Sinusoidal o’zgaruvchan funktsiyani xarakterlovchi kattaliklar




Download 5,12 Mb.
bet34/63
Sana15.01.2024
Hajmi5,12 Mb.
#138204
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63
Bog'liq
Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimla

Sinusoidal o’zgaruvchan funktsiyani xarakterlovchi kattaliklar

Sinusoidal qonun bo’yicha o’zgaruvchi funktsiyaning amplitudasi, davri (yoki chastotasi) va fazasi mazkur funktsiyani xarakterlovchi kattaliklar hisoblanadi. Sinusoidal o’zgaruvchan funktsiyaning amplituda qiymati deb, uning musbat va manfiy yarim davrlarda erishgan eng katta qiymatlariga aytiladi. EYuK, kuchlanish va tokning amplituda qiymatlari (2.3), (2.4), (2.5) ifodalarda tegishlicha bilan belgilangan. 2.4-rasmdagi grafikda EYuK ning amplituda qiymati bilan belgilangan.


2.2-rasm, a dagi generatorning o’ramida induktsiyalangan EYuK ning to’liq bir marta o’zgarishi uchun ketgan vaqt T uning davri deyiladi. Davrga teskari bo’lgan kattalik tokning chastotasi deyiladi. Chastota gertsda o’lchanadi
Elektrotexnikada o’zgaruvchan tokning standart chastotasi sifatida Hamdo’stlik va Evropa mamlakatlarida 50 Gts, AQSh va hamda Osiyo va Afrikadagi ayrim mamlakatlarda 60 Gts qabul qilingan. Elektrotexnik qurilmalar uchun asosiy chastota sifatida 50  60 Gts ishlatilishi quyidagilarga bog’liq. Chastotaning 5060 Gts dan kichik qiymatlarida elektr mashinalar va transformatorlarning tannarxi ortadi. Shuningdek, elektr lampochkalar yorug’ligining lipillashi ko’zga sezilarli bo’lib qoladi. Chastotani 50 Gts dan birmuncha orttirish elektr mashinalarda energiya isrofining ortishiga sabab bo’lib, hosil bo’ladigan o’zinduktsiya EYuK va elektr sig’imi hodisalari o’zgaruvchan tok qurilmalarining ishiga salbiy ta’sir qiladi.
50 Gts chastotali o’zgaruvchan tokni hosil qilish (yoki sinusoidal o’zgaruvchan EYuK hosil qilish) uchun 2.2-rasm, a dagi ikki qutbli o’zgaruvchan tok generatorining rotorini
(2.6)
tezlik bilan aylantirish kerak.
Bu erda: 60-sekunddan minutga o’tish koeffitsienti; r-rotor magnit maydonining juft qutblari soni.
Rotor bug’ turbinalari yordamida katta tezlik bilan aylanadigan turbogeneratorlarning magnit qutblari bir juftli bo’ladi. Rotorining aylanish tezligi nisbatan kichik bo’lgan gidravlik turbinalarda esa ko’p qutbli generatorlardan foydalaniladi.
Sinusoidal o’zgaruvchan funktsiyani xarakterlovchi kattaliklardan yana biri uning fazasidir.
Faza – biron tq0 vaqtda stator chulg’amlari o’ramlarining rotorning magnit kuch chiziqlariga nisbatan holati-dir. Shuning uchun ana shu tq0 paytda chulg’amlarda induktsiya-langan EYuK ning qiymatini bilish ahamiyatga ega. U holda 2.2-rasm, b dagi rotorning holatiga mos o’ramda induktsiyalangan EYuK
(2.7)
formula bilan ifodalanadi. Unga mos grafik esa 2.5-rasmda ko’rsatilgan.
burchak faza burchagi yoki faza deyiladi. boshlang’ich faza hisoblanadi. Umuman, faza vaqt o’tishi bilan sinusoidal o’zgaruvchan funktsiyaning qiymatini xarakterlaydi.
2.7-ifodadagi sinusoidal o’zgaruvchan funktsiyaning burchak sinusoidal o’zgaruvchan funktsiyaning bir sekundda necha radian o’zgarishini ko’rsatadi. Masalan, bo’lganda


radG’s (2.8)
Grafikda boshlang’ich faza burchagi ning qiymati sinusoidalning koordinata boshidagi holati bilan aniqlanadi. Sinusoidal o’zgaruvchan funktsiyaning nol qiymatlardan musbat qiymatlarga o’tish nuqtasi davrning boshlanish lahzasi hisoblanadi. Musbat boshlang’ich faza koordinata boshidan chap tomonga, manfiysi o’ng tomonga qo’yiladi. Masalan, turli boshlang’ich fazaga ega bo’lgan ikkita sinusoidal o’zgaruvchan funktsiya va
2.6-rasmda ko’rsatilgan ikki sinusoidal o’zgaruvchan kattalik e1 va e2 ning boshlang’ich fazalari orasidagi burchak ga faza siljish burchagi deyiladi. Amalda tok bilan kuchlanish orasidagi faza siljish burchagi ko’p roq ishlatiladi.

  1. Download 5,12 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63




Download 5,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinusoidal o’zgaruvchan funktsiyani xarakterlovchi kattaliklar

Download 5,12 Mb.