• XOTIRA KOMPONENTI 13 AXBOROTNI SAQLASH QURILMALARI Qattiq disk
  • Mustahkam disk
  • USB flash xotira
  • Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021




    Download 20.77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/153
    Sana16.03.2024
    Hajmi20.77 Mb.
    #174377
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   153
    Bog'liq
    informatika 10 uzb 2021
    5-Mavzu O‘qitish metodlari. Matematik tushunchalar haqida tasav, 2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja, R0OTIfosUOs1crKnJVX0rpEJVHZvhqbfO16MIsCz, haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari
    Doimiy xotira qurilmasi (ingl. ROM – Read-Only 
    Memory; rus. ПЗУ – Постоянное Запоминающее 
    Устройство), odatda, asosiy platada joylashadi. 
    Kompyuter ishga tushishi bilan dastlab ushbu 
    xotiradagi axborotlar yuklanadi. Bu xotirada BIOS (basic 
    input-output system) – kiritish-chiqarishning asosiy 
    tizimi haqidagi doimiy axborot saqlanadi.
    Tezkor xotira qurilmasi (ingl. RAM – Random Access 
    Memory; rus. ОЗУ – Oперативное Запоминающее 
    Устройство)) – kompyuter ish jarayonida axborotlarni 
    protsessorga berishga va protsessordan olingan 
    axborotlarni vaqtincha saqlashga mo‘ljallangan 
    qurilma. Tezkor xotira qurilmasi tizimli platadagi 
    maxsus slotga o‘rnatiladi. Kompyuter ishi tugaganida, 
    tezkor xotiradagi axborotlar o‘chib ketadi.
    XOTIRA KOMPONENTI


    13
    AXBOROTNI SAQLASH QURILMALARI
    Qattiq disk (ing. HDD – hard disk drive) – yuqori 
    tezlikda aylanuvchi magnit disk yoki plastinalardan 
    tashkil topgan saqlash qurilmasi. Asosiy vazifasi 
    ma’lumotlarni qattiq diskka yozish, o‘qishni boshqarish 
    orqali ma’lumotlarni doimiy saqlashdan iborat. Qurilma 
    SATA slotiga tizimli platadagi maxsus shleyflar orqali 
    ulanadi.
    Mustahkam disk (ing. SSD – solid-state drive) – 
    ma’lumotlarni saqlash uchun maxsus tranzistorlardan 
    foydalaniladigan qurilma. HDDga qaraganda kam 
    quvvat sarflagani uchun, ko‘proq mobil qurilmalarga 
    mos keladi.
    Portativ qattiq disk [ing. External (portable) 
    hard drives] – kompyuter korpusidan tashqarida 
    ishlovchi qurilma. Uni USB ulagichlar orqali turli xil 
    kompyuterlarga ulash va katta hajmdagi ma’lumotlarni 
    uzatish mumkin.
    USB flash xotira (ing. Flash drives) – ma’lumotlarni 
    SSD usuliga o‘xshash usulda saqlovchi o‘ta kichik, 
    ko‘chma saqlash qurilmasi. Ushbu USB portiga ulanadi, 
    bunday holat ma’lumotni qurilmalar o‘rtasida tez 
    uzatishni ta’minlaydi.

    Download 20.77 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   153




    Download 20.77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021

    Download 20.77 Mb.
    Pdf ko'rish