-Lents qonunini analitik ifodasidir.

Elektr tokining issiqlik ta’siri elektr yoritish elektr payvandlash, elektr metallurgiya, elektr qizitish, shuningdek, avtomatik nazorat asboblari foydali hisoblanadi. Ammo elektr dvigatellarda, transformatorlarda va manba bilan iste’molchini birlashtiruvchi uzatish simlarida bu issiqlik zararlidir. Chunki bunda elektr energiyasining bir qismi issiqlik energiyasi tarzida isrof bo’ladi. Shuning uchun elektr simlarining ko’ndalang kesimini uning qizish darajasidan kelib chiqib tanlash muhim ahamiyatga ega.
O’tkazgichdan elektr toki o’tishi natijasida hosil bo’lgan issiqlik o’tkazgichini qizitib, atrof-muhitga tarqaladi. Elektr toki ajratib chiqargan issiqlik miqdori tashqi muhitga tarqalayotgan issiqlik miqdoriga teng bo’lganda, o’tkazgichda issiqlik muvozanati yuzaga keladi. Shu o’tkazgichda turg’un temperatura yuzaga keladi. Bu temperatura berilgan o’tkazgich (sim) uchun chegaraviy qizish temperaturasi hisoblanadi. Chegaraviy qizish temperaturasi o’tganda o’tkazgichning temperaturasi tashqi muhit temperaturasidan yuqori bo’ladi. Simlarning ortiqcha qizishi ularning izolyatsiyasiga putur etkazishi, ochiq simning mexanik xususiyatlarini susaytirib yuborishi mumkin. Qizigan izolyatsiya sovuq izolyatsiyaga qaraganda tezroq eskirib, elektr mashinalari va apparatlarining xizmat muddatini keskin qisqartiradi. Elektr simlarning ortiqcha qizib ketmasligi uchun ma’lum ko’ndalang kesimga ega bo’lgan o’tkazgichdan o’tadigan uzoq vaqtli turg’un yuklama tokining miqdorini aniqlash kerak bo’ladi.
Amaliy hisoblashlarda turli ko’ndalang kesimga ega bo’lgan elektr simlar chegaraviy yuklama toklarining qiymatlari ko’rsatilgan tayyor jadvallardan foydalaniladi.




  1. Download 5,12 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Download 5,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlari»

Download 5,12 Mb.