21
Cho‘ntak
kompyuteri
Mp3-player
Aqlli (Smart)
ko‘zoynaklar
Fitnes-braslet
Aqlli (Smart)-
soat
imkon qadar hajm jihatidan kichiklik, olib yurishga qulaylik, vazifalarni
tez va aniq bajarish
nazarda tutiladi.
Mobil qurilmalarning ishlash prinsipi va arxitekturasi stol usti kompyuterlari kabi bo‘lib, mobil
qurilma olib yurish uchun ixcham shaklda va bitta korpusga yig‘ilgan bo‘ladi.
Rivojlangan davlatlarda aksariyat ta’lim muassasalari ta’limning BYOD (ingl.
Bring Your Own
Device – o‘z qurilmangni olib kel) uslubiga o‘tmoqda. Mazkur uslub ta’lim
muassasasini
kompyuter qurilmalari bilan jihozlash xarajatlarini kamaytirishga olib keladi, chunki mobil
qurilma egalari o‘z qurilmalarini muassasa kompyuter jihozlarini yangilashiga
nisbatan tezroq
yangi modelga almashtiradi.
AFZALLIKLARI
– ovozli
qo‘ng‘iroq
(smartfon va
planshet uchun)
–
video
qo‘ng‘iroq
(smartfon va
planshet uchun)
– xabar
yuborish yoki
uni o‘qish
– Internetda
www-xizmati
– axborot
izlash tizimlari
– elektron
pochta
– eslatmalar
– musiqa
tinglash
– video
ko‘rish
– ob-havo
ma’lumotlari
– ijtimoiy
tarmoqlar
–
bank orqali
to‘lovlar
Rasm yoki videoga olish imkoniyati.
Zamonaviy mobil qurilma kamera bilan ta’minlangan.
Masalan, smartfonlar korpusining old va orqa qismi ham kamera bilan jihozlangan.
Lokatsiya xizmati
da ob-havo haqida ma’lumot olish, xizmat va
mahsulotlarga buyurtma berish kabi imkoniyatlar mavjud. Xizmatlar
GPS va Internetga ulanish orqali taqdim etiladi.
KAMCHILIKLARI
Quvvatning tugashi.
Mobil qurilmalar o‘z akkumulyatoridagi cheklangan quvvat bilan ishlaydi.
Shuning uchun ularni vaqti-vaqti bilan quvvat oldirib turish kerak.
Yaxlit qurilma.
Mobil qurilma ish stoli kompyuterining ixchamlashtirilgan ko‘rinishi bo‘lganligi
sababli, uning ham barcha ichki qurilmalari
yagona sxemaga biriktiriladi, bu qurilmalarni
almashtirishning esa imkoniyati mavjud emas