3.5. Kommutatsiya tizimi kanallari (CSS)
CSS GSM tarmog‘idagi ananaviy kommutatsiya tizimini (SS) o‘zini namoyon qiladi, u autentifikatsiya markazi (AVC), abonent qurilmalar ma’lumotlar bazasi (EIR), “uy” abonentlar ma’lumotlar bazasi (HLR), o‘zini xizmat ko‘rsatish xududida turgan abonentlar ma’lumotlar bazasi (VLR) va kommutatsiya markazi (MSC) kabi bog‘lanmalarni o‘z ichiga oladi.
GPRS ni amalga kiritishda MSC ning dasturiy ma’lumotini moderizatsiya qilish zarur, bunda kombinatsiyalangan jarayonlarni GSM/ GPRS bajarish imkonini beradi, masalan, MS ni kombinasion ulanish jarayoni IMSI/ GPRS amalga oshirish.
GPRS ni amalga kiritish shlyuzli kommutatsiya markaziga (GSMC) ta’sir ko‘rsatmaydi.
HLR hamma abonentlar ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, shu bilan birga GPRS xizmatlariga kiruvchi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olgan. Shunday qilib, HLRda kanallar kommutatsiya xizmati uchun ham, paketlar kommutatsiya xizmati uchun ham, ma’lumotlar saqlanadi. Bu axborotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: GPRS abonentga xizmatlardan foydalanishga ruxsat yoki taqiqlanish, ruxsat nuqtasining matnli ismi (Access Point Name - APN), hamda MS uchun biriktirilgan IP adress ajratilganligi haqida ko‘rsatmalar.
GPRS haqida axborot HLR da PDP (Paket Data Protocol) matn yozilma ko‘rinishda saqlanadi. HLR da bitta abonent uchun 5 PDP matn saqlanishi mumkin. HLR dagi saqlanayotgan axborotlardan foydalanish uchun ruxsat SGSN da amalga oshiriladi. Rouming paytida axborotga murojaat HLR ga amalga oshiriladi, u o‘zining SGSN bog‘lanmasi bilan bog‘lanmagan bo‘ladi.
HLR ni GPRS tarmog‘ida ishlashi uchun uning dasturiy ta’minotini modernizatsiya qilish lozim. AVC GPRS ishlayotganda hech qanday o‘zgartirish talab qilinmaydi. AVC ni GPRS tarmog‘idagi yangi xususiyat nuqtai nazaridan, shifrlash jarayonini SGSN ning o‘zi amalga oshirishi hisoblanadi.
SMS-IW-MSC GPRS funksiyalari bilan MS SMS larni GPRS radiokanallar orqali uzatish va qabul qilishga imkon beradi. SMS-IW-MSC GPRS ishga tushirilayotganda o‘zgartirilmaydi.
|