143
143
143
143
42-dars. TASVIR BILAN ISHLASH. ANIMATSIYA
Canvas maydonidagi rasm har doim bir xil bo‘lishi shart emas. Python
dasturlash tilida tasvir
ko‘rinishini o‘zgartirish va uni harakatlantirish imkoniyatlari mavjud. Demak, avval yaratilgan
tasvir elementlarini qanday o‘zgartirish hamda animatsiya yaratishni ko‘rib chiqamiz.
Canvas maydonida figurani yaratuvchi metodlar obyektlar sonli identifikatorlarini qaytaradi.
Identifikatorlar o‘zgaruvchilarga o‘zlashtirilganligi tufayli, keyinchalik o‘zgaruvchilar
yordamida
figuralarga murojaat etish mumkin. Quyidagi dasturiy kodda head, eye1, eyeball1, eye2,
eyeball2, mouth kabi indentifikatorlar ishlatilgan.
from tkinter import *
Kutubxonadan
tkinter modulini
yuklab oladi.
window=Tk()
Tkinter oynasini yaratadi.
window.title('Smaylik')
Oyna sarlavhasini hosil qiladi.
c=Canvas(window, width=400, height=400)
c.pack()
Eni 400, bo‘yi 400 ga teng Canvas
maydonini yaratadi.
head=c.create_oval(50,50,350,350, fill='yellow')
Smaylik boshini chizadi.
ey
e1=c.create_oval(120,130,170,180,
fill='white')
Smaylik 1-ko‘zini chizadi.
eye
ball1=c.create_oval(135,145,155,165,
fill='black')
Smaylik 1-ko‘zi qorachig‘ini chizadi.
eye2=c.create_oval(220,130,270,180, fill='white')
Smaylik 2-ko‘zini chizadi.
eyeb
all2=c.create_oval(235,145,255,165,
fill='black')
Smaylik 2-ko‘zi qorachig‘ini chizadi
mouth=c.create_oval(130,225,260,270,fill='red')
Smaylik og‘zini chizadi.
window.mainloop()
Asosiy siklga kirish.