В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы внедрение gprs технологий в стандарте gsm




Download 1,02 Mb.
bet2/38
Sana21.03.2017
Hajmi1,02 Mb.
#794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
1. HARAKATDAGI SOTALI ALOQA TIZIMI
1.1 GSM standarti
GSM (Global System for Mobile communications) standarti zamonaviy raqamli tarmoqlardan biri sanaladi, u birinchi navbatda, ISDN va IN (Intelligent Network) bilan chambarchas bog‘liqdir. GSM asosiy funksional elementlari ishlab chiqiladigan sotali aloqa glabol tizimining UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) xalqaro standartga kirtiladi. 1990 yilda GSMning birinchi faza spesifikatsiyasi e’lon qilingan. 1991 yilning o‘rtalariga kelib, GSM ning tijorat xizmatlari qo‘llab -quvvatlandi, 1993 yilga kelib 22 ta mamlakatlarda 36 ta GSM tarmoqlari faoliyat yurita boshladi va 25 mamlakat GSM standartini tanladi yoki uni qabul qilish masalasini qo‘ydi. 1992 yil iyunida GSM standarti mobil aloqa raqamli sotali tizimi (MAST) uchun federal standarti sifatida Rossiyada qabul qilingan.

1996 yilning yanvaridan Moskvada va viloyatida GSM (900 MGs) standartining tijorat ekspluatatsiya tarmog‘i boshlandi. Moskvada GSM tarmog‘ining operatori bo‘lib «Mobilnie TeleSistemi» (MTS) kompaniyasi hisoblanadi. «MTS»ni tijorat ekspluatatsiya qilishning birinchi kunlarida Rossiyada birinchi marta o‘z tarmoqlarining GSM standartining MAST abonentlari bilan abonementlarning avtomatik roumingi Germaniyada, Shvesariyada, Finlandiyada va Angliyada ochildi. Boshqa hududdagi «MTS» GSM tarmoqlarining operatorlari bilan birgalikda Rossiyaning GSM federal tarmog‘ini yaratish va uni Yevropa, Osiyo, Avstraliya va afrika davlatlarini qamrab oluvchi sotali aloqaning global tarmog‘i bilan integratsiyalashni tashkil etdi.

GSM tarmog‘i ITU - T (Intemational Telecommunication Union - Telecommunications Standardization Sector) ta’riflariga muvofiq quyidagi: axborotni o‘tkazish bo‘yicha (bearer services); aloqani ko‘rsatish (teleservices); qo‘shimcha (supplementary services) xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin.

GSM standartida ma’lumotlarni uzatish raqamli tizimi hisoblanadi, raqamli oqim ko‘rinishida kodlanadi va uzatiladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni uzatishning turli xizmatlarini taqdim etadi. GSM abonentlari oddiy telefon tarmoqlarining ISDN abonentlari bilan, foydalana olishning turli metodlari va protokollaridan, masalan, X.25 yoki X.32 foydalanib paketlarni kommutatsiya qilish tarmoqlari va kanallarni kommutatsiya qilish aloqa tarmoqlari bilan axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin. Faksapparat uchun tegishli adapterdan foydalanganda amalga oshiriladigan faksimil xabarlarni uzatish mumkin. Analog tizimlarda bo‘lmagan GSM noyob imkoniyatlari bo‘lib ma’lumotlarni oraliq bilan saqlash rejimida uzatiladigan SMS (Short Message Service) (160 baytgacha) qisqa xabarlarni ikki yo‘nalishli uzatish hisoblanadi. SMS abonenti hisoblangan adresatga xabar uzatilishi, keyin olinganlgi to‘g‘risida tasdiq jo‘natuvchiga yuborilishi mumkin. Qisqa xabarlar keng eshittirish rejimida, masalan, hududda yo‘l harakati shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida abonentlarga xabar berish uchun, foydalanish mumkin. Qo‘shimcha imkoniyatlar ko‘rinishida amaldagi xususiyatlar axborotni o‘tkazish va aloqani taqdim etish bo‘yicha xizmatlarni bayon etadi (masalan, harakatdagi abonentga ulanish mumkin bo‘lmagan holatda chaqiruvni qayta yo‘naltirish). Chaqiruvni identifikatsiyalash, chaqiruvni navbatga qo‘yish, bir nechta abonentlar bilan bir vaqtda so‘zlashish va boshqalar kabi yangi imkoniyatlar yuzaga kelishi kutilmoqda.

862…960 MGs chastotalar diapazonida mobil aloqa chastota spektridan foydalanishga taalluqli bo‘lgan 1980 yil SERT tavsiyalariga muvofiq yer usti mobil aloqa raqamli umumevropa sotali tizim uchun GSM standarti ikkita chastotalar diapazonida 890…915 MGs (mobil stansiyalar uzatkichlari uchun –MS), 935…960 MGs (tayanch stansiyalar uzatkichlari uchun –BTS) uzatkichlarning ishlash ko‘zda tutiladi.

GSM standartida kanallarni vaqt bo‘yicha bo‘lish bilan tor polosali ko‘p stansion foydalana olishdan (NB-TDMA) foydalaniladi. Kadrning TDMA tuzilmasida 124 eltuvchidan har biridagi 8 vaqtli pozisiyalarni o‘z ichiga oladi.




Axborot xabarlarini uzatishda radio kanallardagi xatolardan muhofaza qilish uchun joyini o‘zgartirish bilan blokli va o‘rovli kodlash qo‘llaniladi. Mobil stansiyalar joyini o‘zgartirishning kichik tezligida samarali kodlash va joyini o‘zgartirishni oshirish sekundiga 217 sakrashlar tezligi bilan aloqa seansi jarayonida ishchi chastotalarni (SFH) sekin qayta ulanishiga erishiladi.

Shahar sharoitlaridagi radio to‘lqinni ko‘p nurli tarqatish bilan yuzaga kelgan qabul qilinadigan signalarning interferension so‘nish bilan kurashish uchun aloqa apparaturada 16 mks gacha kechikish vaqtining o‘rttacha kvadratik og‘ish bilan impulsli signallar to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan ekvalayzerlardan foydalaniladi.

Sinxronlash tizimi aloqaning maksimal uzoqligiga yoki yacheyka (sota)ning maksimal radiusiga 35 km mos keladigan signallarning 233 mks gacha kechikishi mutlaq vaqtini to‘ldirishga mo‘ljallangan.

GSM standartda minimal og‘ish bilan gaussov manipulyatsiya (GMSK); manipulyatsiya indeksi – 0,3 tanlangan. Nutqni qayta ishlash tanaffuslarda yoki so‘zlashuv oxirida nutqli signal mavjud bo‘lganda uzatkich yoqilishi va uzatkich o‘chirilishini ta’minlaydigan nutqni tanaffusli uzatishning (DTX) qabul qilingan tizimi doirasida amalga oshiriladi.

Nutqni o‘zgartiruvchi qurilma sifatida muntazam impulsli qo‘zg‘atish/uzoq vaqtli oldindan aytish va oldindan aytish bilan liniyali predikativ kodlash bilan nutqli kodek tanlangan (RPE/LTP – LPC – kodek). Nutqli signalni o‘zgartirishning umumiy tezligi – 13 kbit/s.

GSM standartida xabarlarni uzatish xavfsizligini yuqori bosqichiga erishildi; ochiq kalit bilan shifrlash (RSA) algoritmi bo‘yicha xabarlar shifrlanishi amalga oshirildi.




Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 1,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы внедрение gprs технологий в стандарте gsm

Download 1,02 Mb.