|
Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlari»
|
bet | 36/63 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 5,12 Mb. | | #138204 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlaNazorat savollari
1. O’zgaruvchan tok nima?
2. Chastotaga ta’rif bering?
3. Sinusoidal tokni maksimal, effektiv va o’rtacha qiymatlari haqida ma’lumot bering.
4. Sinusoidal o’zgaruvchan EYuK qanday hosil qilinadi?
5-MAVZU
O’ZGARUVCHAN TOK ELEKTR ZANJIR ELEMENTLARI AKTIV QARSHILIK, INDUKTIV G’ALTAK VA KONDENSATORLARNI KETMA-KET ULASH
4.1. Ma’ruzada o’qitish texnologiyasi.
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 50-60 tagacha
|
Mashg’ulot shakli
|
Mavzuiy vizual ma’ruza
|
Mashg’ulot rejasi
|
1. Sinusoidal tok zanjirida aktiv qarshilik. Tok va kuchlanishlarni vektor diogrammasi. Aktiv qarshilikda quvvatini o’zgarishi va quvvat ifodasi.
2. Sinusoidal tok zanjirida induktivlik. Tok, kuchlanishlarni vektor diogrammasi. Induktiv (reaktiv) qarshilik tushunchasi. Induktiv elementda quvvatni o’zgarishi grafigi.
3. Sinusoidal tok zanjirida sig’im (kondensator) elementi. Tok va kuchlanishlarni vektor diogrammasi. Sig’im (reaktiv) qarshilik tushunchasi. Sig’im elementida quvvatni o’zgarish grafigi.
4. Aktiv, induktiv va sig’im elementlarni ketma-ket ulash. Om qonuni ifodasini yozish. Elektr zanjirini to’la qarshilik tushunchasi. Quvvatlar xamda qarshiliklar uchburchagi. Elektr zanjirini quvvat koeffitsienti.
5. Elektr zanjiri quvvat koeffitsientini oshirish, reaktiv quvvatni kompensatsiyalash.
|
Mashg’ulot maqsadi: O’zgaruvchan tok elektr zanjirining aktiv va reaktiv elementlari bilan tanishtirish. Elekir zanjiri uchun Om qonuni ifodasini yozishni o’rgatish. Aktiv hamda reaktiv quvvat va ularni o’lchov birliklari bilan tanishtirish.
|
O’qituvchi vazifalari:
1. Sinusoidal tok elektr zanjirlarida aktiv, reaktiv qarshilik, aktiv va reaktiv quvvat tushunchalari bilan tanishtirish.
2. Qarshiliklar uchburchagi, quvvatlar uchburchagi tushunchalari bilan tanishtirish.
3. O’zgaruvchan tok elektr zanjirida quvvat koeffitsienti va uni ahamiyati haqida tassavur xosil qilish.
4. Quvvat koeffitsientini oshirish usullari bilan tanishtirish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
Talaba bilishi kerak:
- O’zgaruvchan tok elektr zanjiri uchun Om va Kirxigof qonunlarini yozishni o’rganadi.
- Aktiv, induktiv va sig’im qarshilik tushunchalariga ega bo’ladi. Aktiv va reaktiv quvvatlar haqida tassavurga ega bo’ladi.
- O’zgaruvchan tok elektr zanjirida quvvat koeffitsienti tushunchasiga ega bo’ladi. Uni xisoblash va oshirish yo’llarini o’rganadi.
|
O’qitish usullari
|
Ko’rgazmali, ma’lumotli, interfaol ma’ruza, jamoada ishlash.
|
O’qitish shakllari
|
Ommaviy, guruhda ishlash.
|
O’qitish vositalari
|
O’quv qo’llanma, tarqatma materiallar, proektor, doska, grafik organayzerlar.
|
O’qitish sharoiti
|
Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lgan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki nazorat: savol-javob
Yozma nazorat: test olish.
|
|
| |