13
AXBOROTNI SAQLASH QURILMALARI
Qattiq disk
(ing. HDD – hard disk drive) –
yuqori
tezlikda aylanuvchi magnit disk yoki plastinalardan
tashkil topgan saqlash qurilmasi. Asosiy vazifasi
ma’lumotlarni qattiq diskka yozish, o‘qishni boshqarish
orqali ma’lumotlarni doimiy saqlashdan iborat.
Qurilma
SATA slotiga tizimli platadagi maxsus shleyflar orqali
ulanadi.
Mustahkam disk
(ing. SSD – solid-state drive) –
ma’lumotlarni saqlash uchun maxsus tranzistorlardan
foydalaniladigan qurilma. HDDga qaraganda kam
quvvat
sarflagani uchun, ko‘proq mobil qurilmalarga
mos keladi.