|
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish
|
bet | 2/4 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 369,5 Kb. | | #140098 |
Bog'liq Ismatova ZilolaYagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish
Yagona portal orqali foydalanuvchiga bir tomonlama va ikki tomonlama shakldagi interaktiv davlat xizmatlari, shuningdek davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan tranzaktsion xizmatlar ko'rsatiladi.
Interaktiv davlat xizmatlari Yig'ma reestri (keyingi o'rinlarda Yig'ma reestr deb ataladi) 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yig'ma reestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.
Yagona portalni qo`llab-quvvatlash:
Ахbоrоt hаmrоhi vа tuzilmаviy mа’muriyatchilik – Kоmpyutеr va axborot tехnоlоgiyalаrini rivojlantirish vа joriy etish Mаrkаzi – UZINFOCOM
Me'yoriy hujjatlar bazasi:
"Elektron hukumat to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 378-son qarori
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 dekabrdagi "Internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 259-son qarori
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi “Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 181-son qarori
Elektron hukumatni rivojlantirish va joriy etish masalalari
Elektron hukumat - bu axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalangan holda davlat organlari va fuqarolar o`rtasidagi shaxsiy aloqadorlikni kamaytirish orqali fuqarolarga, biznesga, davlat hokimiyatining boshqa sohalariga hamda davlat xizmatchilariga mavjud ma'lumotlarni va davlat xizmatlarini onlayn tarzda yetkazib berish usulidir.
Elektron hukumat sohasi bo'yicha UZINFOCOM markazi quyidagi loyihalarni qo`llab quvvatlaydi:
GOV.UZ
Internet tarmog`idagi O`zbekiston Respublikasining Hukumat portali aholi, biznes vakillari va tashkilotlarga hukumat va davlat organlarining faoliyati bo`yicha ma’lumotlarga kirish imkoniyati sharoitlarini yaxshilash hamda aholi va davlat tashkilotlari o`rtasida o`zaro aloqadorlik samaradorligini ta'minlash maqsadida yaratilgan.
Hukumat portali foydalanuvchilar uchun “bir darcha” tamoyili asosida davlat axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlariga integrallashgan kirish imkoniyatini ta'minlaydi.
Portalda “Davlat-fuqaroga” (G2C), “Davlat-tadbirkorga” (G2B) va “Davlat-chet el fuqarosiga” (G2F) modullariga mansub bo`lgan 100dan ortiq axborot bo`lim va bloklar yaratilgan.
Mobil Internet foydalanuchilarini jalb etish maqsadida Hukumat portalining mobil versiyasi (m.gov.uz) ishlab chiqildi va ishga tushirildi. Ushu versiyada aholi uchun eng muhim va foydali ma'lumotlar jamlangan. Shuningdek, mamlakatimizda o`tayotgan voqealar to`g`risida aholiga operativ tarzda ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida Android, iOS va Windows Mobile platformalarida Hukumat portalining mobil ilovalari ishlab chiqildi.
O`zbekiston Respublikasining Hukumat portali davlat hokimiyati organlari faoliyatining funksional jarayon va tartibini qo`llab-quvvatlovchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining elektron hamjihatlik infratuzilmasi tizimini tashkil etuvchi qism hisoblanadi.
|
| |