|
Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlari»
|
bet | 40/63 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 5,12 Mb. | | #138204 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlaNazorat savollari
1. Elementlari ketma-ket ulangan elektr zanjirida manba chastotasi o’zgarganda elektr zanjir qarshiligi qanday hisoblanadi? .
2. Om qonuni va Kirxgofning qonunlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlariga qo’l lanishdagi xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Yuklamaning quyidagicha ulangan hollari uchun tok va kuchlanishning vektor diagrammasini qanday qurish mumkin?
a) ikkita rezistor ketma-ket ulanganda;
b) rezistor va g’altak ketma-ket ulanganda;
v) rezistor va kondensator ketma-ket ulanganda;
g) rezistor, g’altak va kondensator ketma-ket ulanganda;
3. Nima uchun g’altakdagi kuchlanish UF va UL, shuningdek kondensatordagi kuchlanish Uk va Uc o’zaro teng emas?
4. Zanjirning aktiv, induktiv, sig’im va to’la qarshiliklari qanday aniqlanadi?
5. G’altakning induktivligi L va kondensatorning sig’imi S qanday aniqlanadi?
6. Butun zanjirning va zanjir ayrim qismlarining kuvvat koeffitsientlari cos qanday aniqlanadi?
5 –mavzu (davomi)
AKTIV VA REAKTIV QARSHILIKLARI O’ZARO
PARALLEL ULANGAN ZANJIR
5.1. Ma’ruzada o’qitish texnologiyasi
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 50-60 tagacha
|
Mashg’ulot shakli
|
Ma’ruza-muloqot
|
Mashg’ulot rejasi
|
1. Sinusoidal tok zanjirida aktiv qarshilik, induktivlik va sig’im elementlarini parallel ulash. Elektr zanjiri uchun Kirxgofni birinchi qonuni bo’yicha tenglama tuzish.
2. Kuchlanish va toklarni vektor diagrammasini qurish.
3. Aktiv, induktiv va sig’im o’tkazuvchanlikni hisoblash.
4. Zanjirni ekvivalent o’tkazuvchanliklarini hisoblab topish.
5. O’tkazuvchanlik uchburchagini qurish va uni hisoblash.
|
Mashg’ulot maqsadi: Elektor zanjir elementlari parallel ulangan xol uchun Om va Kirxgof qonunlari bo’yicha tenglamalar tuzish. Aktiv quvvat, reaktiv quvvat tushunchalari bilan tanishish.
|
O’qituvchi vazifalari:
1. Sinusoidal tok elektr zanjirlarida aktiv o’tkazuvchanlik, reaktiv o’tkazuvchanlik, va to’la o’tkazuvchanlik tushunchalari bilan tanishtirish.
2. O’tkazuvchanlik uchburchagi, quvvatlar uchburchagi tuzishni o’rgatish.
3. Elektr zanjirida quvvat koeffitsienti va uni oshirishni o’rgatish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
Talaba bilishi kerak:
- O’zgaruvchan tok elektr zanjiri uchun Om va Kirxgof qonunlarini yozishni o’rganadi.
- Aktiv, induktiv va sig’im qarshilik tushunchalariga ega bo’ladi. Aktiv va reaktiv quvvatlar haqida tassavurga ega bo’ladi.
- O’zgaruvchan tok elektr zanjirida quvvat koeffitsienti tushunchasiga ega bo’ladi. Uni xisoblash va oshirish yo’llarini o’rganadi.
|
O’qitish usullari
|
Ko’rgazmali, ma’lumotli, interfaol ma’ruza, jamoada ishlash.
|
O’qitish shakllari
|
Ommaviy, guruhda ishlash.
|
O’qitish vositalari
|
O’quv qo’llanma, tarqatma materiallar, proektor, doska, grafik organayzerlar.
|
O’qitish sharoiti
|
Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lgan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki nazorat: savol-javob
Yozma nazorat: test olish.
|
|
| |