|
Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlari»
|
bet | 20/63 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 5,12 Mb. | | #138204 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlaKirxgorfning ikkinchi qonuni (kuchlanishlar qonuni) berk elektr zanjirining qismlaridan EYuK va kuchlanishlarning qanday taqsimlanganligini aniqlashga yordam beradi. Binobarin, berk konturdagi barcha EYuK larning algebraik yig’indisi shu konturning barcha qismlaridagi kuchlanishlar pasayishining algebraik yig’indisiga teng:
(1.9)
Kirxgorfning ikkinchi qonuniga binoan. 1.7-rasmda ko’rsatilgan elektr zanjirida EYuK ning shartli musbat yo’nalishi bo’yicha (ya’ni, soat milining harakat yo’nalishi bo’yicha) zanjirning elektr muvozanat tenglamasi:
(1.10)
Zanjirdagi har qanday nuqtaning potentsiali mazkur nuqtaning zanjirdagi holati bilan aniqlanadi. Umumiy holda deb yozish mumkin.
2. Manba va istemolchi qismlaridagi kuchlanishlar.
(1.5) ifodani ko’rinishda qayta yozib quyidagi xulosaga kelish mumkin.: har qanday manba EYuK ining bir qismi uning ichki qarshiligi r0 ga sarflanadi. Shunga ko’ra manba qismlaridagi kuchlanish uning EYuK idagi doimo miqdorga kichik bo’ladi. U holda 1.4-rasmdagi manbaning ag qismalaridagi kuchlanish bo’ladi.
Manbaning ichki qarshiligi qancha kichik bo’lsa, u ishlab chiqarayotgan elektr energiyasining quvvati shunchalik katta bo’ladi. Ichki qarshiligi bo’lgan EYuK manbalari shartli ravishda quvvati cheksiz generatorlar deyiladi. Bunga o’ta katta quvvatli (GES. GRES, AES va b) elektr stantsiyalarining generatorlari kiradi. Agar manba qismlaridan tashqi zanjir ajratib qo’yilsa, Iq0 bo’ladi. U holda ya’ni tashqi zanjir ajratib qo’yilganda manbaning kuchlanishi uning EYuK iga teng bo’ladi.
Manba bilan iste’molchini birlashtiruvchi liniya simi ham ma’lum qarshilikka ega bo’lgani sababli kuchlanishning bir qismi uzatish liniyasiga sarflanadi, ya’ni Uzatish simining (liniyaning) uzunligi ortgan sari kuchlanishning pasayishi ham orta boradi. Bunda iste’molchining bv qismilaridagi kuchlanish manba qisimlaridagi kuchlanishdan doimo ga farq qiladi, ya’ni Shuningdek, iste’molchining tok iste’moli, ya’ni yuklama orta borgan sari uzatish liniyasiga kuchlanishning pasayuvi orta borib, iste’molchi qismlaridagi kuchlanish yanada pasaya boradi.
|
| |