C = (D/R)2/3
Bundan tashqi yacheykalarning oltiburchak formasi MS uzatuvchining cheklangan quvvatli tizimda aylana hududining bo‘lingan chastotali kanallarini tizimlashtirish imkonini beradi.
Ikki o‘lchovli hududni qoplash sxemasini ko‘rganda u yacheykalarning bir uzun zanjir kabi chiziqli sxemadan farq qilishini ko‘ramiz. Chiziqli joylashuv radial yo‘nalish tizimi tuzilishida katta qiziqish uyg‘otadi, masalan; avtomagistral bo‘ylab, bunda chastotali kanalning kerak bo‘lgan minimal soni C = D/2R.
Ekspluatatsiya tajribalari va hisobotlari R ning pasayishi va HSAT da D/R munosabati qo‘yib yuborish qobilyatini va chastotali effektivlikni yuqori darajasiga yetishga imkon berishni ko‘rsatadi. Lekin, yacheyka radiusining haddan tashqari kichrayib ketishi abanentlar harakatlanganda yacheykalarning kesishuv sonining keskin oshib ketishiga olib keladi. Shu sababli qayta ishlanishga muhtoj malumotlar oqimi oshadi, bu kommutatsiya va boshqaruv tizimining qayta yuklash yoki tizimni rad etishga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari R ning kam qiymatida real joy sharoitida BS antennalarning aniq joylashuvidan og‘ish kabi hollar ham sodir bo‘ladi. Hisobotlar shuni ko‘rsatadiki R = 1,6 km da BS antennalarining siljishi geometrik markazga nisbatan radiusi ¼ qismi BS qabul qilgichi kirishida signallar halaqit nisbatini 10% ga pasayadi.
D/R miqdori berilgan o‘zaro halaqitlar darajasi bo‘yicha topiladi, D/R ning kam qiymatida halaqit bardosh qabul qilgichni yuqori darajada saqlashga yo‘naltirilgan mahsus choralar ko‘rilishi kerak.
Qabul qilgichning halaqitbardoshliligini oshirishning usullaridan biri bu – yo‘naltirilgan antennalardan foydalanishdir.
Kanallarni bo‘lishning yana bir usuli bu ikkilangan struktura metodidir. Bu usulning eng oddiy qoidasiga ko‘ra BS k, k +1, k +1C, sonlari mavjud bo‘lgan kanal to‘plami ajraladi. k – turli hil to‘plam ishlatadigan BS gruhidagi stansiyalarning raqamli yani k = 1,2 …S. Misol uchun 1=7 da 3 raqami bilan belgilangan yacheykalarda 3,10,17,24……va h.k. kanallar ishlatiladi.
Yo‘naltirilgan antennali tizimlarda belgilararo halaqitlarni yo‘qotish siljigan kanallarning mos keladigan fazaviy antenna mo‘ljali hisobidan effektiv bo‘ladi.
2.3. Rasm. AMPS sistemasidagi antennalar.
Chastotali rejalashtirishning boshqa usullari belgilararo halaqit darajasini taminlashning tahminan shu darajasini beradi.
Chastotali kanal bo‘linishning fiksirlangan usulidan tashqari kanallar ishlatishning effektivligini oshiradigan va ushbu yacheykaning hamma kanallari band bo‘lganda chaqiruv bloklashish ehtimolligini pasaytiradigan dinamik usul ham mavjud. Hamma kanallari band bo‘lgan BS da aloqa seans vaqtida qo‘shni yacheykalardan kanal hosil qilib beriladi. Kanallar taqsimlashning gibrit usulidan ham foydalanish mumkin. Bunday tizimlarda har bir BS fiksirlangan to‘plam kanallarini va dinamik bo‘lingan kanallar bazi bir sonlarni ajratadi. Bunday tizimda chaqiruv blokirovkalash ehtimolligi kanal yuklaamasi hamda tanlangan, fiksirlangan va dinamik kanallar soni o‘rtasidagi o‘zaro nisbatga bog‘liq.
Dinamik va gibrit bo‘linishning muhim qiymati bu – agar uning zichligi doimiy bo‘lmaganda bitta kanalda TLF yuklamasi tekislashish amalga oshirishga imkon beradi. Fiksirlangan taqsimlashda yacheyka radiusi kichkinalashadi va yuqori trafikli joylarda BS da kanallar sonini ko‘paytirish yo‘li bilan ham yacheyka radiuslarini kichiklashishiga erishish mumkin. Shu prinsipga asosan boshlang‘ich tizimning menyu berish oshirish yani dastlab bir nechta yirik yacheykalari BS kiritiladi, keyin sotali panjara tizimi maksimal o‘tqazish qobilyat rejimiga kiriladi.
HSAT loyihalashtirishning zaruriy qiymati nafaqat kanallar bo‘linishi va chastotali rejalash savollarini o‘rganishda balki shahardan tashqari hududlarda (O‘YuCh) tarqalishini o‘rganishdadir.
|