2.1. Harakatdagi sotali aloqa tizimlarining mavjud bo‘lgan standartlari
Birinchi avlod (1G) analogli HSAT tarmoqlarini klassifikatsiyasi keltirilgan 2.4-rasmda. Uning ichiga yerdagi va sun’iy yo‘ldosh orqali umumiy foydalanish harakatdagi aloqa tarmog‘i kiritilgan, ular yordamida tarmoq abonentlariga elektron aloqaning turli xizmatlari, umumiy foydalanish telefon tarmog‘idagi abonentlar bilan ham aloqa o‘rnatish imkoni ham beriladi. Abonentlar o‘z tarmoqlariga radio kanallari bo‘yicha ulanadilar, ular harakatdagi abonent stansiyalari (AS) bilan bazaviy stansiyalar (BS) orasidagi radio kanaldir. AS ni tarmoqqa ulanishi shunday tashkil qilingan. BS lar orasida radio liniyalar yoki kabel aloqa liniyalari yordamida transport tarmog‘i quriladi. Ulanish tarmog‘i bilan transport tarmog‘i birgalikda harakatdagi aloqa tarmog‘ini hosil qiladi.
Umumiy foydalanish telefon tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sir ierarxiyani ixtiyoriy maxalliy, hudud ichida va shaharlararo sathida tashkil qilish mumkin.
HSAT avlodlar bo‘yicha bo‘linadi. Birinchi avlod – bu analog standart tizimlari. Ikkinchi avlod – bu raqamli standart tizimlari va nihoyat IMT-2000 Hozirda HSAT ni uchinchi avlodi sifatida ko‘rilyapti. HSAT ning standartlar misoli 2.1-jadvalda keltirilgan.
2.4-rasm. Harakatdagi aloqa tarmoqlarining klassifikatsiyasi.
Hozirgi paytda ikkinchi avlod tizimlari keng tarqalgan va uchinchi avlod tizimlari rivojlanishining boshida turibmiz, birinchi avlod tizimlari esa asta-sekinlik bilan foydalanishdan chiqarib tashlandi.
2.1-jadval
|