5
1642-yilga kelib fransuz matematigi va fizigi Blez Paskal
tomonidan Paskalina hisoblash mashinasi yaratildi.
Elektromexanik mashinalar davri.
1822-yilda ingliz matematigi
Charlz Bebbij tomonidan bug‘ orqali dastur asosida boshqariluvchi
va natijalarni chop eta oluvchi hisoblash mashinasi yaratildi.
Mashina
arifmetik, boshqarish, xotira, kiritish va chiqarish
qurilmalaridan iborat bo‘lgan. Uning ishlash prinsipi bugungi
kun qurilmalarida ham qo‘llanilib kelmoqda. 1846-yilda esa Ada
Lavleys Bebbij
mashinasi uchun dastur yozadi, shu boisdan u
jahondagi birinchi dasturchi bo‘lib hisoblanadi.
Elektron hisoblash mashinalari davri.
AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Uilyam Mokli
va Jon Prosper Ekkert 1946-yilda ENIAC (Electronic Numerical Integrator And Calculator)
nomli elektron hisoblash mashinasini yaratishdi. Mashina 18 000 ta elektron lampadan
iborat bo‘lib, 70 tonnaga yaqin vaznga ega bo‘lgan hamda 120 kvadrat metr sathni egallagan.
Elektron hisoblash mashinalarida qo‘llaniladigan asosiy
elementlar takomillashib, o‘zgarib
borishi natijasida bu davrning o‘zi ham bir necha avlodlarga bo‘linadi.
Yillar:
1946–1955.
Asosiy elementi:
elektron lampa.
Amal bajarish tezligi (1 sekundda):
10–20
mingta.
Kiritish-chiqarish qurilmasi:
boshqaruv pulti,
perfokarta.
Qo‘shilgan dasturiy ta’minot:
mashina tili,
dasturlash tili.
EHM nomi:
ENIAC, MESM, MINSK-1, URAL.
Paskalina
To‘g‘ri burchakli logarifmik
chizg‘ich
Elektron lampa
ENIAC
EHM 1-avlodi
Yillar:
1956–1965.
Asosiy elementi:
tranzistor.
Amal bajarish tezligi (1 sekundda):
100–500
mingta.
Kiritish-chiqarish qurilmasi:
perfolenta,
magnitli baraban.
Qo‘shilgan dasturiy ta’minot:
dispetcher va
paket tizimi.
EHM nomi:
IBM 707, BESM-6, MINSK-22.
BESM-6
EHM 2-avlodi
Tranzistorlar