Harakatdagi sotali aloqa tizimining analog standartlari




Download 1,02 Mb.
bet10/38
Sana21.03.2017
Hajmi1,02 Mb.
#794
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
2.2. Harakatdagi sotali aloqa tizimining analog standartlari
HSAT ni birinchilardan bo‘lib Skandinaviya mamlakatlari ishlab chiqdi va mamlakatlarga bog‘liq bo‘lmagan holda AS lari tizimining hamma bazaviy stansiyalari bilan to‘la moslashuvchan. Hamma harakatdagi abonentlar tizimga kiruvchi ihtiyoriy mamlakatlarda ishlash imkoniga ega.

NMT-450 standarti to‘rtta turdagi harakatdagi stansiya ishlatadi:

- oddiy harakatdagi stansiyalar;

- ustunlikka ega bo‘lgan harakatdagi stansiyalar;

- portativ harakatdagi stansiyalar;

- harakatdagi stansiya-taksofonlar.

Bu tizim yerdagi harakatdagi ob’ektlarga xizmat ko‘rsatish uchun ishlab chiqilgan, lekin ultra qisqa to‘lqinlar yetib borishi mumkin bo‘lgan hududdagi harakatdagi dengiz stansiyalariga ham xizmat ko‘rsatishi mumkin.

40 tadan oshiq davlatlar NMT-450 va NMT-900 standartlarini qabul qilishdi. Rossiya NMT-450 standartini federal standart sifatida qabul qildi. O‘zbekistonda birinchi operatorlardan birlari ham NMT-450 standartidan foydalanishgan.

HSAT ni NMT-450 va NMT-900 standartlarning qurilish prinsiplari deyarli bir xil. Ikkisi ham NMT-450 standarti spesifikatsiyasiga asoslangan. NMT-900 standartlarning takomillashish farqiga asosan uskunalar tarkibiga kichik o‘lchamli qo‘l stansiyalarining kiritilishi, hamda kengaytirilgan imkoniyatli boshqarish tizimi va aloqa xizmati ko‘payganligini kiritsa bo‘ladi. Lekin kichik o‘lchamli qo‘l stansiyalari NMT-450 standarti uchun ham ishlab chiqilgan.

NMT-900 standartining kodini tuzilishida NMT-450 standartidan farqi qo‘shimcha axborotlar, perfeks va liniya signallari qo‘shilgan. Bundan tashqari mobil kommutatsiya stansiyasi bilan BS orasidagi o‘zaro ta’siriga tegishli bo‘lgan spesifikatsiya qismi o‘zgartirilgan.

NMT-450 va NMT-900 standartlarning solishtirma xarakteristikalari 2.2-jadvalda keltirilgan.
2.2-jadval




Parametr va xarakteristikalar nomi

NMT-450

NMT-900

1

Chastot polosasi (MGs):

- dan uzatish uchun

- AS bilan qabul qilish uchun

420-490


453-457,5

463-467,5


890-960


890-915

935-960


2

Kanallarning chastota farqi, kGs

25(20)

25 (12,5 ko‘chikli)

3

qabul qili shva uzatish dupleks kanallarining chastotalar farqi, MGs

10


45


4

Kanallar soni

180 (225)

999 (1999-ko‘chikli)

5

Sota radiusi, km

15-40

2-20

6

Bazoviy stansiya uzatgichini quvvati, Vt

max 50

max 25

7

Abonent stansiya uzatgichini quvvati, Vt

15

1,5


0,15

6

1

0,1


Analog EMX-2500 sotali radiotelefon tizimi to‘la avtomatik ishlaydi. qo‘zg‘almas va harakatdagi aloqa tarmog‘ining apparat, hamda dasturiy ta’minot tashkil etuvchilaridan iborat.

Bazoviy stansiya 8 yoki 16 nutq kanallariga mo‘ljallangan. Yo‘naltirish diagramma burchagi 60, 120 va 360 bo‘lgan antennalar qo‘llaniladi. Sotadagi BS lar bir-biri bilan bazaviy stansiya kontrollerlari (BSK) va kommutatsiya markazi (KM) bilan bog‘lanadi. Har xil protokolli HSAT lar bilan aloqa EMX – 2500 asosida amalga oshirilishi mumkin.

AMPS (Advanced Mobile Phone) standartini qo‘llashga asoslangan. Bu standart asosan Shimoliy va Janubiy Amerikada, hamda Avstraliya, Yangi Zelandiya, osiyo va O‘rta sharqda ishlatiladi. Qo‘shimcha nutq aloqa kanallar sonini oshirishni ta’minlaydigan, polasasi kengaytirilgan E-AMPS standarti ham ishlatiladi.

TACS, E - TACS (Total Area Coverage System) – Yevropa, Osiyo, O‘rta Sharqda va Afrikada ishlatiladi.

J - TACS (Japanese TACS) – Yaponiyada ishlatiladi.

Har xil HSAT lar egallaydigan chastota polosalari bilan farqlanadi, shu sababli o‘z chastota kanallariga ega.


Download 1,02 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Download 1,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Harakatdagi sotali aloqa tizimining analog standartlari

Download 1,02 Mb.