• Tuzuvchilar
  • Mundarija
  • Узбекистон Республикси Согликни Саклаш Вазирлиги




    Download 12.91 Mb.
    bet1/11
    Sana03.04.2024
    Hajmi12.91 Mb.
    #186550
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Biofizika amaliy STOM
    7-mavzu, Hakimova, mushaklar-faoliyatini-energiya-bilan-ta-minlashda-ovqatlanishning-roli, mushaklar-faoliyatini-energiya-bilan-ta-minlashda-ovqatlanishning-roli, 1 My brother, The role of language contact and borrowing in shaping language structures, esse yozish.uz.en, Расчёт датчика давления, 7 (1), 2-Маъруза тақдимоти — dav., fizika tajriba



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI


    OSIYO XALQARO UNIVERSITETI





    Umumtexnika fanlar” kafedrasi


    60910100- Stomatologiya ta`lim yo`nalishi talabalari uchun


    Tibbiy va biologik fizika fanidan amaliy mashg’ulotlarini bajarish bo’yicha





    BUXORO – 2023
    Universitet uslubiy kengashining
    202 y. № bayoni
    bilan tasdiqlangan


    «Umumtexnika fanlar» kafedrasining
    202 y. № ___majlisida ko’rib chiqilgan.


    Tuzuvchilar:


    Boboqulova M.X OXU-,,Umumtexnika fanlar’’kafedrasi o`qituvchisi


    Taqrizchilar:


    Jo`raqulov S.Z. OXU-,,Umumtexnika fanlar’’kafedrasi o`qituvchisi


    S.X.Umarov – BuxDTI – Tibbiyotda innovatsion va axborot texnologiyalari, Biofizka kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor.


    Mundarija


    So`z boshi

    5

    Fizik parametrlarni o’lchashda yo’l qo’yiladigan xatoliklarni hisoblash nazriyasi. Fizik kattaliklarning birliklari.

    6

    Akustika. Tovushning fizik xususiyatlari. Eshitish sistemasining fizik xususiyatlari. Quloqning eshitish sezgirligini aniqlash.

    9

    Biologik suyuqliklarning qovushqoqligini aniqlash usullarini o‘rganish.Qovushoqoqlik koeffitsiyentini Stoks usulida aniqlashni o‘rganish

    12

    Tibbiyotda sirt taranglik koeffitsiyentinianiqlashning ahamiyati. Sirt taranglik koeffitsiyentini aniqlash usullarini o‘rganish.

    15

    Bioenergetika. Tеrmodinamika. Bioenergetika.Tеrmodinamika. Tirik sistеmalar tеrmodinamikasi.

    19

    Havoning namligi. Havo namligi ko‘rsatkichlarining organizmga ta’siri fizik asoslarini o‘rganish. Assman psixrometri yordamida havoning namligini aniqlashni o‘rganish.

    22

    Yorug‘likning xossalari.Linzalar va ularning turlari. Ko‘z kamchiliklarini bartaraf qilishda linzalardan foydalanish

    30

    Ilovalar

    39

    Foydalanilgan adabiyotlar

    47

    SO’Z BOSHI
    Yigirma birinchi asr fizika, kimyo, biologiya kabi turli fanlar uyg‘unlashuvi
    natijasida vujudga kelgan o‘ziga xos fanlarning tez rivojlanishi bilan
    xarakterlanadi. Bunday fanlardan biri biologik fizika yoki biofizikadir.
    Hayot materiya harakatining biologik shakli sifatida materiya harakatining
    fizikaviy va kimyoviy shakllarini o‘z ichiga oladi. Biofizika organizmdagi
    fizikaviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni molekulyar darajada o‘rganib, fiziologik
    jarayonlar mexanizmlarini ochib beradi va kuzatilayotgan biologik hodisalarning
    sabablarini tushuntirish imkonini beradi.
    Fiziologik jarayonlarning fizikaviy-kimyoviy asoslarini o‘rganish juda
    mashaqqatlidir. Organizmdagi fizikaviy va kimyoviy jarayonlar notirik tabiatdagi
    hech qaysi jarayonlarga o‘xshamaydi va o‘ziga xos sharoitlarda kechadi. SHuning
    uchun ular maxsus tadqiqotlarni talab etadigan qator qonuniyatlarga egadir.
    Biofizika mustaqil fan sifatida boshqa ko‘p fanlardan ajralib chiqqan. Bular
    fiziologiya, biologik kimyo, fizika va boshqalardir. Shuning uchun ko‘p hollarda
    bu fanlar va biofizika o‘rtasidagi chegaralar shartlidir. B.N. Tarusovning ta’rifiga
    ko‘ra biofizika-bu biologik sistemalar fizikaviy kimyosi va kimyoviy fizikasidir.
    Biofizikaning predmeti organizmdagi fizikaviy va fizik-kimyoviy jarayonlar
    bo‘lganligi sababli biofizikaviy tadiqotlarda asosan fizikaviy va fizik-kimyoviy
    usullar qo‘llanilib, ular biofizikaviy tadqiqotlar uchun moslashtiriladi.
    Tadqiqotlarning barcha usullari miqdoriy natijalarga erishishi lozim. Faqat
    shundagina tirik sistemaning fizikaviy ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarining miqdoriy
    bog‘lanishlarini topish mumkin. SHuning uchun biofizika tadqiqotlarning
    matematik usullari, fizik va matematik modellashtirish, shuningdek, turli texnik
    moslamalarni qo‘llaydi. Shunday qilib, biofizika biologiya va tibbiyotni aniq
    fanlar darajasiga ko‘taradi.
    Umumiy va amaliy biofizikaning Xalqaro assotsiatsiyasi qaroriga ko‘ra
    biofizika quyidagi bo‘limlarga ajratiladi: molekulyar biofizika, hujayra biofizikasi,
    his qilish organlari va murakkab sistemalar biofizikasiMolekulyar biofizika
    biologik molekulalar (asosan oqsillar va nuklein
    kislotalar)ning tuzilishi va fizikaviy xossalarini, shuningdek, biologik jarayonlar
    kinetikasi va termodinamikasini o‘rganadi.

    Download 12.91 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 12.91 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Узбекистон Республикси Согликни Саклаш Вазирлиги

    Download 12.91 Mb.