|
Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlari»
|
bet | 24/63 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 5,12 Mb. | | #138204 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlaNazorat savollari
1. Om qonunini ta’riflang va uning qo’llanishiga oid misollar
keltiring.
2. Kirxgof qonunlarini ta’riflang va ular asosida ixtiyoriy
aralash zanjir uchun tenglamalar tuzing.
3. Elektr zanjiri iste’molchilaridagi kuchlanishlar haqida tushuncha bering.
4. Ekvivalent qarshilik nima va u umumiy holda qanday aniqlanadi?
5. O’zgarmas tok zanjiridagi ulash usullarini tushuntiring ?
2-MAVZU
ELEKTR ZANJIR TOPOLOGIYASI.
MURAKKAB ELEKTR ZANJIRLARINI HISOBLASh
2.1. Ma’ruzada o’qitish texnologiyasi.
2.2. O’qitish texnologiyasining modeli
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 50-60 tagacha
|
Mashg’ulot shakli
|
Ma’ruza-muloqot
|
Mashg’ulot rejasi
|
1. Oddiy va murakkab elektr zanjirlari haqida tushuncha.
2. Elektr zanjir elementlarini ketma-ket, parallel va aralash ulash.
Elektr zanjirini ekvivalent qarshiligini aniqlash.
3. Murakkab elektr zanjirlarida tugun, tarmoq (shaxobcha) hamda kontur tushunchalari.
4. Murakkab elektr zanjirlarini xisoblashda Kirxgof qonunlarini qo’llash usuli. Tuziladigan tenglamalar sonini aniqlash.
5. Murakkab elektr zanjirlarini hisoblashda kontur toklar usuli. Mustaqil kontur toklarini yo’nalishi ni aniqlash. Elektr zanjir elementlardan o’tayotgan toklarni haqiqiy qiymatini kontur toklari orqali aniqlash.
6. Tugun pottentsiallar, ustma-ustlash (superpozitsiya), ekvivalent generator usullari to’g’risida umumiy tushunchalar berish.
|
Mashg’ulot maqsadi: Oddiy va murakkab elektr zanjirlari to’g’risidagi tushunchalar bilan tanishtirish. Mustaqil kontur toki tushunchasini shakllantirish. Kirxgofni ikkinchi qonuni bo’yicha tenglamalarni tuzish va ularni aniqlovchi usulida echib haqiqiy toklar qiymatini topishni o’rgatish.
|
O’qituvchi vazifalari:
1. Elektr zanjirlarini oddiy va murakkab zanjirlarni hisoblashni o’rgatish.
2. Oddiy elektr zanjirlarni hisoblashni o’rgatish.
3. Murakkab elektr zanjirlarini hisoblashda qo’llaniladigan usullar bilan tanishtirish.
4. Kirxgof qonunlarini qo’llashda tuziladigan tenglamalar sonini aniqlashni o’rgatish.
5. Tugun, tarmoq va kontur tushunchalari bilan tanishtirish.
6. Kontur toklar usuli bo’yicha tenglamalar tuzishni va ularni echishni o’rgatish.
7. Elektr zanjir elementidan o’tadigan haqiqiy toklarni qiymatlari va yo’nalishlarni aniqlashni o’rgatish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
Talaba bilishi kerak:
1. Oddiy va murakkab elektr zanjiri tushunchalariga ega bo’ladiva ularni izohlay oladi.
- Elektr zanjiridagi tugun, tarmoq kontur tushunchalari bilan tanishadi.
- Elektr zanjirini hisoblashda Kirxgof qonunlari bo’yicha tenglamalar tuzishni va ularni sonini aniqlashni o’rganadi.
- Kontur toklar usuli bo’yicha tenglamalar tuzishni va noma’lum kontur toklarni aniqlashni o’rganadi.
- Elektr zanjiri elementlaridan o’tayotgan toklarni haqiqiy qiymatini aniqlashni o’rganadi.
|
O’qitish usullari
|
Ko’rgazmali, ma’lumotli, interfaol ma’ruza, jamoada ishlash.
|
O’qitish shakllari
|
Ommaviy, guruhda ishlash.
|
O’qitish vositalari
|
O’quv qo’llanma, tarqatma materiallar, proektor, doska, grafik organayzerlar.
|
O’qitish sharoiti
|
Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lgan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki nazorat: savol-javob
Yozma nazorat: test olish.
|
|
| |