14
I BOB.
AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI
DVD disk
(ing. Digital Versatile Disc – raqamli universal
disk) tomon va qatlamlari soniga qarab nomlanadi.
Disk nomidagi 5, 9, 10, 14, 18 sonlari diskda qancha
Gb ma’lumot saqlanishini ko‘rsatadi. DVDga ma’lumot
sektorlar bo‘ylab yoziladi, bunda bitta sektorga 2048
bayt ma’lumot yoziladi.
HD DVD disk
(ing. High Definition Digital Versatile
Disc– yuqori aniqlikdagi raqamli universal disk) o‘zida
DVD disklarga qaraganda 5 marta ko‘p axborot
saqlaydi. HD DVD diskdagi axborot bir qatlamli diskda
15 Gb ni, ikki qatlamli diskda esa 30 Gb ni tashkil qiladi.
Blu-ray Disc
(BD) (ing. blue ray disc – havorang
nurli disk) optik ma’lumot tashuvchi bo‘lib,
raqamli axborotlarni hamda yuqori aniqlikdagi
videomateriallarni katta zichlikda yozish imkonini
beradi. BDdagi axborotlarni o‘qishda qisqa to‘lqinli lazer
(405 nm) dan foydalaniladi.