4.2. Ma’ruzaning texnologik xaritasi
Bosqich, vaqt
|
O’qituvchi faoliyati
|
Talaba faoliyati
|
1.Kirish, 5 minut
|
1.1. O’quv mashg’ulotining mavzu rejasi hamda kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.
|
Eshitiladi va yozib oladilar.
|
3. Asosiy material, 65 min.
|
2.1. Talabalarni darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor savol javob o’tkazadi.
1. O’zgaruvchan tok nima?
2. Chastotaga ta’rif bering?
3. Sinusoidal tokni maksimal, effektiv va o’rtacha qiymatlari haqida ma’lumot bering.
2.2. O’qituvchi vizual materialdan foydalangan xolda ma’ruza o’qishni davom ettiradi. Aktiv, induktiv sig’im elementlari haqida qisqacha ma’lumot beradi. Aktiv, induktiv va sig’im qarshiliklari va ularni o’lchov birliklari haqida ma’lumot beradi.
2.3. Aktiv, induktiv va sig’im elementlarini ketma-ket sinusoidal tok zanjiriga ulash, tok va kuchlanishlarni vektor diagrammasini qurish. Ushbu elektr zanjiri uchun Om qonuni ifodasi. Aktiv va reaktiv quvvatlar va quvvat koeffitsenti haqida tushunchalar.
|
Talabalar javob beradi
O’ylaydi va javob beradi
O’ylaydi va javob beradi
O’ylaydi va javob beradi
Talabalar eshitadi va yozib oladi
Talabalar eshitadi va yozib oladi
|
4. Yakunlash, 10 min.
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi, talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratiladi. Faol talabalarni rag’batlantiriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa:
1. Elementlari ketma-ket ulangan elektr zanjirida manba chastotasi o’zgarganda elektr zanjir qarshiligini hisoblash, vektor diagrammasini qurish;
2. Aktiv, reaktiv to’la quvvatlarini hisoblash. Quvvat koefftsientini hisoblash.
|
Talabalar eshitadi va yozib oladi
Eshitadi va aniqlashtiriladi
Eshitadi va aniqlashtiriladi
|
REJA:
Aktiv qarshilik haqida tushuncha
Induktiv g’altak haqida tushuncha
Kondensator haqida tushuncha
4. Aktiv va reaktiv qarshiliklari o’zaro ketma-ket ulangan zanjir
Umumiy tushunchalar. Barcha elektrotexnik qurilmalar ma’lum darajada qarshilik induktivlik va sig’im ga ega. Bular o’zgaruvchan tok zanjirining parametrlari hisoblanib, zanjirdagi o’zgaruvchan tokning miqdoriga va boshlang’ich fazasiga doimo ta’sir ko’rsatadi. Umuman olganda, o’zgaruvchan tok zanjirining elektr sxemasi ana shu elementlardan turlicha kombinatsiyada tashkil topgan bo’ladi.
Elektr manbaidan iste’mol qilinayotgan energiya issiqlik energiyasiga aylanadigan zanjir elementi aktiv element, uning qarshiligi aktiv qarshilik (R), undagi quvvat esa aktiv quvvat (R) deyiladi. Zanjirning induktivlik va sig’im elementlarida esa iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi davriy ravishda goh magnit, goh elektr maydonlari energiyasiga aylanib, so’ngra elektr energiyasining manbaiga qaytadi. Manba bilan iste’molchi orasida energiya almashinish jarayoni sodir bo’lgani uchun mazkur elementlar reaktiv elementlar, ularning qarshiligi reaktiv qarshiliklar (induktiv-XL, sig’imi-XC), ulardagi quvvatlar esa reaktiv quvvatlar (induktiv-QL, sig’imi-QC) deyiladi.
R, L, O parametrlarning har biri o’zgaruvchan tok zanjiriga yakka holda qanday ta’sir etishini ko’rib chiqamiz.
1. Aktiv qarshilik ulangan o’zgaruvchan tok zanjiri.
Elektr zanjirida aktiv qarshilik. Aktiv qarshilikli elektr zanjiri (4.8-rasm, a) bo‘ylab i=Im sin t, (I=0) tok o‘tayotgan bo‘lsa, Om qonuniga binoan kuchlanish
u= iR=RIm sin t, yoki u=Um sin t, (4.12)
bu erda Um=RIm .
Vektor diagrammasida tok va kuchlanishning komplekslari berilgan. =0 bo‘lgani uchun va ga teng bo‘ladi (4.8-rasm, b).
4.8-rasm, v da tok, kuchlanish va quvvat oniy qiymatlarining grafigi berilgan.
. (4.13)
4.8 – rasm.
|