• HISOBLASH TEXNIKASI RIVOJLANISH TARIXI DAVRLARI
  • I BOB.  AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI




    Download 20.77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/153
    Sana16.03.2024
    Hajmi20.77 Mb.
    #174377
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
    Bog'liq
    informatika 10 uzb 2021
    5-Mavzu O‘qitish metodlari. Matematik tushunchalar haqida tasav, 2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja, R0OTIfosUOs1crKnJVX0rpEJVHZvhqbfO16MIsCz, haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari
    I BOB. 
    AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI
    1-dars. KOMPYUTERNING RIVOJLANISH TARIXI
    TAYANCH TUSHUNCHALAR
    Hisoblash texnikasi – axborotni qayta 
    ishlash va hisoblashga mo‘ljallangan usul va 
    vositalar majmui.
    Hisoblash vositalari – arifmetik hisoblarni 
    bajaruvchi qurilmalar.
    Mexanik mashinalar – mexanik ravishda, 
    qo‘l kuchi yordamida harakatga keltiriladigan 
    mashinalar.
    Elektromexanik mashinalar – ishga 
    tushirish va natija olish elektron hamda 
    mexanik ravishda amalga oshiriladigan 
    mashinalar.
    Elektron hisoblash mashinalari – 
    ma’lumotlarni kiritish, hisoblash va natija 
    chiqarish amallarining barchasini elektr 
    energiyasi asosida amalga oshiradigan 
    mashinalar
    HISOBLASH TEXNIKASI RIVOJLANISH TARIXI DAVRLARI
    Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davrda inson o‘z tana a’zolari, 
    xususan, barmoqlaridan foydalangan. Ikki yoki undan ortiq raqamli 
    sonlar bilan ishlash muammolarini bartaraf etish maqsadida, 
    qadimda sun’iy hisoblash vositalarini yaratish ehtiyoji tug‘ilgan.
    Sun’iy hisoblash vositalarining dastlabki ko‘rinishi bu – miloddan 
    avvalgi VI–V asrlarda paydo bo‘lgan hisob taxtasidir.
    Miloddan avvalgi V–IV asrlarga kelib, odamlar qadimgi Yunoniston 
    va Rimda hisob taxtasining takomillashgan ko‘rinishi – abaklardan 
    foydalana boshlagan. Yaponlar serobyan, xitoyliklar suan-pan
    ruslar esa cho‘tlardan foydalanishgan. 
    Mexanik mashinalar davri. Birinchi mexanik mashina 1623-yilda 
    nemis matematigi Vilgelm Shikkard tomonidan yaratilgan bo‘lib, u 
    to‘rtta matematik amalni bajarishga mo‘ljallangan edi.
    barmoqlar
    Abak
    Shikkard mashinasi
    Bugungi kunda barcha sohada raqamli 
    texnologiya, xususan, kompyuterdan keng 
    foydalanilmoqda. Kompyuter bugungi kun 
    ko‘rinishiga yetib kelgunga qadar qanday 
    bosqichlarni boshidan kechirgan bo‘lishi 
    mumkin?
    Kompyuter inglizcha “hisoblovchi” 
    ma’nosini anglatsa-da, bugungi kunda 
    nafaqat hisoblash ishlarida, balki 
    turli ko‘rinishdagi axborotlarni qayta 
    ishlashda ham keng qo‘llanilmoqda. 
    Tarixdan ma’lumki, insonlar hisob ishlarini 
    yengillashtirish maqsadida hisoblash 
    texnikasiga katta ehtiyoj sezgan. Shu 
    ehtiyojlar hamda hisoblash texnikasining 
    takomillashib borishi kompyuter 
    texnikasining yaratilishiga olib kelgan. 
    Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi haqida 
    nimalarni bilasiz? 


    5
    1642-yilga kelib fransuz matematigi va fizigi Blez Paskal 
    tomonidan Paskalina hisoblash mashinasi yaratildi.
    Elektromexanik mashinalar davri. 1822-yilda ingliz matematigi 
    Charlz Bebbij tomonidan bug‘ orqali dastur asosida boshqariluvchi 
    va natijalarni chop eta oluvchi hisoblash mashinasi yaratildi. 
    Mashina arifmetik, boshqarish, xotira, kiritish va chiqarish 
    qurilmalaridan iborat bo‘lgan. Uning ishlash prinsipi bugungi 
    kun qurilmalarida ham qo‘llanilib kelmoqda. 1846-yilda esa Ada 
    Lavleys Bebbij mashinasi uchun dastur yozadi, shu boisdan u 
    jahondagi birinchi dasturchi bo‘lib hisoblanadi.
    Elektron hisoblash mashinalari davri. AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Uilyam Mokli 
    va Jon Prosper Ekkert 1946-yilda ENIAC (Electronic Numerical Integrator And Calculator) 
    nomli elektron hisoblash mashinasini yaratishdi. Mashina 18 000 ta elektron lampadan 
    iborat bo‘lib, 70 tonnaga yaqin vaznga ega bo‘lgan hamda 120 kvadrat metr sathni egallagan. 
    Elektron hisoblash mashinalarida qo‘llaniladigan asosiy elementlar takomillashib, o‘zgarib 
    borishi natijasida bu davrning o‘zi ham bir necha avlodlarga bo‘linadi.
    Yillar: 1946–1955.
    Asosiy elementi: elektron lampa.
    Amal bajarish tezligi (1 sekundda): 10–20 
    mingta. 
    Kiritish-chiqarish qurilmasi: boshqaruv pulti, 
    perfokarta.
    Qo‘shilgan dasturiy ta’minot: mashina tili, 
    dasturlash tili.
    EHM nomi: ENIAC, MESM, MINSK-1, URAL.
    Paskalina
    To‘g‘ri burchakli logarifmik 
    chizg‘ich
    Elektron lampa
    ENIAC
    EHM 1-avlodi
    Yillar: 1956–1965.
    Asosiy elementi: tranzistor.
    Amal bajarish tezligi (1 sekundda): 100–500 
    mingta.
    Kiritish-chiqarish qurilmasi: perfolenta, 
    magnitli baraban.
    Qo‘shilgan dasturiy ta’minot: dispetcher va 
    paket tizimi.
    EHM nomi: IBM 707, BESM-6, MINSK-22.
    BESM-6 
    EHM 2-avlodi
    Tranzistorlar


    6

    Download 20.77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




    Download 20.77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I BOB.  AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI

    Download 20.77 Mb.
    Pdf ko'rish