Jaroxatlanish va kasb kasalliklarini urganish usullari. Baxtsiz xodisalar sababini o‘rgnish va taxlil qilishda statistik, topografik, monografik, erganomik, iqtisodiy va boshqa usullar qo‘llaniladi.
Statistik usuli N-1 shakildagi dalolatnomadagi baxtsiz xodisalarni tavsiflovchi ma’lumotlarga asoslangan Bu usul orqali jarohatlanishning quyidagi asosiy nisbiy ko‘rsatgichlar: tez-tez -takrorlanish koeffisenti Kt va og‘irlik koeffisenti K ish vaqtini yo‘qotish, o‘lim sonini ko‘rsatish koeffisenti Kp va jarohatlanish darajasini aniqlash Ku.
Jarohatlanishning tez-tez takrorlanish koeffisenti
Kt=1000 T1/R
bu yerda: T1- tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soni: R-shu davr oraligida ishlagan ishchilarning o‘rtacha soni.
Jarohatlanishning og‘irlik koeffisenti Kog xisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar sonini tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soniga nisbati bilan aniqlanadi.
Kog=Dya/t1
bu yerda Dya –hisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar soni.
Ish vaqtini yo‘qotish koeffisenti Ky 1000 kishi hisobiga hisob kitob qilinadi va quyidagicha aniqlanadi:
|