17
QAYTA ISHLASH KOMPONENTI (PROTSESSOR)
Protsessor
tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan buyruqlarni o‘qiydi, amallarni
bajaradi, natijalarni yozib qo‘yadi va keyingi buyruqni o‘qiydi.
Umuman olganda,
protsessor kompyuterni boshqarish vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham bu qurilmaga
“kompyuterning miyasi” deb aytiladi.
Protsessor ishlab chiqarish bo‘yicha Intel, AMD firmalari ancha yaxshi yutuqlarga erishgan.
Tezlik, razryad
protsessorning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Uning tezligi bir sekundda
bajariladigan amallarga ko‘ra chastotalarda o‘lchanadi va Hz (gers) bilan belgilanadi:
1000 Hz = 1 MHz (megagers);
1000 MHz = 1 GHz (gigagers).
Protsessor tezkor xotiradan ma’lumotlarni bo‘laklarga bo‘lib o‘qiydi va qayta ishlaydi.
U har gal
qayta ishlash uchun olishi mumkin bo‘lgan bo‘lakdagi bitlar soniga
protsessorning razryadi
deyiladi. Dastlabki kompyuterlar razryadi 4 ga teng bo‘lgan bo‘lsa, ko‘pchilik
kompyuterlarda
16, 32 razryadli va hozirgi kunda 64, 128 razryadli protsessorlarni ko‘rish mumkin.
Tizimli plataga ichki
qurilmalardan protsessor,
xotira
qurilmalari, ovoz,
video, tarmoq platalari kabi
qurilmalar o‘rnatiladi. Odatda,
ovoz,
video va tarmoq platalari
tizimli plataga biriktirilgan
bo‘ladi. Ularning ishlash
tezligini oshirish maqsadida
qo‘shimcha platalarni o‘rnatish
mumkin.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Ovoz kartasi
– yuqori imkoniyatlar bilan ishlovchi
akustik tizim orqali ovozlarni
qayta ishlash uchun
mo‘ljallangan qurilma.