• I BOB. AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI DVD disk
  • Blu-ray Disc
  • KOMPYUTER QATTIQ DISK QURILMASI HAQIDAGI MA’LUMOTLAR BILAN TANISHISH
  • Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021




    Download 20.77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/153
    Sana16.03.2024
    Hajmi20.77 Mb.
    #174377
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153
    Bog'liq
    informatika 10 uzb 2021
    5-Mavzu O‘qitish metodlari. Matematik tushunchalar haqida tasav, 2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja, R0OTIfosUOs1crKnJVX0rpEJVHZvhqbfO16MIsCz, haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari
    SD/Xotira kartalari (ing. SD/MEMORY CARDS –
    especially MicroSD cards) – mitti elektron saqlash 
    qurilmalari. O‘lchamlari kichik bo‘lgani uchun, SD-
    kartalar ko‘pincha smartfon, planshet, kamera kabi 
    ko‘chma qurilmalarda qo‘shimcha xotira sifatida 
    ishlatiladi.
    CD disk (ing. Compact disk – kompakt disk) portativ 
    xotira bo‘lib, uni maxsus CD disk yurituvchi yordamida 
    o‘qish mumkin. Disk ma’lumotni optik tarzda saqlaydi, 
    ya’ni axborotni elektromagnit to‘lqinlar yordamida 
    yozadi.


    14
    I BOB. 
    AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI
    DVD disk (ing. Digital Versatile Disc – raqamli universal 
    disk) tomon va qatlamlari soniga qarab nomlanadi. 
    Disk nomidagi 5, 9, 10, 14, 18 sonlari diskda qancha 
    Gb ma’lumot saqlanishini ko‘rsatadi. DVDga ma’lumot 
    sektorlar bo‘ylab yoziladi, bunda bitta sektorga 2048 
    bayt ma’lumot yoziladi.
    HD DVD disk (ing. High Definition Digital Versatile 
    Disc– yuqori aniqlikdagi raqamli universal disk) o‘zida 
    DVD disklarga qaraganda 5 marta ko‘p axborot 
    saqlaydi. HD DVD diskdagi axborot bir qatlamli diskda 
    15 Gb ni, ikki qatlamli diskda esa 30 Gb ni tashkil qiladi.
    Blu-ray Disc (BD) (ing. blue ray disc – havorang 
    nurli disk) optik ma’lumot tashuvchi bo‘lib, 
    raqamli axborotlarni hamda yuqori aniqlikdagi 
    videomateriallarni katta zichlikda yozish imkonini 
    beradi. BDdagi axborotlarni o‘qishda qisqa to‘lqinli lazer 
    (405 nm) dan foydalaniladi.
    KOMPYUTER QATTIQ DISK QURILMASI HAQIDAGI MA’LUMOTLAR BILAN 
    TANISHISH
    1. Kompyuterning qattiq disk qurilmasi
    hajmi haqida ma’lumot olish uchin “Мой 
    компьютер” ilovasi ishga tushiriladi. 
    2. “Устройства и диски” (1) bo‘limida
    xotiraning necha qismga bo‘linganligi va har bir 
    qism qanday nomlanganligi, qanday hajmga 
    egaligi, ularning qancha qismi axborotlar bilan 
    to‘lganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud (2).
    AMALIY FAOLIYAT
    1. Axborotni saqlash qurilmalari hamda xotirani mos ustunlarga ajrating:
    Saqlash qurilmalari
    Xotira
    2
    1


    15
    2. Maktab kompyuter xonasidagi kompyuterning axborotni saqlash qurilmasi disklari 
    nomi va ko‘rsatkichlarini aniqlang. Olingan ma’lumotlar asosida jadvalni to‘ldiring:
    Qurilma nomi
    Hajmi
    3. Axborot saqlash qurilmalarini ichki tuzilishiga ko‘ra ustunlarga ajrating:
    Axborot saqlash qurilmalari
    Disklar yordamida
    Sxema va registrlar yordamida
    GURUH ISHI
    Akbar elektron hujjatlarini saqlash va doimo yonida olib yurish uchun axborot saqlash 
    qurilmasini sotib olishi kerak. U kompyuter qurilmalari sotiladigan do‘konga kirdi. 
    Sotuvchi unga bir necha qurilmalarni taqdim etdi:
    Tashqi SSD 
    128 Gb 
    USB Flash-disk 
    16 Gb
    Tashqi HDD
    0.5 Tb
    microSD xotira 
    kartasi
    4 GБ 
    HDD
    1 ТБ
    CD-R disk
    700 Mb
    SSD
    120 ГБ
    DVD+R disk
    4.7Gb
    Akbar qurilmalarni tahlil qilishi va mosini tanlashi uchun quyidagi vazifalarni bajaring: 
    a) qurilmalar hajmini o‘sish tartibida joylashtiring;
    b) Akbar o‘zi bilan olib yurishi uchun qurilmalardan mosini ajratib oling.
    1. Axborot saqlash qurilmalarini sanab bering. 
    2. Xotiraning necha xil ko‘rinishi mavjud? Tavsiflarini keltiring. 
    3. Sizningcha, axborotni saqlash qurilmasining xotiradan farqi nimada? 
    4. Hujjatlarni kompyuterda saqlash uchun qaysi qurilmalar qo‘l keladi?

    Download 20.77 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153




    Download 20.77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021

    Download 20.77 Mb.
    Pdf ko'rish