В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы внедрение gprs технологий в стандарте gsm




Download 1,02 Mb.
bet30/38
Sana21.03.2017
Hajmi1,02 Mb.
#794
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Mantiqiy kanallar - GSM tizimida mantiqiy kanallar 10 tadan ko‘p. Bu kanallar turli xil ko‘rinishdagi axborotlar uzatish uchun qo‘llaniladi. Masalan peydjing kanal PCh chaqiriq xabarni uzatish uchun qo‘llaniladi, boshqarish keng uzatishli kanal BCCh bo‘yicha tizim haqida axborot uzatiladi.

GPRS uchun yangi mantiqiy kanallar to‘plamini aniqladi. Ularda ko‘pchiligining nomlari GSMdagi kanallar nomlanishlariga o‘xshash va mos keladi. Mantiqiy kanallarning qisqartma nomlarida “Packet” so‘zini bildiruvchi “P” harfi mavjud, u boshqa harflarni oldida joylashgan, bu GPRS kanali ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, GPRSni peydjing kanalini PPCh – Packet paging channel kabi belglanadi.

PBCCh - Packet Broadcast Control Channel GSMdagi BCCh kanal kabi keng polasali uzatishli boshqarish kanali hisoblanaladi va ma’lumotlarni paketli uzatish axborot tizimida ishlatiladi. Agar operator tizimda PBCCh kanalni kirilisa, GPRS tarmog‘ining parametrlari haqidagi axborotlar BCCh orqali uzatiladi.

PPCh - Packet Paging Channel – bu peydjing kanali, va u faqat downlink yo‘nalishida paketli uzatish boshlanishidan oldin MS ga chaqiriq signalini uzatish uchun qo‘llaniladi. PPCh ni paketli kommutatsiyada ham, kanallar kommutatsiyasida ham ulanish o‘rnatish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Kanallar kommutatsiyasi rejimi uchun PPCh kanallar ishlatish faqat A va B sinfdagi GPRS terminallari uchun tarmoqda I (NOM q 1) ishlash rejimida mumkin.

PRACh - Packet Random Access Channel faqat uplink yo‘nalishida. PRACh MS da uplink yo‘nalishda uzatish inisializatsiya qilish uchun ma’lumotlarni uzatish yoki signalizatsiya uchun qo‘llaniladi.

PAGCh - Packet Access Granted Channel faqat downlink yo‘nalishida resursni biriktirish haqidagi axborotni uzatish uchun ulanish o‘rnatish fazasida (vaqtida) ishlatiladi. MS ga paketlar uzatilishidan oldin uzatiladi.

PACCh - Packet Associated Control Channel ma’lum bir MS uchun paketli uzatish seansi vaqtida signalizsiya axborotini ko‘chiradi. Signalizatsiya axboroti terminalini chiqish quvvatini boshqarish uchun ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. PACCh kanali bo‘yicha resursni tayinlash yoki qayta tayinlanishi haqida xabarlar ham uzatiladi. Bu kanal PDTCh kanallar bilan birgalikda MS tayinlangan resurslarni ishlatishadi. Bundan tashqari, bu kanal bo‘yicha MS paketli kommutatsiya ulanish holatida bo‘lganda kanallar kommutatsiya ulanish o‘rnatilishi uchun mazkur MS peydjing xabar uzatilganligi uchun chaqirishi mumkin.

PTCCh/V - Packet Timing advance Control Channel faqat uplink yo‘nalishda paketli uzatish rejimida bo‘lgan MS dan axborotni yetkazib berish vaqt kechikishiga baho berish uchun Access Burst (ruxsat paketi) uzatish uchun ishlatiladi.

PTCCh/D - Packet Timing advance Control Channel faqat downlink yo‘nalishida bir necha MS lar uchun TA (vaqt kechikishi) qiymatini yangilanish to‘g‘risidagi axborotni uzatish uchun ishlatiladi. Bitta PTCCh/D bir nechta PTCCh/V lar bilan birgalikda qo‘llaniladi.

PDTCh - Bu kanal bo‘yicha ma’lumotlar paketi uzatiladi. Agar bitta taymslotni bir necha MS ishlasa, unda guruhdagi bitta MS uchun bu taymslot vaqtincha biriktiriladi. Agar tizim mul’tislot rejimda ishlasa, bitta MS paketli parallel bo‘ladi.



Download 1,02 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Download 1,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы внедрение gprs технологий в стандарте gsm

Download 1,02 Mb.