• Kalit s o‘zlar
  • Uzatish kanallari, ularning dolzarbligi




    Download 20.62 Kb.
    Sana21.04.2024
    Hajmi20.62 Kb.
    #203686
    Bog'liq
    maxliyo
    14-ma`ruza. Prognoz usullari va ularning turlari Reja, Mexanika Amaliy mashg`ulot (Uslubiy qo`llanma), Avazov Zaxriddin Oybek o\'g\'li, K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is, IT jobs and Duties

    Uzatish kanallari, ularning dolzarbligi
    Tashboyeva Mahliyo Shuxrat qizi.
    Toshkent gidrometeorologiya texnikumi maxsusfan o’qituvchisi


    Annotatsiya; Ushbu maqolada Uzatish kanali yoki telekommunikatsiya kanali telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari texnikasining asosiy tushunchalari hisoblanadi.
    Kalit so‘zlar: Uzatish, kanal, telekommunikatsiya, Uzatish kanali, axborot, Analog kanallar, Telefon kanalining barqarorligi,
    Kirish: Telekommunikatsiya tarmoqlarining oxirgi yoki oralщ punktlari o‘rtasida telekommunikatsiya signallarini ma’lum chastotalar polosasida yoki ma’lum uzatish tezligi bilan uzatishni ta’minlovchi texnik vositalar va ularning tarqalish muhiti majmuasini uzatish kanali deyiladi.
    Uzatish kanali (bundan keyin qisqacha «kanallar» deb olinadi) quyidagilargatasniflanadi.
    Telekommunikatsiya signallarini uzatish usullariga ko‘ra, analog va raqamli kanal turlari mavjud. Analog kanallar o‘z navbatida signalning takdim etiluvchi (axborot) parametrining o‘zgarishiga qarab, uzluksiz va diskret turlarga bo‘linadi («Elektr aloqaning birlamchi signallari»ga q.). Raqamli kanallar impulskodli modulyasiya (IKM) dan foydalaniladigan kanallarga, differensial IKM dan foydalaniladigan kanallarga va deltamodulyasiyaga asoslangan kanallarga bo‘linadi; kanallarning bir tarmogida signallarni uzatishning analog usullaridan, boshqa tarmogida esa raqamli usullaridan foydalaniladigan kanallarni aralash uzatish kanallari deyiladi; telekommunikatsiyasignallari uzatiladigan o‘tkazish polosasining kengligiga va kanallar parametrlarining belgilangan me’yorlarga mosligiga qarab, tovush chastotali analog namunaviy kanallarga, birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va turtlamchi keng polosali analog namunaviy kanallarga; tovushli eshittirish signallarini, televideniening tasvir va tovushni uzatib boruvchi signallarini uzatishning analog namunaviy kanallariga bo‘linadi; uzatish tezligiga va kanallar parametrlarining belgilangan me’yorlarga mosligiga qarab, asosiy raqamli kanalga; birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, turtlamchi va beshlamchi raqamlp kanallarga bo‘linadi; telekommunikatsiya signallari tarqalayotgan muhitnish tarqalish turiga ko‘ra, kabelli va ba’zi hollarda, havo aloqg liniyalari orqali tashkil qilingan simli kanallarga va radio, radioreleyli va yo‘ldosh aloqa liniyalari orqali tashkil qilingan radioaloqa kanallariga bo‘linadi.
    Elektr alokaning birlamchi signallarini ma’lumotn’ birlamchi signalga o‘zgartiruvchi o‘zgartirgich yoki birlamchi signalni ma’lumotga o‘zgartiruvchi o‘zgartirgichdan uzatishni ta’minlovchi texnik vositalar va ularning tarsalish muhit majmuasini telekommunikatsiya kanali deyiladi.\
    Yuqorida aytilgan tasniflardan tashqari, telekommunikatsiya kanallari quyidagilarga bo‘linadi: uzatilayotgan birlamchi signallar (ma’lumotlar)ning turiga kura: telefon kanallari, tovushli eshittirish kanallari, televizion kanallar, telegraf kanallari va ma’lumotlarni uzatish kanallariga bo‘linadi; Ikki abonent (odam-odam, odam-mashina, mashina-mashina) boglanishidagi dialogni ta’minlash uchun uzatish kanali ikki tomonlama ishlashi yoki ikki tomonlama kanal bo‘lishi kerak.
    Ikki tomonlama kanallarni tashkil qilish. Ikki abonent (odam-odam, odam-mashina, mashina-mashina) boglanishidagi dialogni ta’minlash uchun uzatish kanali ikki tomonlama ishlashi yoki ikki tomonlama kanal bo‘lishi kerak.
    Yuqorida ko‘rib o‘tilgan namunaviy kanallar bir tomonlama hisoblanadi, demak, ikki tomonlama - dupleks boglanishni tashkil qilish uchun, ikkita bir tomonlama namunaviy-simpleks kanallardan foydalanish kerak. Bunda bir tomonlama kanallarning o‘zaro mustaqilligini saqlagan holda, ular ikki tomonlama yagona tizimga birlashtiriladi. Telefon aloqa o‘zaro boglanishning eng ommaviy turi bo‘lganligi uchun, ikki tomonlama telefon kanallarini tashkil qilish prinsiplarini kurib chiqaylik. Bundan kelib chiqadigan o‘zaro boglanishlar va xulosalar ma’lumotlarning boshqa turlarini uzatishning ikki tomonlama kanallarini tashkil qilish uchun o‘rinli bo‘ladi.
    Ikki tomonlama kanalning barqarorligi, Ikki tomonlama kanallar qurilayotganda shubhasiz ber elektr tizimlar hosil bo‘ladi. Ular qarama-qarshi uzati1 yo‘nalishlari o‘rtasidagi oxirgi so‘nish kattaligiga ega diffe rensial tizimlar yoki yo‘naltiruvchi filtrlar asosida ishlay digan ajratuvchi kurilmalar (AQ) dan foydalanish tufayli hosi bo‘ladi.
    Telefon kanalining barqarorligi, Telefon kanali differensial tizimlar (odatda, transfo] matorli) yordamida birlashtirilgan qarama-qarshi uzati] yunalishlaridagi ikkita telefon chastotali kanaldan ibora Hozirgi vaqgda telefon kanallari asosan turt simli bir polosal yoki ikki simli ikki polosali (elektr jihatdan turt siml* tizimlardan tashkil qilinadi. Telefon kanallarida teskar aloqaning befoyda toklari oxirgi diftizimlarning etarl darajada balanslashmaganligi natijasida hosil bo‘ladi.
    Teskari aloqada vujudga keladigan buzilishlar, Uzatish yo‘nalishlari o‘rtasida. hosil bo‘ladigan chekli qiymatli o‘tuvchi so‘nishga ega ikki tomonlama kanallar tashkil qilinayotganda ajratuvchi kurilmalar (AQ) ning mavjudligi (haggo barqarorlik shartlariga rioya qilinganda ham) teskari boglanish (TB) ning befoyda toklarining hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu holda uzatishning xohlagan yo‘nalishlaridagi kuchaytirgichni teskari boglanishli kuchaytirgich sifatida qarash mumkin, bu erda quyidagi belgilashlar qabul qilingan:

    Adabiyotlar


    1. Gitlits M.V., Lev A.YU. Teoreticheskie osnovы mnogokanalnoy svyazi: Ucheb. posobie dlya vuzov. - M.: Radio i svyaz, 1985.-248 s.
    2. Durnev V.G., Zenevich A.F., Krug B.I. i dr. Elektrosvyaz: Vvedenie v spetsialnost. - M.: Radio i svyaz, 1988. - 240 s.
    3. Sifrovыe i analogovыe sistemы peredachi. Ucheb. dlya vuzov / V.I. Ivanov, V.N. Gordienko, G.N. Popov i dr.- M.: Radio i svyaz, 1995.
    4. Mnogokanalnыe sistemы peredachi: Ucheb. dlya vuzov. N.N. Baeva, V.N. Gordienko, S.A. Kuritsыn i dr.; pod red. N.N. Baevoy i V.N. Gordienko. - M.: Radio i svyaz, 1997.
    5. Telekommunikatsionnыe sistemы i seti. Ucheb. posobie T. 1 / B.I. Kruk, V.N. Popantonopulo, V. P. SHuvalov - Izd. 2-e, ispr. i dop. - Novosibirsk: Sib. Predpriyatie «Nauka» RAN, 1998.
    6. Telekommunikatsionnыe sistemы i seti. T. 2. Ucheb. posobie /T.P. Katunin, G.V. Mamchev, V.N. Popantonopulo, V.P. SHuvalov. Novosibirsk: SERIS, 2000. - 624 s
    Download 20.62 Kb.




    Download 20.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uzatish kanallari, ularning dolzarbligi

    Download 20.62 Kb.