25
– xotira qurilmasidagi fayl
va papkalar saqlanishini
boshqaradi, bo‘sh joylarni
aniqlaydi.
–
kompyuterdagi amaliy
dasturlar yordamida turli ilova
va resurslarni boshqaradi.
Kompyuter va noutbuklar uchun operatsion tizim muhitlari
MS DOS
1980-yillarda
Microsoft kompaniyasi
tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab
chiqilgan disk operatsion tizimi (DOS) hisoblanadi.
Mazkur bir masalali operatsion tizim CLI interfeysida
ishlaydi.
MS DOS muhiti (CLI)
UNIX
– ko‘p masalali va ko‘p foydalanuvchili
operatsion tizim. UNIX
operatsion tizimida har bir
masala alohida utilit yordamida hal etiladi. Operatsion
tizim 1970-yillarda Bell Labs tadqiqot markazida Ken
Tompson va Denis Ritchi tomonidan ishlab chiqilgan.
UNIX muhiti (CLI)
Windows
– Microsoft kompaniyasi
tomonidan shaxsiy
kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan ko‘p masalali va
ko‘p foydalanuvchili, GIU imkoniyatlarini
taqdim etuvchi
operatsion tizimlar oilasi. Hozirda bu operatsion
tizim monoblok, noutbuk,
ayrim planshet va mobil
qurilmalarga ham o‘rnatiladi.
Windows muhiti (GUI)
Linux
– Unix operatsion tizimi asosida ishlangan
tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991-yilda
Linius Torvalds tomonidan ishlab chiqilgan. Linuxning
muhim xususiyatlaridan biri – to‘lovsiz
dasturiy
ta’minot Fondi doirasida GNU oshkora litsenziyasiga
ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, serverlar yaratish
uchun qo‘llaniladi.
Linux muhiti
Mac OS
(Makintosh operatsion tizimi) –
grafik
interfeysga ega operatsion tizimlar oilasi. Apple
tomonidan Macintosh kompyuterlar liniyasi uchun
ishlab chiqilgan. Mac OS grafik
interfeys versiyasining
chiqarilishi uning ommalashuviga sababchi bo‘ldi.
Mac OS muhiti