|
Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2004 йил 15-июлдаги «Укитувчилар мехнатини рагбатлантиришга доир эксперимент утказиш ва халк таълими ходимлари мехнатига хак тулашнинг тармок стекасига утиш тугрисида»
|
bet | 4/4 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 369,5 Kb. | | #140098 |
Bog'liq Ismatova ZilolaMY.GOV.UZ
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari ko`rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 378-son Qarori ijrosi sifatida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, (Yagona portal), yaratildi va 2013 yil 1 iyulda Internet tarmog`ida ishga tushirildi.
Ushbu axborot resursining maqsadi – foydalanuvchilar, va birinchi navbatda, tadbirkorlik sub'eklari uchun davlat xizmatlari haqidagi ma'lumotlarni olish bo`yicha keng imkoniyatlarni yaratib berish hamda “bir darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini taqdim etishdan iborat.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xizmatlarni Internet tarmog`i orqali taqdim etishni o`zida mujassamlashtiradi, ya'ni, foydalanuvchi, respublikaning istalgan nuqtasidan va istalgan vaqtda, tanlagan interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega.
Kechagina, biz hukumat bilan o`z joyimizdan turmasdan turib muloqot qilishni tasavvur ham qila olmas edik, endilikda esa, Yagona portal, ya'ni, Internet tarmog`idagi sayt orqali, foydalanuvchi shikoyatlar, takliflar yoki boshqa murojaatlarini onlayn tarzda jo`natishi mumkin. Bundan tashqari, Yagona portal yordamida bir tomonlama va ikkitomonlama turdagi interaktiv davlat xizmatlari hamda davlat organlari tomonidan ko`rsatiladigan tranzaksion turdagi xizmatlarni olish imkoniyati mavjud.
Hozirgi kunda Yagona portal quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
davlat organlari va xizmatlari haqidagi ma'lumotlarni olish;
davlat xizmatlarini olish uchun lozim bo`lgan murojaat va boshqa hujjatlarni elektron shaklda to`ldirish;
davlat xizmatini ko`rsatish uchun murojaat yo`llash;
davlat xizmatini ko`rsatish uchun yo`llangan murojaatni ko`rib chiqish jarayoni haqidagi ma'lumotlarni olish;
davlat xizmatlari natijalarini olish;
tadbirkorlik sub'ektlarini ro`yxatdan o`tkazish va h.k.
UZINFOCOM markazi davlat organlarining ma’sul xodimlari uchun davlat boshqaruvida AKTni rivojlantirish va tadbiq etish masalalari hamda Yagona portalning quyidagi yo`nalishlari bo`yicha mutahassis maslahatlari berib keladi:
Davlat organlarining Yagona portal bilan o`zaro aloqadorligi, interaktiv xizmatlarni joriy etish hamda ularni Yagona portal bilan integratsiya qilish;
Davlat organlari tomonidan Yagona portalda taqdim etilayotgan xizmatlar haqidagi ma'lumotlarni kiritish hamda davlat organlari haqida umumiy foydalaniladigan va bog`lanish uchun ma'lumotlarni to`ldirish;
Davlat organlarini Hukumat portali (www.gov.uz) bilan o`zaro bog`liqligi, hamda Hukumat portalida joylashtirish uchun taqdim etiladigan ma'lumotlar borasidagi hamkorlik;
UZINFOCOM markazi loyihalarida Yagona identifikasiya tizimi ID.UZ orqali ro`yxatdan o`tish masalalari.
ID.UZ
ID.UZ – Yagona identifikatsiya tizimidan ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilarni ID.UZ tizimidagi login va parolari orqali OpenID texnologiyasini qo`llab-quvvqtlovchi turli xil saytlarda va axborot resurslarida identifikatsiya qilish imkonini beruvchi xizmatdir.
Sayt egalari (tashqi tizimlar) uchun ID.UZ bu:
Sizning foydalanuvchilaringiz ID.UZ tizimidagi akkaunti orqali avtorizatsiyadan o`tishini ta’minlash maqsadida, tizimga erkin holatda ulanish imkoniyati;
Foydalanuvchilarning ro`yxatini shakllantirish, ularni ro`yxatdan o`tishini tashkillashtirish, ma’lumotlarni qayta tiklash va ularning to`g`ri ekanligini tekshirish kabi jarayonlarga vaqt va mablag’lar sarflashning kerak emasligi;
Xavfsizlikka qo’yilgan turli talablarni inobatga olgan holda, foydalanuvchilarni turli usullar bilan autentifikatsiya qilish;
Ma’lumotlarning asl ko`rinishda bo`lishiga qo`yilgan turli talablarni inobatga olgan holda, foydalanuvchilarning turli maqomlarga ega ekanligi;
Foydalanuvchilarning yagona identifikatorining qo`llanishi, turli ma’lumot tizimlari o`rtasida o`zaro aloqani yaratish imkonini beradi.
Foydalanuvchilar uchun ID.UZ bu:
Siz ko’plab saytlardan ro`yxatdan o`tishingiz va turli login va parollarni eslab qolishingiz shart emas;
O`z to`g`ringizdagi ma’lumotlarni bitta tizimda o’zgartirishingiz bilan, bu ma’lumotlar barcha siz foydalanayotgan tizimlarda avtomat tarzda o`zgaradi;
Yuqori darajadagi xavfsizlik va ishonchlilik: turli usullar bilan ma’lumotlaringizni tiklash, ma’lumotlar to`g`ri ekanligini bir necha bosqich orqali tekshirish imkoniyati, shaxsiy ma’lumotlarning
yagona joyda xavfsiz holatda saqlanishi, harakatlar tarixini ko’rish va tahlil qilish imkoniyati;
Elektron Hukumat tizimlariga, jumladan Yagona interaktiv xizmatlar portaliga krirish imkoniyatini yaratadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2004 йил 15-июлдаги «Укитувчилар мехнатини рагбатлантиришга доир эксперимент утказиш ва халк таълими ходимлари мехнатига хак тулашнинг тармок стекасига утиш тугрисида»
|