3.7. GPRS ni yordam berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bog‘lanmasi (SGSN)
SGSN GPRS tarmog‘ida joylashgan (3.2-rasm). Bu bog‘lanma BSC, MSCNLR, SMS- G va HLR bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Bu bog‘lanma GGSN va boshqa SGSN lar bilan aloqalarini tashkil qilish uchun ma’lumotlar uzatishning ichki tarmog‘iga (back bone network) ulanadi.
3.2-rasm. SGSN interfeyslari
SGSN ning xizmat ko‘rsatish hududi chegarasida joylashgan hamma GPRS abonentlariga xizmat ko‘rsatadi. SGSN GPRS tarmog‘ida GSM tarmog‘idagi MSC bajaradigan funksiyaga o‘xshash vazifalarni bajaradi. Ya’ni bu bog‘lanma MS ni ulash, o‘chirish (uzish), joylashuv to‘g‘ridagi ma’lumotlarni yangilash va hakozo funksiyalarni boshqaradi. GPRS abonentlari ularni joylashuviga bog‘liq ravishda tarmoqdagi ixtiyoriy SGSN bog‘lanmasi bilan xizmat ko‘rsatilishi mumkin.
|