15
2. Maktab kompyuter xonasidagi kompyuterning axborotni saqlash qurilmasi disklari
nomi va ko‘rsatkichlarini aniqlang. Olingan ma’lumotlar asosida jadvalni to‘ldiring:
Qurilma nomi
Hajmi
3. Axborot saqlash qurilmalarini ichki tuzilishiga ko‘ra ustunlarga ajrating:
Axborot saqlash qurilmalari
Disklar yordamida
Sxema va registrlar yordamida
GURUH ISHI
Akbar elektron hujjatlarini saqlash va doimo yonida olib yurish uchun axborot saqlash
qurilmasini sotib olishi kerak. U kompyuter qurilmalari sotiladigan do‘konga kirdi.
Sotuvchi unga bir necha qurilmalarni taqdim etdi:
Tashqi SSD
128 Gb
USB Flash-disk
16 Gb
Tashqi HDD
0.5 Tb
microSD xotira
kartasi
4 GБ
HDD
1 ТБ
CD-R disk
700 Mb
SSD
120 ГБ
DVD+R disk
4.7Gb
Akbar qurilmalarni tahlil qilishi va mosini tanlashi uchun quyidagi vazifalarni bajaring:
a) qurilmalar hajmini o‘sish tartibida joylashtiring;
b) Akbar o‘zi bilan olib yurishi uchun qurilmalardan mosini ajratib oling.
1. Axborot saqlash qurilmalarini sanab bering.
2. Xotiraning necha xil ko‘rinishi mavjud? Tavsiflarini keltiring.
3. Sizningcha, axborotni saqlash qurilmasining xotiradan farqi nimada?
4. Hujjatlarni kompyuterda saqlash uchun qaysi qurilmalar qo‘l keladi?