Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan




Download 284,33 Kb.
bet28/45
Sana29.05.2024
Hajmi284,33 Kb.
#256838
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Bog'liq
Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100--fayllar.org

- Syujetli-obrazli o‘yinchoqlar syujetli-rolli o‘yin uchun foydalaniladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, muloyimlik, Qamxo‘rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o‘ynay olish malakalarini tarbiyalaydi.

- Texnika o‘yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo‘lgan qiziqish uyg‘otib, ularni o‘z o‘yinlarida qo‘llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko‘rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o‘yinchoqlar yaqin turadi.

- Qurish-yasash o‘yinchoqlari sodda, boshqarish va foydalanish jihatdan qulay va osondir. Bu o‘yinchoqlarni o‘ynash buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim. (avtomobilda Qildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlarning asosiy 2 tipi mavjud:
a) kublar, prizmalar, konuslar, piramida, selindrlar, plastinkalar, geometrik shakllar to‘plami.
b) turli blok - devor, froniton, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura va qurilish materiallari. Mayda (stol o‘yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada) o‘ynashga mo‘ljallangan bu qurilish materiallarining rangi har xil bo‘lishi mumkin.

- Didaktik o‘yinchoqlarning asosini xalq o‘yinchoqlari tashkil qiladi. Ular o‘ynashda bola o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o‘yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat.
Harakatli o‘yinlarga mo‘ljallangan o‘yinchoqlar: suv, qum bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, koptoklar, arQamchilar, chambaraklar, kegli va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.


- Musiqali va teatrlashtirilgan o‘yinchoqlar bolalarning musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar.

-O‘yinchoq-ovutmachoqlar harakatchan, ko‘pincha ovoz chiqaradigan bo‘ladi. Ular bolalarni o‘zlarining ajoyib xatti-harakatlari bilan quvontiradilar, syujetlari esa vaqtichoQlik baQishlaydi.

- Qo‘lbola o‘yinchoqlarni kattalar bolalar bilan birgalikda tayyorlaydilar va turli ertak, hikoyalarni sahnalashtiradilar.
O‘yinchoqlarni materialiga ko‘ra: hunarmandchilik, qo‘lbola usulida, fabrikada tayyorlanadi.
Taniqli pedagog A.S.Makarenko o‘yinchoqlarning 3 turini ajratib ko‘rsatgan edi: tayyor o‘yinchoqlar, yarim tayyor o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari. Birinchi turi bolalarni buyumlar va narsalarning rang-barangligi bilan tanishtiradi, tasavvurini o‘stiradi. Ikkinchi turi boladan faol faoliyatni talab qiladi, mantiqan va aqlan o‘sishga yordam beradi. Uchinchi turi bevosita bolaning ijodiy faoliyatini ta’minlaydi.
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDAO‘YINLAR TEXNOLOGIYASI

O‘yin texnologiyasining nazariy asoslari.


Bugungi kunda ta’lim tizimiga, jumladan maktabgacha ta’lim tizimiga ham yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar kirib kelmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini amaliyotchi tarbiyachi va o‘qituvchilarga etkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
“Texnologiya” yunoncha so‘z bo‘lib, “techne” – “mahorat”, “san’at” va “logos” – “tushuncha”, “o‘rganish” demakdir. Texnologiya so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilmlar yiQindisi, shuningdek, ob’ektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlari tushuniladi.
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni oldindan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta’lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning samaradorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi.
O‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
O‘ar qanday o‘yin muayyan vazifalarni bajaradi:

  • maftunkorlik;


  • kommunikativlik;


  • o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;


  • tashxis;


  • o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot;


  • ijtimoiylashuvlik.


S.A. SHmakovning ta’kidlashicha, o‘yinlar quyidagi to‘rtta asosiy xususiyatga ega:


- erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o‘yinni o‘zi tanlaydi, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o‘yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
- ijodiy xarakter, ya’ni o‘yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
- emotsional ta’sir – bola o‘yinda markaziy o‘rin egallashni xoxlaydi, Qolib bo‘lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
- asosiy va qo‘shimcha qoidalar o‘yin mazmuni, uni mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
O‘yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi.O‘yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi.
Nazariy jihatdan o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qarash mumkin.
O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub’ekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi.
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:

  • o‘ynash uchun olingan rollar;


  • bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;


  • haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;


  • o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;


  • o‘yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mazmun).


O‘ar qanday texnologiyada, jumladan, o‘yin texnologiyalarida ham, o‘quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o‘rgatmoqchi bo‘lganligini bilishi kerak. Bitta mashg‘ulotda bitta maqsad qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.


O‘yin texnologiyalari (ayniqsa, bog‘cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkuri rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o‘yin jarayonida yakuniy natija ko‘ra muhimroq bo‘ladi.

Maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik o‘yinlarning shakllari va amalga oshirish metodlari. Pedagogik ijrochilik o‘yinlarini bola uch yoshdan boshlab o‘zlashtira boshlaydi. SHu yoshga kelib bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o‘zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi.


Maktabgacha yoshda bolalar o‘yin faoliyatini o‘zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyorlana boshlaydilar. Maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llaniladigan pedagogik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Bolalar kayfiyatini ko‘taruvchi.
2. hamkorlikka chorlovchi.
3. Bolalarni o‘zligini namoyon etishga chorlovchi.
4. Bolalarda o‘ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual muommolarni yo‘qotishga qaratilgan.
5. Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi (diagnostika).
6. Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
7. Millatlararo baQrikenglikni shakllantiruvchi.
8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o‘yinlar.


Pedagogik o‘yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik o‘yinlar.

Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta’lim-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, mahsulotli, ijodiy, psixotexnik o‘yinlar.

O‘yinlar metodlariga qarab: predmetli, syujetli, badiiy rolli, hodisalarni tasavvur etuvchi va dramalashtiruvchi o‘yinlar.

Predmetlar asosidagi o‘yinlar: matematik, biologik, ekologik, musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkorlik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o‘yinlar.O‘yin vositalari bo‘yicha: o‘yin vositalari (koptok, piramida, kub va boshq.) bilan amalga oshiriladigan o‘yinlar va o‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada o‘ynaladigan o‘yinlar, kompyuter va televizor o‘yinlari, o‘yinning texnik vositalari harakatlanuvchi va statsionar namunalar vositasidagi o‘yinlar.
Maktabgacha ta’limda yoshi kattalarning to‘plagan tajribasini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o‘yinlar ta’lim metodi sifatida namoyon bo‘ladi.O‘yin metodlariga qarab maktabgacha ta’lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, syujetli-ishchan, dramalashtirilgan o‘yinlardan keng foydalaniladi.
Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlarni o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, Qishtchalar, kvadratlar, plastilin, karton qog‘ozlar, konstruktor–mexanik majmualarida turli ornament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash maqsadida ularni osondan qiyinga tomon, aniq vaqt oralig‘ida sifatli bajarilishini ta’minlash darkor.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol ыyinlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o‘yinlar jarayonida bola passiv ob’ektdan faol sub’ektga aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o‘yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat.
Interfaol o‘yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to‘g‘ri bayon etishga, boshqalarni tinglashga o‘rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o‘yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zarur bo‘lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o‘yinlarni samarali o‘tkazish uchun quyidagi qoidalarga e’tibor berish lozim:
1. Mashg‘ulot oldidan bolalar o‘yin qoidalari va mazmunini qay darajada tushunganliklarini aniqlash.
2. Bolalarni yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini hisobga olish.
3. O‘ar bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish.
4. O‘yin jarayonida bolalarga qiziq bo‘lgan materiallardan foydalanish.
5. Diqqat va e’tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.
6. Bolalarga rollarni to‘g‘ri taqsimlash.
7. O‘yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish.
8. O‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo‘lish va natijalarini prognoz qilish.
Pedagogik nuqtai nazardan to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin bolaning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga uni bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg‘otadi. SHuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.
O‘yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismidir.O‘yin texnologiyasi an’anaviy ta’limdagi o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy asoslardan foydalanish maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mustaqil ish


Jadvalni to‘ldiring
Qaysi o‘yinlar bolalarni mehr, shafqat va sadoqatga o‘rgatadi? Nomlarini yozing.

1.



2.



3.



4.



5.



6.



7.



8.



9.



10.




Nazorat uchun savollar
1. O‘yin faoliyatiga ta’rif bering.
2. O‘yin turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.
3. Bolalar o‘yinchoqlariga qo‘yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
4. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yin texnologiyasining maqsad va vazifalari nimadan iborat?
5. Interfaol o‘yinlarning o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat?

Download 284,33 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Download 284,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan

Download 284,33 Kb.